Tbilisi davlat universiteti

(Tbilisi universitetidan yoʻnaltirildi)

Tbilisi Davlat Universiteti (gruzincha: თბილისის ივანე ჯავახიშვილის სახელობის სახელმწიფო უნივერსიტეტი) - Ivan Javaxishvili nomidagi Tbilisi universiteti Gurjistondagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biridir. 1918-yilda tarixchi olim va akademik I.A.Javaxishvili boshchiligidagi gruzin olimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1930-yillarda Tbilisi Davlat Universiteti negizida qishloq xoʻjaligi, politexnika, pedagogika, tibbiyot institutlari, shuningdek bir qancha ilmiy tayyorgarlik muassasalari tashkil topgan. 1990-yili mustaqil ilmiy oʻquv muassasasi sifatida qayta tashkil etilgan. Fizika, matematika, kimyo, biologiya, psixologiya, geologiya, falsafa, geografiya, tarix, filologiya, iqtisodiyot, huquq va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 3 millionga yaqin asarlar bor. 35 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.

gruzincha: თბილისის ივანე ჯავახიშვილის სახელობის სახელმწიფო უნივერსიტეტი
Xalqaro nomi
Ivane Javakhishvili Tbilisi State University
Asos solingan sanasi 1918-yil, fevral
Rektori Aleksandr Kvitashvili
Manzili
Tbilisi, Chavchavadze shoh koʻchasi, 1
Veb-sayti http://www.tsu.ge/