Tbilisi (gruzincha: თბილისი, 1936-yilgacha ruscha transkripsiyasida – Tiflis (gruzincha: ტფილისი)) — Gurjiston poytaxti. Yirik industrial, ilmiy va madaniy markazlardan biri, transport tuguni. Tbilisi soyligida, Kura daryosining har ikkala sohilida, 406– 522 m balandlikda joylashgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,5°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 510 mm. Maydoni 348,6 km². Aholisi 1280 ming kishi |(2002-yil shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan birga – 1,5 mln. kishiga yaqin)]. Tbilisi 8 tumanga boʻlingan.

Tbilisi

gruzincha: თბილისი
shahar
Skyline of Tbilisi
Tbilisi
Bayroq
Tbilisi
Gerb
41°43′0″N 44°48′0″E / 41.71667°N 44.80000°E / 41.71667; 44.80000
Mamlakat Gruziya
Hukumat
 • Mer Kaxa Kaladze
Asos solingan 455-yil[1]
Ilk eslatilishi 379-yil[2]
Avvalgi nomlari Tiflis (gruzincha: ტფილისი)
Qachondan beri shahar 1936-yil
Maydon 720 km2 (280 kv mi)
Markazi balandligi 100 m
Aholisi
 (2021)
1 172 010[3]
Zichligi 1533 kishi/km2
Milliy tarkib gruzinlar (89,9 %), armanlar (4,8 %), ozarbayjonlar (1,4 %), ruslar (1,2 %), yezidlar (1,0 %), osetinlar (0,4 %)[4]
Konfessiyaviy tarkib provaslavlar (91,4 %), armanlar, ААCh (4,8 %), musulmonlar (1,1 %), yezidlar (1,0 %)[5]
Etnoxoronim tbilisilik
Vaqt mintaqasi UTC+4
Telefon kodi +995 32
Pochta indeks(lar)i 0100–0199
Avtomobil kodi GEO
Tbilisi xaritada
Tbilisi
Tbilisi

Tbilisi soʻzi iliq suvli buloklar nomi (gurjistonha „tbili“ – iliq)dan olingan. Tbilisi shaharqalʼa sifatida ilk bor yilnomalarda 4-asrdan tilga olinadi. Podsho Vaxtang I Gorgasal davri (452–502)da Tbilisi Sharqiy Gurjistonning eng yirik iqtisodiy markazlaridan biriga aylangan. Vaxtang Ining oʻgʻli Dachi shahar devorlarini qurishni tugatib (6-asr boshi), poytaxtni Msxetadan Tbilisiga koʻchirdi va uni Sharqiy Gurjiston davlati boʻlmish Kartlining poytaxtiga aylantirdi. 7–11-asrlarda Tbilisi arablar, xazarlar, forelar, turksaljoʻqlar hujumiga duchor boʻlgan, 8-asr 30-yollaridan arab amirligining qarorgohi. Gurjistonda David Binokor podsholigi davrida Tbilisi ozod qilinib (1122), birlashgan gruzin davlatining poytaxtiga aylantirilgan. 12–13-asrlarda Tbilisi Yaqin Sharqning eng yirik savdohunarmandchilik va madaniy markazlaridan biri. 13–18-asrlarda Tbilisi turli davlatlar tarkibida boʻlib keldi. 1801-yil Sharqiy Gurjiston Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingach, Tbilisi Gurjiston gubernyasining maʼmuriy markazi va Kavkazdagi rus qoʻshinlari bosh qoʻmondonining, 1845-yildan esa Rossiya podshosining Kavkazdagi noibi qarorgohi boʻlib qoldi. 19-asrning 2yarmidan Zakavkazyeda temir yoʻl qurilishi boshlanishi bilan Tbilisida sanoat korxonalari qurilishi tezlashdi. Koʻnteri zavodlari, tamaki fabrikalari bunyod etildi. Bosh temir yoʻl ustaxonasi Tbilisidagi eng katta korxona edi. 1921-yildan Tbilisi uzilkesil Gruziyaning poytaxti boʻlib qoldi.

Tbilisining yetakchi sanoat tarmoklari – mashinasozlik (stanoklar, elektrovozlar, priborlar, qishloq xoʻjaligi. mashinalari, elektr texnika buyumlari, aviatsiya sanoati mahsulotlari va boshqa ishlab chiqarish.), metallsozlik, yengil (toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, galanteriya, tikuvchilik va boshqa korxonalar), oziq-ovqat (shu jumladan, vinokonyak, shampan vinosi tayyorlash, mevasabzavot konservalari, tamakichilik, yogmoy, non zavodlari va boshqalar), yogʻochsozlik, shisha va chinnifayans, kimyo va kimyofarmaiyevtika, polifafiya sanoatlari. Qurilish materiallari ham ishlab chikariladi. Tbilisida termal suvlardan issiqxonalarni isitishda foydalaniladi.

Tbilisi – transport yoʻllarining yirik tuguni, Harbiy Gurjiston yoʻlining oxirgi punkti. Avialiniyalar orkali MDHning deyarli barcha yirik markazlari bilan bogʻlangan. Ichki transport rivojlangan – avtobus (1933-yildan), tramvay, trolleybus (1937-yildan) katnaydi, 1966-yildan metropoliten ishga tushirilgan. Dam oluvchi va sayyohlarni tashuvchy*’ kanat yoʻllari bor. Bu transport yoʻllari shaharning markaziy koʻchalarini togʻli qismi bilan bogʻlaydi.

Tbilisi Kura daryosi va uning terrasalari boʻylab 30 km ga choʻzilgan. Shaharning janubi-sharqida tor koʻchalar, oʻrta asrlarda qurilgan 2–3 qavatli gʻishtin uylari boʻlgan eski shahar joylashgan. Eski shaharda Nariqalʼa xarobalari (qadimgi kismi 4-asr, keyingisi 16–17-asrlar), toshdan qurilgan Anchisxati (6–17-asrlar) cherkovi va Metexi (1278–93) cherkovi, Sioni kafedrali sobori (6–7-asrlar), Rostom podshosining hammomlari (17-asr) saqlangan. Gurjiston Fanlar akademiyasi, 11 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 3 universitet, konservatoriya), 14 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), 20 dan ortiq muzey (shu jumladan, S. Janashia nomidagi Gurjiston muzeyi, Gurjiston sanʼati muzeyi, Gurjiston kartinalar galereyasi, Gurjiston adabiyoti muzeyi), Botanika bogʻi, Davlat kutubxonasi, yuzdan ortiq jamoat kutubxonasi, yirik nashriyotlar bor. Tbilisi – Zakavkazyeda turizmning yirik markazlaridan. Shaharning janubi-sharqiy qismida Tbilisi balneologik kurorti joylashgan.

Tbilisida mashhur gruzin yozuvchilari, rassomlari, kompozitorlari, jamoat arboblari (Aleksandr va Ilya Chavchavadzelar, N. Baratashvili, Akakiy va Georgiy Sereteli, N. Nikoladze, Nino Pirosmanishvili, Zahariy Paliashvili va boshqalar) hamda arman va ozarbayjon madaniyati vakillari (X. Abovyan, G. Sundukyan, O. Tumanyan, M. Axundov, M. Shafi va boshqalar) yashab ijod kilganlar. A. Griboyedov (Mtatsminda togdagi panteonda dafn qilingan). A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, L. N. Tolstoy, M. Gorkiylarning nomlari Tbilisi bilan bogʻliq.[6]

Gallireya

tahrir


Manbalar

tahrir
  1. კონსპექტი საქართველოს ისტორიიდან შედგენილი ა. ქუთათელაძისგან. რვეული I. თბილისი, სტამბა წიგნების გამომცემელ ქართველთა ამხანაგობისა, 1900. გვერდი 38.
  2. მოსე ჯანაშვილი "საქართველოს საქართველოს დედა-ქალაქი ტფილისი". ქუთაისი, ღამბაშიძის სტამბა, 1899. გვერდი 8.
  3. в границах региона (муниципалитета) Тбилиси
  4. 2014 General Population Census Results — Total population by regions and ethnicity(ingl.)
  5. georgia-religion2014
  6. "Tbilisi" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil