Tehron universitetiEronning birinchi va eng yirik oliy oʻquv yurti hamda ilmiy tadqiqot markazi. Universitet Tehron shahrida joylashgan. 1934-yilda tashkil etilgan. Adabiyot va gumanitar fanlar, qishloq xoʻjaligi, stomatologiya, nafis sanʼat, huquq, tibbiyot, farmatsevtika, tabiiy fanlar, texnologiya, teologiya, veterinariya tibbiyoti, oʻrmon xoʻjaligi, pedagogika, iqtisodiyot va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, kutubxonalari (400 mingga yaqin asar) bor. 25 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.

Tehron universiteti
دانشگاه تهران

Biznes va iqtisod fakulteti binosi
Shiori میاسای ز آموختن یک زمان
«Taʼlim olishni bir daqiqaga qoldirma»
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 1934
Rektori Farhod Rahbar
Manzili
Veb-sayti http://www.ut.ac.ir

Havolalar

tahrir