Telegram Open Network
TON (The Open Network) – bu uchinchi avlod blokcheyn-platformasi hisoblanadi. TON konsepsiyasini Pavel va Nikolay Durov yaratdilar va 2018-yilda jamoa bilan birgalikda ishlab chiqishga kirishdilar. TON yashin tezligida tranzaktsiyalar uchun mo'ljallangan. Bu juda arzon, foydalanuvchilar uchun qulay va toʻliq ishlaydi.
Afsuski, 2020-yil may oyida Pavel loyiha ustida ish toʻxtatilishini e'lon qildi.
Toncoin jamoasining maqsadi — barcha mavjud blokcheynlarni yangi yagona tarmoqqa birlashtirish. Jamoa TON ekotizimini markazlashtirilmagan holda saqlash, anonim tarmoq, tezkor to'lovlar va qulay xizmatlarga ega haqiqiy Web 3.0 internetga aylantirmoqchi.
Ekotizim elementlari:
tahrirTON Blockchain
Bu millionlab tranzaksiyalarni bir necha soniyada qayta ishlashga qodir bo'lgan kengaytiriladigan multiblokcheyn platformasi.
— TON Services
Uchinchi tomon xizmatlari uchun platforma. Markazlashtirilmagan ilovalar va aqlli shartnomalar uchun intuitiv ravishda tushunarli interfeyslarni yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, markazlashtirilmagan tarzda veb-sahifalarni ko'rish imkonini ham beradi.
Toʻliq tayyor boʻlmagan ekotizim elementlari
tahrir— TON Payments (90% tayyor) Bu mikro toʻlov platformasi. Foydalanuvchilar va botlar oʻrtasida toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Nafaqat blokcheyn tarmogʻida, balki har qanday uchinchi tomon xizmatlari oʻrtasida ham foydalanish mumkin boʻladi. Bu o'tkazmalar tarmoq ichidagi oʻtkazmalar kabi xavfsizdir.
— TON DNS (90% tayyor)TON DNS blokcheynni sodda va tushunarli qiladi: u hamma uchun tanish boʻlgan nomlarni akkauntlarga, aqlli shartnomalarga, xizmatlarga va tarmoq tugunlariga bogʻlashga yordam beradi. Blokcheyn bilan ishlash, internetda sayr qilish kabi oson bo'ladi.
— TON Proxy (75% tayyor)
Bu I2P tarmog'iga o'xshash TON tugunlari uchun universal ma'lumotlarni shifrlash qobigʻidir. Bu onlayn maxfiylik uchun markazlashtirilmagan VPN va TON xizmatlarini ishlab chiqish imkonini beradi. TON DNS va TON P2P ekotizimining elementlari bilan birlashtirilgan TON Proxy markazlashtirilmagan ilovalarga markazlashgan senzuradan oʻzlarini abadiy himoya qilishga imkon beradi.
— TON Storage (50% tayyor)
P2P tarmogʻida tarqatilgan fayllarni saqlash texnologiyasi. Oddiy qilib aytganda — sizning qarshingizda "Dropbox"ning eng yaxshi versiyasi. "Torrent" kabi texnologiya. Katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va uzatish imkonini beradi. Texnologiya ulkan salohiyatga ega.
— TON Workchains (50% tayyor)
Barcha mavjud blokcheynlar bir-biriga juda zaif bogʻlangan. Hatto mashhur koʻpriklar ham qoyil qoldiradigan darajada emas. Ular hosildorlik va markazsizlashtirish nuqtai nazaridan ham zaifdir. “TON Workchain”larining vazifasi - barcha blokcheynlarni yagona tarmoqqa birlashtirishdir.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |