Tegirmon — 1) un tegirmoni — donni yanchib unga aylantiradigan qurilma, inshoot. Ibtidoiy jamoa davridayoq paydo boʻlgan. Dastlab, dondun toshlar bilan qoʻlda yanchilgan. Keyinchalik oqar suv va shamol kuchi bilan ishlaydigan T.lar qurilgan. Oʻzbekiston hududida asosan suv tegirmonidan foydalanilgan. Suv tegirmoni doʻla, kosa, shaqildoq, tosh, gupchak, parrak, yogʻoch, xomma va boshqa qismlardan iborat. Novdan tushayotgan suv parrakka urilib, tegirmon toshini harakatga keltiradi. Tegirmon toshga tegib turadigan yogʻoch esa kosani tebratadi. Doʻladan tushayotgan don kosaning tebranishi natijasida tegirmontosh chuqurchasiga tushadi. Tosh aylanib donni ezadi, unga aylantirib, xommaga toʻplaydi. Xomma unga toʻlganda tegirmonchi T.ni toʻxtatib, unni boʻshatib oladi. Qadimda Oʻrta Osiyoda ulov qoʻshib ishlatiladigan T. va qoʻl T.laridan ham keng foydalanilgan. Suv va shamol T.lari hozir ham ayrim joylarda saqlanib qolgan. Oʻzbekiston hududida shamol T. yoʻq.

Rembrandt van Rijn

Bugʻ mashinasi ixtiro qilinganidan soʻngT. ancha takomillashdi. 19-asr boshida bugʻ dvigatelli T.lar paydo boʻldi. Hozir asosan elektr T.lar keng ishlatiladi. Bularda asosiy jarayonlar avtomatlashtirilgan. Jarayonlar dispetcherlik punktida turib boshqariladi. Bunda un pnevmatik qurilmalar vositasida qabul qilinadi. Don navlari boʻyicha elevatorda saqlanadi. Donni T.ga solishdan oldin tozalash boʻlimida tozalanadi, yuvish mashinalarida tuklari ajratiladi, donga ishlov berilib, konditsiyalanadi va alohida tayyorlangan don aralashtiriladi. Tozalangan va aralashtirilgan don un tortish boʻlimida unga aylanadi, tayyor un joʻnatish boʻlimida mashina bilan qoplarga solinadi va tortiladi. Isteʼmolchilarga un maxsus mashinalarda yetkazib beriladi. Un kombinatlaridagi ishlab chiqarish. jarayonlarida 30 ga yaqin mashina va jihozlar qatnashadi; 2) turli qattiq materiallar (tosh, marmar, ruda va boshqalar) ni maydalash uchun moʻljallangan mashina, qurilma. Materiallarni juda mayda (5 mm dan kichik) zarrachalarga aylantirishi bilan maydalagichdan farq qiladi. Ish organining shakli, turi va tezligiga qarab besh guruhga boʻlinadi: barabanli (sekin ishlaydigan sharli, sterjenli va boshqalar), rolikli (valikli, yugurdakli, halqali, friksionsharli, oʻrtacha tezlikda ishlaydigan), bolgʻali (tez ishlaydigan), tebranuvchi korpusli titrama (tez ishlaydigan), oqimli (tez ishlaydigan), barmokli va boshqa Barabanli T. foydali qazilmalarni boyitishda, sement ishlab chiqarish. da, kumirni kukunlashda, kimyo va metallurgiya sanoatida keng ishlatiladi. Bunda silindrik yoki silindrikkonus baraban aylanganda maydalaydigan jismlar (choʻyan yoki poʻlat sharlar, silindrchalar, dumalok, sterjenlar va boshqalar) erkin harakatlanib, markazdan qochma kuch taʼsirida materialni zarb bilan urib, ezib va sidirib maydalaydi. Rolikli T. yumshoq va oʻrtacha kattikligidagi materiallar (kumir, sement, xom ashyosi, fosforit, grafit, talk va boshqalar)ni kurukdayin maydalashda ishlatiladi. Uning ishi ezib maydalashga asoslangan. U germetik korpus va unda gorizontal aylanuvchi maydalaydigan halqadan iborat; halqaga ikkita rolik prujina bilan siqiladi. Material maydalaydigan halqaga keladi va aylanish davomida roliklar materialni ezib maydalaydi. Boltali T. yumshoq kumir, slanets, torfdan changsimon yokilgʻilar tayyorlashda ishlatiladi. T. kojuxida bolgʻalari sharnirli yoki bikr maxkamlangan rotor aylanadi. Material rotorga uzatilib, bolganing zarbi bilan maydalanadi. T.ga uzatilayotgan issiq havo materialni maydalanish vaqtida quritadi. Tayyor material havo oqimida oʻchoqqa uzatiladi.

Titrama (vibratsion) T. oʻrtacha qattiqlikdagi materiallarni 2 mm dan 0,06 mm gacha va undan ham mayda qilib maydalashda ishlatiladi. Mexanik vibrator (aylanuvchi muvozanatlashmagan yuk — debalans) taʼsirida baraban kichik radiusda tez (minutiga 3000 martagacha) doiraviy tebranadi. Barabanga yuklangan material sharlarga tez-tez urilishi natijasida maydalanadi. O qimli T. materiallarni juda mayda zarracha (0,001—0,05 mm) tarzida tuyish uchun ishlatiladi. Bunda maydalanadigan material bir oʻkda qaramaqarshi joylashgan ejektorlarga uzatiladi va ulardan chiqadigan siqilgan havo, oʻta qizdirilgan bugʻ yoki issiq gazlar yordamida katta tezlik (500 m/sek) bilan.maydalash kamerasiga keladi. Qaramaqarshi uchayotgan material zarralari bir-biriga urilib, madalanadi; maydalangan material kameradan klassifikatorga uzatiladi.

Materiallarni yuqori chastotali, elektr impulsli tok^bilan maydalaydigan elektrofizika usullari va boshqa usullar ham bor.