Tayvanning geografiyasi
Tayvan, rasmiy nomi Xitoy Respublikasi (XR), Sharqiy Osiyoda joylashgan orol mamlakat hisoblanadi. Tayvan oroli, ilgari Formoza nomi bilan mashhur edi, bugungi kunda orolning 99 foizi Xitoy Xalq Respublikasi nazorati ostida. Orol maydoni 35,808 kvadrat kilometr boʻlib, Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) janubi-sharqiy qirgʻogʻidan Tayvan boʻgʻozi orqali taxminan 180 kilometr masofali uzoqlikda joylashgan.[1] Orolning shimolida Sharqiy Xitoy dengizi, sharqida Filippin dengizi, janubida Luzon boʻgʻozi va janubi-gʻarbida Janubiy Xitoy dengizi joylashgan. XR shuningdek, Tayvan boʻgʻozidagi Penghu arxipelagi, XXR qirgʻoqlari yaqinidagi Fuchjendagi Kinmen va Matsu orollari va Janubiy Xitoy dengizidagi baʼzi orollarni nazorat qiladi.[2]
Geologik jihatdan, asosiy orol qiya va biroz yotiq geologik qismlardan iborat boʻlib, sharqiy qirgʻoq boʻylab parallel ravishda joylashgan beshta ulkan togʻ tizmasi mavjud, va gʻarbiy qismining uchdan bir qismi tekis yoki qiya tepaliklardan iborat, aholining koʻp qismi shu yerda yashaydi. Hududda bir nechta choʻqqilar 3,500 metrdan baland – eng balandi Yu Shan 3,952 metr boʻlib, Tayvanni dunyodagi toʻrtinchi eng baland orol qiladi.[3] Ushbu tizmalarning shakllanishiga sabab boʻlgan tektonik chegara faol boʻlib qolmoqda va orolda koʻplab zilzilalar sodir boʻladi, ularning baʼzilari juda halokatli yakun topadi. Tayvan boʻgʻozida koʻplab faol suv osti vulqonlari ham mavjud.[4]
Iqlimi janubda tropik iqlim mintaqasidan shimolda subtropik iqlim mintaqasigacha hududlarni egallaydi, Orol iqlimiga Sharqiy Osiyo mussoni katta taʼsir koʻrsatadi. Har yili orolda oʻrtacha toʻrt marotaba tayfun kuzatiladi. Orolning sharqiy qismidagi oʻrmonli togʻlar xilma-xil yovvoyi tabiat uchun yashash joyi boʻlib xizmat qiladi, hududning gʻarbiy va shimoliy pasttekisliklari insonlar tomonidan oʻzlashtirilgan.[5]
Geologiyasi
tahrirTayvan oroli taxminan 4-5 million yil oldin Filippin dengizi plitasi va Yevrosiyo plitasi oʻrtasidagi murakkab chegarada geologik jarayonlar natijasida paydo boʻlgan. Orolning uzunligi boʻylab oʻtadigan va janubga qarab davom etadigan Luzon vulqon yoyida Yevrosiyo plitasi Filippin plitasi bilan tektonik chegara hosil qiladi va shu sababli tez-tez zilzilalar tez takrorlanib turadi.[6]
Tektonik chegara bugungi kungacha faol boʻlib, Tayvanda har yili 15 mingdan −18 minggacha zilzilalar sodir boʻladi, ulardan 800-1000 tasi insonga sezilarli darajada boʻldi. [7]Sodir boʻlgan eng halokatli zilzilalardan biri 1999-yil 21-sentyabrda Tayvan markazida sodir boʻlgan 7,3 Chi-Chi zilzilasi boʻlib, 2400 dan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan. 2010-yil 4-mart kuni Kaohsiung okrugining togʻli hududida 6,4 magnitudali zilzila sodir boʻldi. 2016-yil 6-fevralda 6,4 magnitudali yana bir yirik zilzila sodir boʻldi.[8]
Iqlimi
tahrirTayvan oroli tropik mintaqa boʻylab joylashgan boʻlib, uning iqlimi Sharqiy Osiyo mussonlari taʼsirida oʻzgarib turadi. Shimoliy Tayvanda nam subtropik iqlim mavjud boʻlib, haroratning sezilarli darajada mavsumiy oʻzgarishiga sabab boʻladi, markaziy va janubiy Tayvanning koʻp qismida esa tropik musson iqlimi mavjud boʻlib, mavsumiy harorat oʻzgarishlari kamroq seziladi va harorat odatda +20+25 C° gacha iliq boʻladi.[9] Qishda (noyabrdan martgacha) shimoli-sharqiy qismda doimiy yomgʻir yogʻadi, markaziy va janubiy qismida esa asosan quyoshli boʻladi. Yozgi musson (maydan oktyabrgacha) janubda yillik yogʻingarchilikning 90% ni, shimolda esa faqat 60% ni tashkil qiladi. Oʻrtacha yillik yogʻingarchilik taxminan 2,600 mm ni tashkil etadi. Iyul-oktyabr oʻrtasida tayfun (boʻron)lar eng koʻp boʻladi. Tayfunlar tufayli kuchli yomgʻir koʻpincha dahshatli sel hodisalariga olib keladi.[10]
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi
tahrirInsonlar tomonidan egallanishidan oldin Tayvanda oʻsimlik qoplami pasttekisliklardagi tropik yomgʻir oʻrmonlaridan boshlab, balandlik ortishi bilan moʻtadil oʻrmonlar, boreal oʻrmonlar va alp oʻsimliklariga qadar oʻzgarib turardi.[11]17-18-asrlarda xitoylik muhojirlar kelganidan beri orolning gʻarbiy va shimoliy qismlaridagi tekisliklar va past togʻlar qishloq xoʻjaligi uchun oʻzlashtirildi. Biroq togʻli oʻrmonlar juda xilma-xil boʻlib, Formosan va Tayvan firi(archa) kabi bir nechta endemik turlar hali ham mavjud, past tekisliklarda esa bir vaqtlar keng tarqalgan dafna daraxti ham uchrab turadi. Tayvan endemik qushlarning vatani hisoblanadi. [12]
Orolga insonlar kelishidan oldin, togʻli hududlarda bir nechta endemik hayvon turlari yashagan, masalan, Swinhoe fazani, Tayvan koʻk magpiyasi, Formoza bugʻusi va Formoza lososi. Ularning bir nechtasi hozirda yoʻq boʻlib ketgan va koʻplari xavf ostidagi turlar sifatida qizil kitobga kiritilgan. Tayvanda nisbatan kam sonli yirtqichlar mavjud boʻlib, ular jami 11 turdan iborat. [13]Yirtqichlar orasida Formoza bulutli leopardi deyarli yoʻq boʻlib ketgan va Kinmen orolida uchraydi. Eng katta yirtqich hayvon Formoza qora ayigʻi boʻlib, u kamyob va yoʻqolish arafasidagi tur hisoblanadi.[14]
Milliy bogʻlar
tahrirTayvanning toʻqqizta milliy bogʻi mavjud boʻlib, ularda orolning turli xil relyef shakllari, oʻsimlik va hayvonot dunyosini himoya qiladi. Tayvanning janubiy chekkasida joylashgan Kenting milliy bogʻidagi marjon riflari, nam tropik, oʻrmon va dengiz ekotizimlari muhofazaga olingan. Yushan milliy bogʻida alp relyef tipi shakllangan, Yangmingshan milliy bogʻida vulqonlar, issiq buloqlar, sharsharalar va oʻrmonlar mavjud.[15] Taroko milliy bogʻida marmar kanyonlari, jarliklar va burmalangan togʻlar mavjud. Shei-Pa milliy bogʻida alp ekotizimlari, turli relyef shakllari va vodiylar keng hududlarni egallaydi. Kinmen milliy bogʻida koʻllar, botqoqliklar, qirgʻoq relyefi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi bilan shakllangan oʻziga xos flora va fauna dunyosi mavjud. Dongsha Atoll milliy bogʻida Pratas rif atollari, noyob dengiz tabiati va biologik xilma-xillik mavjud boʻlib, Janubiy Xitoy dengizi va Tayvan boʻgʻozining dengiz jonivorlari uchun muhim qoʻnim joyi hisoblanadi.[16]
Manbalar
tahrir- ↑ „Land and Climate“. Statistical Yearbook of the Republic of China. Statistical Bureau, Republic of China (Taiwan) (2020). 2022-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
- ↑ „Law on the Exclusive Economic Zone and the Continental Shelf of the Republic of China (中華民國專屬經濟海域及大陸礁層法)“. Qaraldi: 2007-yil 21-may.
- ↑ „Taiwan“. The World Factbook. United States Central Intelligence Agency. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-may.
- ↑ „1.1 Number of Villages, Neighborhoods, Households and Resident Population“ (XLS). Monthly Bulletin of Interior Statistics. Ministry of the Interior, Republic of China (Taiwan) (2012-yil noyabr). 2014-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „zh:台灣海峽——平潭島東端的牛山島“ (zh-Hant) (2019-yil 13-may). — „仔細研究地圖發現大陸與台灣兩地最接近的地方至少也有125海里,這個地點就是福建省平潭縣海壇島(即平潭島)東端的——牛山島。“. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
- ↑ Williams, Jack Francis; Chang, David. Taiwan's Environmental Struggle: Toward a Green Silicon Island. Routledge, 2008 — 3-bet. ISBN 978-0-415-44723-2.
- ↑ „Geology of Taiwan“. Department of Geology, University of Arizona. 2017-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-fevral.
- ↑ „Body of last victim of apartment collapse in Tainan found“. Focus Taiwan (2016-yil 18-fevral). 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-mart.
- ↑ „Tallest Islands of the World – World Island Info web site“. Worldislandinfo.com. 2017-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-avgust.
- ↑ Reported by Taiwanʼs National Geographic Information System Steering Committee (NGISSC (Wayback Machine saytida 21 November 2008 sanasida arxivlangan))
- ↑ Davidson, Helen. „'An ecological miracle': Taiwan's fireflies are flirting in the dark again“. The Guardian (2022-yil 22-aprel). 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ Tsukada, Matsuo (1966). "Late Pleistocene vegetation and climate of Taiwan (Formosa)". Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America 55 (3): 543–548. doi:10.1073/pnas.55.3.543. PMID 16591341. PMC 224184. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=224184.
- ↑ „Otter Conservation in Kinmen“. Kinmen County Government (2019-yil 2-yanvar). 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.
- ↑ Chiang, Po-Jen; Kurtis Jai-Chyi Pei; Michael R. Vaughan; Ching-Feng Li (2012). "Niche relationships of carnivores in a subtropical primary forest in southern Taiwan". Zoological Studies 51: 500–511. Archived from the original on 2013-05-12. https://web.archive.org/web/20130512023326/http://zoolstud.sinica.edu.tw/Journals/51.4/500.pdf. Qaraldi: 24 August 2012.Tayvanning geografiyasi]]
- ↑ National Parks of Taiwan (Wayback Machine saytida 16 December 2017 sanasida arxivlangan), Construction and Planning Agency, Ministry of the Interior, ROC (Taiwan).
- ↑ „Body of last victim of apartment collapse in Tainan found“. Focus Taiwan (2016-yil 18-fevral). 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-mart.
Tashqi havolalar
tahrir- Tayvan datums, Ochiq manba Geospasial jamgʻarmasi Wiki
- Tayvan milliy bogʻlari, Qurilish va rejalashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Tayvan (ROC)
- Tayvan pasasi, Turizm byurosi, Transport va aloqa vazirligi, Tayvan (ROC)
- Jografiya maʼlumotlariTayvanning geografiyasibilanOpenStreetMap