Teleologiya
Teleologiya (lOH.talos — oqibat, maqsad va ...logiya) — maqsad va maqsadga muvofiqlik haqidagi taʼlimot. Bu taʼlimot tabiat hodisa va jarayonlariga maqsadlar (maqsadga muvofiqlik yoki biror maqsadga yoʻnalish qobiliyati)ni sabab qilib koʻrsatadi, bu maqsadlar xudo tomonidan belgilanadi (X. Volf) yoki tabiatning ichki sabablari hisoblanadi (Aristotel, G. Leybnits) deb biladi. Teleologik xarakterdagi konsepsiyalar orasidagi farqlardan qatʼi nazar, ularning hammasiga tabiat va jamiyat jarayonlarini antropomorfizm ruhida tushunish, yaʼni ularni ham odam faoliyati kabi qandaydir oldindan belgilab qoʻyilgan maqsad, moʻljalga muvofiq boʻladi, deb tasavvur qilish xosdir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |