Teatrshunoslik
Teatrshunoslik - teatr tarixi va nazariyasini oʻrganuvchi fan. Mustaqil ilmiy yunalish sifatida teatr sanʼatining umumiy taraqqiyoti bilan bogʻliq holda 20-asrda shakllangan. T. dastlab, asosan drama teatrlari faoliyati bilan bogʻlangan bulsa, keyinchalik opera va balet, operetta, musiqali drama, bolalar teatri, qoʻgʻirchoq teatri, teatr lool taʼlimi, sahna nutqi, dekoratsiya sanʼati, teatr libosi va pardozi, sahna harakati, havaskorlik teatri sohalari va yoʻnalishlarini uz ichiga oladi.
T. kurtaklari Sharq va Gʻarb mamlakatlarida teatr sanʼatini shakllanishi va taraqqiyoti bilan bogʻliq holda turli davrlarda, kup hollarda tarix, falsafa, adabiyotshunoslik fanlari ichida vujudga kelib, mukammalashib borgan. Teatr amaliyotini nazariy jihatdan umumlashtirish Yunoniston, Rim, Hindiston, Xitoyda paydo bulgan. Aristotelning "Poetika"si sanʼat, jumladan, drama va teatr nazariyasi buyicha birinchi tajribadir. Gʻarbiy Yevropada dramaturgiya va teatr sanʼatini tadqiq etish Uygʻonish davrida antik davrda yaratilgan qoʻlyozmalarni oʻrganishdan boshlangan. Angliyada 16-asrda gumanistlar teatr sanʼatining axloqiy tarbiyadagi Urni, estetik ahamiyatini yoklab bir qator ilmiy asarlar yozishgan. Alohida yoʻnalish sifatida drama nazariyasi rivojlanadi. 18-asr teatr tanqidchiligi ham rivojlana boshlaydi. 19-asrning 2yarmida Angliyada T.ning ilmiy uslub va tamoyillari qaror topadi. Germaniyada T.ning ilmiy poydevori 18-asrda qoʻyildi: I.K.Gotshed tadqiqotlaridan boshlandi. 18-asr oxiri va 19-asr boshida Gyote va Shiller T. taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdi. 19-asrning 2yarmida koʻplab T. ishlari, memuarlar, bibliografik manbalar nashr qilindi. 90y.lardan Bonn va Leypsig untlarida maxsus T. kurelari uqitilib, Kyoln va Kilda T. ilmiy tadqiqot intlari ish boshladi. 1902-yil Berlinda teatr tarixini oʻrganish jamiyati tuziladi. Fransiyada T. yozuvchi va faylasuf D.Didro asarlarida (18-asr) yorqin kurindi. 19-asrning 2yarmi, 20-asr boshlarida teatr tarixi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati buyicha fundamental tadkikrtlar yaratildi. 1933-yilda Fransiyada teatr tarixi jamiyati tuzildi. Rossiyada 19-asrda P.I.Sumarokov, A.Pushkin, N.Gogol, V.Belinskiy va boshqa T. rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 1939-yil Peterburgda Teatr, musiqa va kinematografiya instituti ish boshlaydi. 20-asrning 60—80y.larida mazkur dargoxlarda bir qator oʻzbek teatrshunoslari nomzodlik va drlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Sobiq ittifoq doirasida boshqa milliy teatrlar qatorida oʻzbek teatri boʻyicha ham monografiya va maqolalar eʼlon qilingan. Bu oʻrinda O.Olidor (Kaydalova), M.Grigoryev kabilarning xizmatlari alohida.
Oʻzbekistonda T. mustaqil fan sifatida 20-asrning 50y.larida shakllandi. Bunda hozirgi Sanʼat intining oʻrni katta. Int malakali teatrshunos kadrlarni tayyorlab yetishtira boshlashi bilan etnografiya, adabiyotshunoslik doirasida tetapoya qila boshlagan ilmiy yoʻnalish professional yulga chiqib oldi. Biroq T.ning dastlabki koʻrinishlari Furqat, M.Behbudiy va boshqalarning maʼrifatchilik yoʻnalishidagi maqolalarida yevropa shaklidagi yangi teatr yaratish harakati bilan bogʻliq holda paydo boʻlgan. 1914-yil Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda teatr jamoalari tarkib topib, xalq madaniy hayotidan oʻrin ola boshlashi bilan, teatr tanqidchiligi ham paydo boʻldi. Mirmulla, Mirmuhsin Shermuhamedov, Fitrat, Gʻ.Yunus, S.Husayn, Choʻlpon, S.Siddiq kabi tanqidchilar aniq spektakllarga taqriz yozish bilan cheklanmay, teatr jarayoni, tajribalarni umumlashtirishga kirishadilar. Shu tariqa T.ning dastlabki koʻrinishlari maydonga keladi. 20y.lardayoq T.da 2yoʻnalish koʻzga tashlanadi: biri — anʼanaviy teatr tarixini oʻrganish (Gʻ.Zafariy va boshqalar), ikkinchisi — yangi teatr tajribalarini umumlashtirish (S.Husayn, Choʻlpon va boshqalar). 1929-yilda S.Husaynning "Oʻzbek teatri" toʻplami, 1935-yilda M.Solihovning "Oʻzbek teatri tarixi uchun materiallar" kitobi bosilib chiqdi.
40—50y.larda teatr tarixini oʻrganishga asosan 2 tashkilot — Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, Teatr va rassomlik sanʼati instituti qoshida tashkil topgan teatr va xoreografiya boʻlimi (1940) va teatrshunoslik kafedrasi xodimlari tomonidan olib borildi. T.ning keyingi taraqqiyotida shu intni bitirib chiqqan M. Rahmonov, M. Qodirov, T.Bayandiyev, F.Joʻrayev, L.Avdeyeva, T.Tursunov, V.Dyachenko, S.Tursunboyev, E.Ismoilovlar teatr tarixiga oid turli mavzularda tadkiqot ishlari olib bordilar. Bu ishga Moskva teatr sanʼati intini tugatgan X.D.Ustaboyeva, A.Ribnik, Ya.Feldman kabilar ham oʻz hissalarini qoʻshdilar. 50—80y.lar anʼanaviy va yangi oʻzbek teatri tarixi boʻyicha manbalar toʻplash va ularni tartibga solish avj oldi. "Hamza nomidagi teatr" (oʻzbek va rus tilida, 1957), M.Rahmonovning "Hamza va teatr" (oʻzbek va rus tilida, 1958), Ya.Feldmanning "Xarakter naroda i ssenicheskiye obrazoʻ" (1962), M.Qodirovning "Oʻzbek xalq ogʻzaki dramasi" (1963), mualliflar guruhi tayyorlagan "Uzbekskiy sovetskiy teatr" (1966), S.Tursunboyevning "Andijon teatri" (1970) kitoblari shular jumlasidan. T.Tursunovning dramaturgiya tarixi, T.Bayandiyevning qoraqalpoq teatri tarixi boʻyicha tadqiqotlari bosildi. Keyinchalik M. Rahmonov, M. Qodirovlarning monografiyalari tufayli Oʻzbekiston hududida oʻtmishda anʼanaviy teatr uzluksiz faoliyat koʻrsatib kelganligi isbot qilindi. Teatrshunoslarning 2-boʻgʻini T.Izlomov, E.Muxtorov, M.Toʻlaxoʻjayeva, M.Hamidova, Ye.Panova, T.Yoʻldoshev, I.Rahimjonov, N.Zohidova, N.Kim, R.Azizova, H.Ikromov, K.Umurzoqovlar aktyorlik sanʼati, rejissura, musiqali drama janri, dramaturgiya, bolalar teatri, sahna nutqi sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. S.Kdsirova, S.Axmedov, O.Rizayev, D.Raxmatullayeva, Sh.Rizayev, N.Qurbonboyeva, O.Tojiboyeva, B.Shodiyevlardan iborat teatrshunoslarning 3boʻgʻini ham T. fani metodologiyasi va yutuklariga tayangan hodda teatr sanʼatining turli yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. T. fani ichida raqsshunoslik va sirkshunoslik tarkib topdi. Dastlab rake sanʼatini Gʻ.Zafariy bilan etnograf Iraida Vaxta oʻrganishga harakat qildilar. Musiqashunos Ye. Romanovskaya xamkorligida Fargʻona mumtoz raqsi "Katta oʻyin" yozib olindi. Lekin haqiqiy raqsshunoslikning paydo boʻlishi Lyubov Avdeyeva nomi bilan bogʻliq. Uning "Tamara Xanum" (1956), "Mukarrama Turgunbayeva" (1958), "Oʻzbekiston rake sanʼati" (rus va oʻzbek tilida, 1963, 1966), "Balet Uzbekistana" (1973) monografiya va ijodiy portretlari nashr etilgan. Roziya Karimova "Ferganskiy tanets" (1973), "Xorezmskiy tanets" (1975), "Buxarskiy tanets" (1977) nomli kitoblarida oʻzbek anʼanaviy rake sanʼatining asosiy yoʻnalishlariga xos raqs harakatlarini tizimli bayon etgan va shularga tayangan holda "Tansoʻ ansamblya Baxor" (1979), "Tansoʻ Ravii Atadjanovoy" (1983), "Uzbekskiye tansoʻ v postanovke Isaxara Akilova" (1987) raqs toʻplamlari yuzaga keldi.
Oʻzbek sirki tarixini oʻrganish boʻyicha Toʻlqin Obidov (1933— 1997)ning xizmati katta. Uning "Dorbozlar qissasi" (1963), "Mastera uzbekskogo sirka" (1973), "Arena Akrama Yusupova" (1976), "Oʻzbek polvonlari" (1979) risolalari va ayniqsa, "Traditsionnoʻy sirk v Uzbekistane. Genezis i evolyutsiya" mavzuida Moskvada ximoya qilgan drlik dissertatsiyasi (1990) sirkshunoslikning tarkib topishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. 20-asr sirk tarixini oʻrganishda Poʻlat Toshkanboyevning ishlari eʼtiborlidir.
Mustaqillik davrida demokratik gʻoyalar, milliy gʻurur, Vatan tuygʻusining kuchayishi teatrshunoslarni anʼanaviy teatr tarixiga alohida eʼtibor berib, mavjud kemtiklarni tuldirishga, 20-asr teatr tarixini kayta koʻrib chiqish, uni uzluksiz tarixiy jarayon sifatida qarashga daʼvat etdi. Tomosha sanʼati, bayramlar tarixini oʻrganish sezilarli darajada oʻsdi. 20-asr oʻzbek teatrini yaxlit holda tadqiq etishda M. Rahmonov, M. Krdirov, E. Muxtorov, M. Toʻlaxoʻjayeva, T. Islomov, M. Hamidova, S. Krdirova, D. Rahmatullayeva, Ye. Panova va boshqalarning ishlari eʼtiborli boʻldi. Ayniqsa, M. Rahmonovning 2000-yil Oʻzbek milliy akademik drama teatri tarixining 1-kitobi nashr qilinishi, M. Rahmonov, M. Toʻlaxoʻjayeva, E. Muxtorov tomonidan shu tarixning 2-kitobi nashrga tayyorlanishi T.da katta vokeadir. Shuningdek, L. Avdeyevaning "Bernora Qoriyeva" (1995), "Oʻzbek milliy raqsi tarixidan" (oʻzbek va rus tillarida, 2001), L. Avdeyeva, M. Qodirov, Yu. Ismatovalarning "Tanavor raqsi jilolari" (oʻzbek va rus tillarida, 2002), R. Karimovaning "Oʻzbek raqslari" (2003) kitoblari raqsshunoslikka muxim hissa boʻlib qoʻshildi.
Teatrshunoslar bevosita mustaqillik yillarida teatr sanʼatida yuz bergan uzgarishlarni, oqim va tendensiyalarni chuqur oʻrganish, istiqbolini belgilash ishiga ham muhim hissa qoʻshmoqdalar. Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti tomonidan chiqarilgan "Oʻzbekiston sanʼati (1991—2001)" tadqiqotidan teatr, raqs va sirk sanʼati oʻrin olgan. Ayniqsa, 2002-yil "Uzbekteatr" tomonidan nashr etilgan "Istiqlol va milliy teatr" toʻplami muhim voqeadir.
T. sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlarni yetishtirishda Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi aspirantura va doktarantura muhim oʻrin egallab kelmoqda. Hozirgi kunda (2004) respublikada T. fanining turli soxalarida 9 ta fan doktori, 30 ga yaqin fan nomzodi ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.
Muhsin Qodirov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |