Team Fortress 2 (ingl. soʻzma-soʻz — „Jamoa qalʻasi 2“) — 2007-yilda Valve korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va nashr etilgan koʻp oʻyinchili birinchi shaxs otishma oʻyini. Oʻyin „Quake“ uchun 1996-yildagi „Team Fortress“ modining va uning 1999-yildagi remeyki „Team Fortress Classic“ davomi. Oʻyin 2007-yilning oktyabr oyida Windows va Xbox 360 uchun The Orange Boxʼning bir boʻlagi oʻlaroq chiqariladi va 2007-yil dekabrda PlayStation 3ʼga koʻchiriladi.[1][2] U 2008-yil aprel oyida Windows uchun mustaqil oʻyin oʻlaroq chiqariladi va 2010-yil iyun oyida Mac OS X va 2013-yil fevral oyida Linuxʼni qoʻllab-quvvatlash uchun yangilandi. Team Fortress 2 Valveʼning Steam raqamli chakana sotuvchisi orqali onlayn tarqatiladi, Electronic Arts esa chakana va konsol nashrlarini boshqaradi.

Team Fortress 2
Fayl:Tf2 standalonebox.jpg
Ishlab chiqaruvchi Valve
Nashir etuvchi Valve
Chiqarilgan sana 2007-yil 10-oktyabr
Geymdizayner John Cook
Robin Walker
Bastakor Mike Morasky
Janr Birinchi shaxs otishmasi
Platformalar Microsoft Windows
PlayStation 3
Xbox 360
Mac OS X
Linux
Yuritkich Source
Oʻyin rejimlari Yolgʻiz oʻyinchili
Koʻp oʻyinchili
Boshqaruv klaviatura va sichqoncha yoki geympad

Oʻyinchilar ikkita jamoadan biriga qoʻshilishadi — RED va BLU — va oʻynash uchun toʻqqizta qahramon sinfidan birini tanlashadi.

RED — Reliable Excavation Demolition jumlasining qisqartmasi — oʻzbekchadagi maʼnosi „Ishonchli qazish va buzish“. RED kompaniyasi asosan suv omborlari va konlar qazish, buzish ishlari, non va pivo ishlab chiqarishga moslashganligi bilan maʼlum. Ularning jamoasi yollanmalardan tuzilgan. RED soʻzi ingliz tilidagi qizil rang soʻzi bilan bir xil yoziladi, bu nega uyushma koʻproq qizil rangni ishlatishini koʻrsatadi. RED binolari va yarogʻlari qizil va sariq ranglarda, asosiy qurilish materiallari esa yogʻoch, qizil gʻisht va toʻq qizil rangli metall qoplamalar. Uyushma asosan qazish va buzish ishlarini bajarishi hisobiga, ularning binolari ham oddiy xoʻjalik binolariga oʻxshash isliqi koʻrinishda.

BLU — Builders League United jumlasining qisqartmasi — oʻzbekchadagi maʼnosi „Quruvchilar birlashgan ligasi“. Ushbu kompaniya asosan qurilish ishlari, gidroenergetika va sut ishlab chiqarishga moslashgan. RED uyushmasiga oʻxshab, BLU ham katta aygʻoqchilik uyushmasi uchun niqob vazifasini oʻtaydi. Uyushma nomi ingliz tilidagi koʻk rangining yozilishiga oʻxshab ketadi. Shundan kelib chiqib, uyushma uchun ushbu rang asosiy hisoblanadi. BLU bino va qurilmalari koʻk va oqrangda qurilgan. Asosiy ishlatiladigan qurilish materiallari — oq gʻisht va metall. BLU uyushmasi REDʼdan farqli oʻlaroq, ancha zamonaviy uslub va sanoatni ustun koʻradi.

Oʻyinning asosiy rejimlari bayroqni egallash va togʻ begi. Ishlab chiqarishni Team Fortress modini ishlab chiquvchilari John Cook va Robin Walker boshqargan. Team Fortress 2 1998-yilda Team Fortress 2: Brotherhood of Arms nomi bilan eʼlon qilingan. Oldingi gʻoyaga koʻra, oʻyin militarizmga asoslangan realistik vizual effektlar ega boʻlishi kerak edi, biroq bularning bari ishlab chiqarish muddati choʻzilib ketgan 9 yil ichida oʻzgartiriladi. Valve olti yil davomida hech qanday maʼlumot taqdim qilmaganidan soʻng, Team Fortress 2 muntazam ravishda Wired Newsʼning yillik vaporware roʻyxatida boshqa loyihalar qatorida joy oladi. Nihoyat, 2007-yilda Source oʻyin yuritgichida chiqarilgan Team Fortress 2 oʻzining oʻtmishdosh oʻyinlarining sinflarga asoslangan oʻyin xususiyatini saqlab qoladi va shu bilan birga J. C. Leyendecker, Deann Cornwell va Norman Rockwell ishlaridan ilhomlangan holda multfilmga oʻxshash vizual uslubga ega boʻladi. Shu bilan bir qatorda, oʻynaladigan sinflarining vizual va ogʻzaki obrazlariga eʼtibor va 1960-yillarning aygʻoqchi filmlari estetikasiga urgʻu kuchayadi.

Team Fortress 2 oʻzining badiiy yoʻnalishi, geympleyi va yumorlari uchun tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi[3][4][5] va barcha yaratilgan video oʻyinlarning buyuklaridan deb atashdi.[6][7][8] Oʻyin 2023-yil yanvar oyidan buyon Valve rasmiy serverlari tomonidan Steam ustaxonasida oddiy oʻyinchilar yaratgan kontentlarni yangi mavsumiy son oʻlaroq chiqarilib qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bundan tashqari, yangi kontentlar. 2011-yil iyun oyida oʻyin virtual tovarlari uchun mikrotransaktsiyalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan oʻynash uchun tekin oʻyin aylanadi. Shuningdek, tekin oʻynaydigan foydalanuvchilariga vaqti-vaqti bilan oʻyin ichidagi jihozlar va narsalarni olish imkonini beruvchi „tushirish tizimi“ qoʻshildi va takomillashtirildi. 2020-yil boshidan beri Valve rasmiy serverlarida haqqoniy oʻyinga xalaqit beradigan „cheat“ ishlatuvchi bot hisoblari oqimi juda koʻp kuzatilmoqda.[9]

Geympley

tahrir
Fayl:Team Fortress 2 Screenshot.jpg
„Well“ xaritasida RED jamoasi aʼzolari BLU bazasida hujum qilishmoqda.

Koʻpgina oʻyin rejimlarida BLU va RED bitta maqsad ustida kurash olib borishadi.[4] Oʻyinchilar jamoadagi toʻqqizta qahramon sinfidan biri oʻlaroq oʻynashlari mumkin, ularning har biri oʻz yoʻliga kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, qurol toʻplamlariga ega. Maqsadga erishish uchun ushbu sinflar oʻzlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini jamoaviy muhitda bir-bri bilan samarali ishlatishi talab etiladi. Biroq, bir qator sinflarning qobiliyatlari oldingi Team Fortressʼdan farqli oʻlaroq oʻzgargan boʻlsa-da, har bir sinfning asosiy elementlari saqlanib qoldi. Bitta sinf qahramoni uchun bular: bitta asosiy qurol, bitta qoʻshimcha qurol va bitta sovuq qurol.[10][11] Oʻyin oltita rasmiy xarita bilan chiqarilgan boʻlsa-da, yuzdan ortiq xaritalar (hamjamiyat tomonidan yaratilgan xaritalar ham) keyingi yangilanishlarga kiritilgan.[12][13] Oʻyinchilar birinchi marta oʻyin rejimini tanlab oʻyinga kirganlarida, oʻsha rejimning maqsadlarini qanday bajarish kerakligini koʻrsatadigan kirish videosi ijro etiladi. Olishuvlar davomida Ellen MckLain ovoz beradigan Administrator[14] karnaylar orqali voqealarni eʼlon qilib boradi.[15] Bitta olishuv (match) uchun oʻyinchilar sonining cheklovi Xbox 360 va PlayStation 3 da 16 ta, Windows versiyasida 24 ta.[16] Biroq, 2008-yilda Windows versiyasi 32 tagacha oʻyinchi sigʻdira oladigan serverga yangilandi.[17]

Oʻyin rejimlari

tahrir

Oʻyinning asosiy rejimlari

tahrir

Team Fortress 2 da beshta asosiy oʻyin rejimi bor.

  • Egalla/Qoʻriqla — rejimda jamoalar ikki guruhga boʻlinadi, bular Hujumchilar (bu ishni asosan BLU jamoasi bajaradi) va Himoyachilar (bu ishni asosan RED jamoasi bajaradi). Ushbu rejim vaqt belgilanadigan oʻyin rejimi boʻlib, unda BLU jamoasining maqsadi RED nazorat nuqtalarini egallash (RED jamoasi bu nuqtalarning „egasi“ hisoblanadi). Nazorat nuqtalarining soni har xaritada har xilligi bilan farq qiladi, shu bilan birga, nuqtalar tegishli tartibda BLU jamoasi tomonidan egallanishi kerak. Nazorat nuqtasini egallash uchun oʻyinchi maʼlum vaqt davomida uning ustida turishi kerak. Bu jarayonni egallanyotgan nuqtani bitta jamoaning koʻproq oʻyinchilari egallashi orqali tezlashtirish mumkin. BLU jamoasi nazorat nuqtasini egallagandan keyin, uni RED jamoasi qayta egallay olmaydi. RED jamoasining asosiy ishi berilgan vaqt tugaguncha BLU jamoasi barcha nazorat nuqtalarini egallab olishiga yoʻl qoʻymaslik. Bir nuqta egallangandan soʻng, yana qoʻshimcha vaqt beriladi.[18]
  • Bayroqni egalla — oʻyin rejimida BLU va RED jamoalari bir-birining „bayroqlarini“ (ushbu rejimda bayroq soʻzi ramziy boʻlib, uning oʻrnida razvedka maʼlumotlari saqlanadigan chamadon) qoʻlga kiritishi kerak. Shu bilan birga, ikkala jamoa ham oʻz chamadonlarini qoʻriqlashi kerak. Chamadonni raqib bazasidan olib qochayotgan oʻyinchi uni tushirib yuborganda — oʻldirilib yoki qoʻldan tashlab yuborganda — 1 daqiqa ichida yerda yotgan joyidan qayta olinmasa, yana asl oʻrniga qaytadi. Jamoaning chamadoni faqat raqib jamoa tomonidan olib qochilishi mumkin. Raqib chamadonini birinchi boʻlib uch bora qoʻlga kiritgan jamoa olishuvni yutadi.[19]
  • Nazorat nuqtalari — vaqt belgilanadigan oʻyin rejimi boʻlib, unda xarita boʻlab bir nechta nazorat nuqtalari joylashgan (xaritaga qarab 3 tadan 5 tagacha nazorat nuqtalari boʻlishi mumkin). Nazorat nuqtalari soniga mos ravishda xaritalar ham „3CP“ va „5CP“ deb nomlanadi. Oʻyin faqat oʻrta nazorat nuqtasi betaraf holda boshlanadi, qolgan nazorat nuqtalari esa ikkala jamoa oʻrtasida teng boʻlingan boʻladi. Oʻrta nazorat nuqtasi egallangandan soʻng, raqib ramoasining nazorat nuqtalarini ketma-ket egallashni boshlashi mumkin. Belgilangan vaqt esa har ikkala jamoa ham nazorat nuqtalarini egallashi bilan uzaytiriladi. Jamoa yutishi uchun belgilangan vaqt ichida barcha nazorat nuqtalarini egallagan boʻlishi kerak.[18]
  • Togʻ begi — vaqt belgilanadigan oʻyin rejimi boʻlib, unda RED va BLU jamoalari xaritaning oʻrtasidagi yolgʻiz nazorat nuqtasini egallashi kerak. Nazorat nuqtasini egallagandan soʻng, taymer hisoblashni boshlaydi. Biroq, taymer vaqti tugamasdan oldin nuqtani raqib jamoa egallab olsa, taymer toʻxtaydi. Taymer 0 ga tushgungacha nazorat nuqtasini egallab turgan jamoa yutadi.[20]
  • Qoʻriqlab borish - vaqt belgilanadigan oʻyin rejimi boʻlib, egalla/qoʻriqla rejimiga oʻxhsab ketadi. Unda BLU jamoasi portlovchi aravani (bomba solingan arava) temir yoʻl boʻylab surishi kerak, RED jamoasi esa aravaning oʻz bazasiga etib borishiga toʻsqinlik qilishi kerak. Aravani surish uchun kamida bitta BLU oʻyinchisi arava yonida yurishi kerak, arava esa har 5 soniyada sogʻliq va 50 birlik miqdorda metall/oʻq-dorilarni tarqatadi. Qanchalik koʻp BLU oʻyinchilari aravani surishga urinsa, aravaning tezligi shunchalik koʻp ortadi. Qoʻriqlab borish rejimidagi xaritalarda temir yoʻl boʻylab bir nechta „nazorat nuqtalari“ mavjud. Portlovchi arava yetib borgan joydagi nazorat nuqtasi oʻz-oʻzidan BLU (Aravani suradigan jamoaga) jamoasiga oʻtadi. Nazorat nuqtalarini egallash belgilangan vaqtni ham uzaytiradi. Agar arava BLU jamoasi tomonidan 20 soniya davomida surilmasa, u soʻnggi egallangan nazorat nuqtasiga qayta boshlaydi va oʻsha yerda toʻxtaydi. RED jamoasi aravani toʻxtatish uchun uning yoniga borishi, BLU jamoasi oʻyinchilarini esa arava yaqiniga yoʻlatmasligi kerak. RED jamoasi yutishi uchun aravani belgilangan vaqt tugamasdan oldin soʻnggi nazorat nuqtasiga yetib borishiga toʻsqinlik qilishi kerak.[21]

Oʻyinchilar sinfi

tahrir

 

Fayl:TF2 Group.jpg
Chapdan oʻngga: Pyro, Engineer, Spy, Heavy, Sniper, Scout, Soldier, Demoman va Medic

Team Fortress 2 toʻqqizta oʻynaladigan sinfni oʻz ichiga oladi, ular teng ravishda „Hujumchi“, „Himoyachi“ va „Qoʻllab-quvvatlovchi“ toifalariga boʻlingan.[12] Har bir sinfning kuchli va kuchsiz tomonlari bor va ular boshqa sinflar bilan oʻzaro ishlashlari kerak, shunda maqsadga erishish oson boʻladi.[22] Har bir sinfda kamida uchta standart qurol mavjud: asosiy qurol, qoʻshimcha qurol va sovuq qurol. Baʼzi sinflarda shaxsiy raqamli yordamchilar uchun qoʻshimcha kataklar mavjud.

Hujumchilar

tahrir
  • Scout (oʻzbek tilida Kuzatuvchi yoki Razvedkachi) — haqiqiy ismi Jeremy boʻlgan amerikalik beysbol muxlisi va Massachusets shtatining Boston shahridan koʻcha chopari. Uning yugurish bilan shigʻullanishining asosiy maqsadi „qutirgan akalarini urib yengish“ edi (Scoutʼning yettita akasi bor).[23] U tezkor va chaqqon qahramon. Scout standart boʻyicha kesik miltiq, toʻpponcha va alyuminiy beysbol bitasi bilan qurollangan. Scout ikkitalik sakrash bajarishi mumkin va nazorat nuqtalarini egallash chogʻida ikki kishi hisobiga oʻtadi. Shuningdek portlovchi aravani surishda ham tezligi hisobiga ikki karra tezroq suradi.
  • Soldier (oʻzbek tilida Askar) — haqiqiy ismi Jane Doe, oʻrta gʻarbdan boʻlgan amerikalik jingoistik vatanparvar. U hech qachon qurolli kuchlarning biron bir boʻlimida xizmat qilmagan boʻlsa ham, oʻzini harbiy odam deb biladi.[24] Soldier standart boʻyicha reaktiv raketaotar, ov miltigʻi va belkurak bilan qurollangan.[25] U oʻyindagi Heavyʼdan keyin ikkinchi eng sekin va ikkinchi eng koʻp sogʻliqqa ega sinf. Soldier bir joydan ikkinchi joyga tez oʻtish uchun reaktiv raketaotari orqali raketa sakrashi amalga oshirishi mumkin, biroq bu uning sogʻligʻini kamaytiradi.
  • Pyro (oʻzbek tilida Piro yaʼni olov) — jinsi va kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan piromaniak boʻlib, u yongʻinga chidamli kostyum va ovozni soʻndiruvchi gazniqob kiyadi.[26] Pyro standart boʻyicha oʻt purkagich, ov miltigʻi va oʻt oʻchiruvchilar boltasi bilan qurollangan. Oddiy alangadan tashqari, Pyroʻning oʻt purkagichi yaqinidagi dushmanlarni orqaga itarish, oʻqlarni qaytarish va yonayotgan jamoadoshlarini oʻchirish uchun siqilgan havo purkab otishi mumkin. Pyro tasavvurida haqiqiy hayotni boshqacha koʻradi va u oʻzini Pirolandiya deb atalgan utopik xayolot dunyosida yashayotganiga ishonadi.[27][28]

Himoya

tahrir
  • Demoman („Demonstration“ yaʼni Koʻrsatuvchi, oʻzining nimasi zoʻr ekanligini koʻrsatadi) — haqiqiy ismi Tavesh DeGroot, Shotlandiyaning Ullapul shahridan kelgan qora tanli, bir koʻzli, alkogolik buzgʻunchilik boʻyicha mutaxassis.[29] Standart boʻyicha granataotar, masofadan portlatiladigan „yopishqoq bomba“ va shisha butilka bilan qurollangan. Demoman oʻz portlagichlarini yopiq joylardan turib hujum qilish va tuzoqlar oʻrnatish uchun ishlatishi mumkin.[27] Soldierʼning raketa sakrashiga oʻxshab, Demoman oʻzining yopishqoq bombaotari orqali„yopishqoq sakrash“ amalga oshirishi mumkin, biroq bu uning sogʻligʻini kamaytiradi.
  • Heavy yoki Heavy Weapons Guy (oʻzbek tilida Ogʻir yoki Ogʻir qurolli yigit) — haqiqiy ismi Mixail, SSSRning Jugjur togʻlaridan kelgan katta rus odam. Uning qaddi-qomati va urgʻusi ogʻir, otishma kuchiga berilib ketadi. U oʻyindagi eng sekin yuruvchi sinf boʻlib, katta miqdordagi shikast yetkazishi ham, shikast yeyishi ham mumkin. Uning standart qurollari „Sasha“ deb erkalab ataydigan minigani, ov miltigʻi va mushtlari.[30]
  • Engineer (oʻzbek tilida Muhandis) — haqiqiy ismi Dell Conagher, amerikalik ixtirochi, muhandis, intellektual va „good ol' boy“, tugʻilib oʻsgan joyi Bee Cave, Texas.[31] Engineer oʻz jamoasini qoʻllab-quvvatlab turish uchun qurilmalar qurishi mumkin: kerakli nuqtalarni qoʻriqlash uchun qoʻriqchi qurol, sogʻliq va oʻq-dorilar tarqatkich va bir juft (bitta kirish va bitta chiqish) teleport moduli.[27] Engineer standart boʻyicha ov miltigʻi, toʻpponcha, sovuq qurol sifatida ham, binolarni taʼmirlash va yangilash uchun ham ustachilik kalitini ishlatadi Shuningdek ikkita alohida shaxsiy raqamli yordamchi bilan qurollangan; biri qurilmalarni qurish uchun, ikkinchisi esa ularni uzoqdan turib yoʻq qilish uchun.

Qoʻllab-quvvatlovchi

tahrir
  • Medic (oʻzbek tilida Shifokor) — haqiqiy ismi Ludwig, shtutgartlik nemis shifokori, Gippokrat qasamyodiga unchalik eʼtibor bermaydi.[32] U yaralangan jamoadoshlarining sogʻligʻini tiklay oladigan „Medi Gun“ bilan qurollangan. Jamoadoshlarini davolayotganda, Medi Gun asta-sekin „ÜberCharge“ hisoblagichini toʻldirib boradi. U toʻliq quvvatlanganda esa Medic davolayotgan jamoadoshini vaqtinchalik yengilmaslik bilan taʼminlash uchun faollashtirishi mumkin. Medic shuningdek, jamoadoshlarisiz kurashishi kerak boʻlgan vaziyatlar uchun shpritsotar va suyak arralagich bilan qurollangan.[33][27] U kaptarlarni uy hayvonlari oʻlaroq saqlaydi, ulardan birining oti esa Arximed.
  • Sniper (oʻzbek tilida Mergan) — haqiqiy ismi Mun-dee, Yangi Zelandiyada tugʻilgan va Avstraliyada oʻsib ulgʻaygan,[34] standart boʻyicha dushmanlarni uzoq oraliqdan otish uchun lazer moʻljalli merganlik miltigʻi bilan qurollangan. Oʻyinchi dushmanning qayerini nishonga olishi va otishiga qarab turli xil shikastlar yetkazishi yoki umuman boshiga otiboq oʻldirishi mumkin. Qoʻshimcha qurollari esa, yaqin olishuvlar uchun toʻpponcha-pulemyot va keskir kukri.[27]
  • Spy (oʻzbek tilida Aygʻoqchi) — fransuz maxfiy tezkor xodimi boʻlib, uning yarogʻlari yashirin va pisib kirish uchun moʻljallangan, jumladan, qoʻl soati sifatida niqoblangan yashirish moslamasi, dushman engineer binolarini oʻchirish va yoʻq qilish uchun ishlatiladigan elektron sapyor va uning sigaret qutisiga yashiringan qurilma. Ushbu qurilma unga har ikkala jamoaning istalgan oʻyinchisi koʻrinishiga kirish imkonini beradi.[35] U revolver va kapalak pichogʻi bilan qurollangan. Pichoqni dushmanlarni orqasiga sanchish orqali ularni shu ondayoq oʻldirishda ishlatishi mumkin.[27] U oʻz jamoasidagi boshqa aʼzolardan farqli oʻlaroq, yorqin rangdagi kiyim kiymaydigan yagona qahramon, uning oʻrniga esa balaklava, ish kostyumi, boʻyinbogʻ va jamoasining rangidagi biroz toʻqroq qoʻlqoplarni afzal koʻradi.

Manbalar

tahrir
  1. „Orange Box Goes Gold“. Joystiq (27-sentabr 2007-yil). 2015-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2014-yil.
  2. „The Orange Box“. Metacritic. 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2014-yil.
  3. Gerstmann. The Orange Box Review“. GameSpot (11-oktabr 2007-yil). 2013-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2007-yil.
  4. 4,0 4,1 Onyett. Team Fortress 2 Review“. IGN (9-oktabr 2007-yil). 2012-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-may 2008-yil.
  5. Wong. Team Fortress 2 Review“. GameDaily (12-oktabr 2007-yil). 2007-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-may 2008-yil.
  6. Staff. „The 500 best games of all time: 500-401“ (inglizcha). Polygon (27-noyabr 2017-yil). 3-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2022-yil.
  7. Weber. „The 50 best games of all time“ (inglizcha). gamesradar (23-noyabr 2021-yil). 24-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2022-yil.
  8. „Top 100 Video Games of All Time - IGN.com“ (10-dekabr 2017-yil). 2017-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2022-yil.
  9. Walker. „Team Fortress 2 Players Beg Valve To Acknowledge The Game's Bot Problem“. Kotaku (17-mart 2022-yil). 22-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2022-yil.
  10. Half-Life 2: Episode Two – The Return of Team Fortress 2 and Other Surprises“. GameSpot (13-iyul 2006-yil). 2014-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2015-yil.
  11. Berghammer, Billy. Team Fortress 2 Hands-On Preview“. Game Informer (28-mart 2007-yil). 2007-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2007-yil.
  12. 12,0 12,1 Berghammer, Billy. „The Team Fortress 2 Interview: The Evolution“. Game Informer (27-mart 2007-yil). 2007-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2007-yil.
  13. Team Fortress 2 Badlands preview“. Shacknews (14-yanvar 2008-yil). 2012-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2008-yil.
  14. „Team Fortress 2 – The Administrator“. Valve (9-dekabr 2009-yil). 2012-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2011-yil.
  15. „Ellen McLain“. Internet Movie Database. 2009-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2009-yil.
  16. Team Fortress 2 Interview“. IGN (10-aprel 2007-yil). 2013-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-avgust 2007-yil.
  17. Team Fortress 2 February 28, 2008 Team Fortress 2 update“. Valve (28-fevral 2008-yil). 2009-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2009-yil.
  18. 18,0 18,1 „Team Fortress 2 (Game) – Giant Bomb“ (inglizcha). Giant Bomb. 2017-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2017-yil.
  19. Scholz. „Capture The Flag – CTF – Maps « Article « Team Fortress 2 – TF2 – TFC – TFPortal“ (olmoncha). www.tfportal.de. 2017-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2017-yil.
  20. „Team Fortress 2 – Classless Update“. www.teamfortress.com. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2017-yil.
  21. „Team Fortress 2 – Gold Rush Update“. www.teamfortress.com. 2017-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2017-yil.
  22. „A Heavy Problem“. Team Fortress 2 (1-iyul 2008-yil). 2008-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2008-yil.
  23. „Meet the Scout“. Team Fortress 2. Valve. 2010-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-aprel 2008-yil.
  24. „Meet the Soldier“. Team Fortress 2. Valve. 2010-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2007-yil.
  25. „Team Fortress 2 - Soldier“. www.teamfortress.com. 13-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2021-yil.
  26. „Team Fortress 2 - Pyro“. www.teamfortress.com. 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
  27. 27,0 27,1 27,2 27,3 27,4 27,5 Goldstein, Hilary. „Team Fortress 2: Class Warfare“. IGN (23-may 2007-yil). 2013-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr 2007-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "IGN-classes" defined multiple times with different content
  28. „Pyro Update“. Team Fortress 2. Valve. 2008-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2008-yil.
  29. „Meet the Demoman“. Team Fortress 2. Valve. 2012-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2007-yil.
  30. „Meet the Heavy“. Team Fortress 2. Valve. 2010-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2007-yil.
  31. „Meet the Engineer“. Team Fortress 2. Valve. 2010-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2007-yil.
  32. Jungels. „TF2 Trading Cards – Part 2“. Team Fortress 2. Valve (3-iyul 2008-yil). 2012-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2008-yil.
  33. „Gold Rush Update“. Team Fortress 2. Valve (29-aprel 2008-yil). 2008-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-may 2008-yil.
  34. „Meet the Sniper“. Team Fortress 2. Valve. 2010-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2008-yil.
  35. „Meet the Spy“. www.teamfortress.com. Valve. 2-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.