Telefilm
(Televizion filmdan yoʻnaltirildi)
Telefilm yoki televizion film — televideniye uchun moʻljallab ishlangan film hamda ekran sanʼatining bir turi. Asosan, televideniye bazasida yaratiladi. Hujjatli, badiiy, musiqiy, ilmiy-ommabop, manzarali, tarixiy boʻladi. Toʻliq va qisqa metrajli filmlar ishlanadi. Katta filmdan koʻp qismli telefilm va teleseriallar yaratishi bilan farqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |