Teleprinter (ing. teletype, TTY) — oddiy elektr kanali (odatda bir juft sim) orqali ikki abonent oʻrtasida matnli xabarlarni uzatish uchun qoʻllaniladigan elektromexanik bosib chiqarish mashinasi.

Ikkinchi jahon urushi teletayp

Eng ilgʻor teleprinterlar toʻliq elektron qurilmalar boʻlib, printer oʻrnida displeydan foydalanadi.

Aksariyat teleprinterlarda 5-bitli Bodo kodidan (ITA2 nomi bilan ham tanilgan) foydalanilgan, bu kod ishlatiladigan belgilar sonini 32 tagacha cheklagan. Biroq, unga boshqaruv belgilari kiritsa, axborot tarkibini oshirish osonlashadi. Masalan, SSSRda belgilar soni 79 ta boʻlgan.

Tarixi

tahrir

Teleprinterlarning rivojlanishi Pavel Shilling, Boris Yakobi[1], Royal Xaus (ing.)rus., Devid Xyuz, Edvard Klyaynshmidt (ing.)rus., Charlz Kram (ing.)rus., Emil Bodo va Frederik Krid (ing.)rus.kabi muhandislarning bir qator ixtirolari bilan bogʻliq.

1870-yillarda teleprinter uskunasi yaratilgunga qadar, matnni joʻnatishda yozuvlar simlar orqali uzatiladigan tiker mashinalaridan foydalanilgan. Birja maʼlumotlarini telegraf simlari orqali tiker mashinasiga yuborish uchun maxsus ishlab chiqilgan telegraf mashinasi ishlatilgan.

Qoʻllanilishi

tahrir

„Teleks“ (ing.)(rus.„Set Telek“s, Telex network) global tarmogʻi 1920-yillarda yaratilgan va 20-asrning aksariyat qismida biznes aloqalarda ishlatilgan. Tarmoq hanuzgacha baʼzi mamlakatlar tomonidan logistika, yangiliklar, banklararo hisob-kitoblar, quruqlikdagi aviatsiya aloqalari va harbiy qoʻmondonlik kabi sohalarda foydalaniladi. 1970-yillarning boshlariga qadar „qaynoq liniya“ deb nomlanuvchi teleprinterlar yordamida AQSh prezidenti va SSSR rahbariyati oʻrtasida xabarlar almashilgan. Hisoblash texnologiyalari taraqqiyot davrining dastlabki bosqichida baʼzi kompyuterlar (masalan, LGP-30) axborotni kiritish va chiqarish uchun teleprinterlardan foydalangan. Birinchi interaktiv kompyuter terminallari sifatida ham teleprinterlardan foydalanilgan. Ularda video displeylarning yoʻqligi sababli foydalanuvchilar maxsus belgi — maʼlumot kiritish taklifini olgandan soʻng buyruqlarni yozishi kerak boʻlgan. Matn terminallari, topshiriq va buyruqlar interfeysi va hatto maʼlumotlar qatori, matn koʻrinishidagi maʼlumotlar umuman matnli fayllar shu tariqa paydo boʻlgan.

1990-yillarning oʻrtalarida garchi radio havaskorlari hali ham zamonaviy kompyuterlar, planshet va smartfonlarda zarur dasturiy taʼminot sifatida 1940-1950-yillarda ishlab chiqarilgan teleprinterlardan foydalanishiga qaramay mazkur uskunaning mashhurligi keskin pasayib ketdi.

Yangilik va xabarlarni oʻz ichiga olgan matnlarni masofadan uzatishda alohida ajratilgan sim juftlarini talab qiladigan teleprinterlar zamonaviy taraqqiyot davrida faks, shaxsiy kompyuterlar, yuqori tezlikdagi tarmoqlar va Internet bilan almashtirildi.

Chaqiruv belgisi Chastota Tezlik/siljish
DDH47[de] 147.3 kHz 50 baud/85 Hz
DDK2 4583 kHz 50 baud/450 Hz
DDH7 7646 kHz 50 baud/450 Hz
DDK9 10100.8 kHz 50 baud/450 Hz
DDH9 11039 kHz 50 baud/450 Hz
DDH8 14467.3 kHz 50 baud/450 Hz
  • HTML elementi oʻz nomini teleprinter soʻzidan olgan; ushbu element ichidagi matn bir boʻshliqli shriftda koʻrsatiladi.
  • UNIX tizimlarida koʻplab ketma-ket qurilmalar teletprinter terminallari deb ataladi (tegishli qurilmalar /dev/ttyXX deb ataladi)[2].

Ommaviy madaniyatda teleprinterlardan foydalanish

tahrir
  • „All the Presidentʼs Men“ (1976) filmining soʻnggi kadrida teleprinter mashinkasida Uotergeyt ishining borishi haqidagi yangiliklar chop etilayotgani koʻrsatilgan.
  • „The Spy Who Loved Me“ (1977) filmida teleprinterlar suv osti va yer usti kemasi oʻrtasida aloqa oʻrnatish uchun ishlatiladi.
  • „Red Heat“ (1988) filmida jinoyatchilarda yoʻnalishlarni chop etadigan teleprinter mashinasi boʻlgan.
  • „He Died With A Felafel In His Hand“ (2001) filmida esa bosh qahramon teleprinter qogʻozini qidiradi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
  • Teleprinter (Teletayp) — maʼlumot Katta sovet ensiklopediyasidan olindi..
  • Fldigi — Digital modem program for Linux, Free-BSD, OS X, Windows XP, NT, W2K, Vista and Win7 (eng) — Позволяет принимать телетайп из радио эфира