Tellur / Tellurium (Te)
Atom raqami 52
Koʻrinishi Oq-kumush rangli moʻrt metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
127,6 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 160 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
869,0 (9,01) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d10 5s2 5p4
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 136 pm
Ion radiusi (+6e) 56 211 (-2e) pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
2,1
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 6, 4, 2
Termodinamik xossalari
Zichlik 6,24 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,201 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 14,3 Vt/(m·K)
Erish harorati 722,7 K
Erish issiqligi 17,91 kJ/mol
Qaynash harorati 1 263 K
Qaynash issiqligi 49,8 kJ/mol
Molyar hajm 20,5 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 4,450 Å
Panjara/atom nisbati 1,330
Debye harorati n/a K
52
Tellur
Te
127,60
4d105s25p4

Tellur (Tellurium), Te — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 52; atom massasi 127,60. Tellur 8 ta barkaror (massa sonlari 120, 122, 123, 124, 125, 126, 128, 130 boʻlgan) izotopdan iborat. Bulardan |28Te (31,79%) va 130Te (34,48%) keng tarkalgan. Uning bir necha sunʼiy radioaktiv izotopi olingan. Ulardan |27Te va |29Te nishonli atomlar holida ishlatiladi.

Tellur ni dastlab 1782-yilda vengriyalik kon muhandisi Tellur Myuller fon Reyxshteyn oltinli rudani tekshirish natijasida kashf etgan. Nemis olimi Tellur Klaprot 1798-yilda Myuller kashfiyotining toʻgʻriligini tasdiqladi va yangi elementga Yerni sharaflab "Tellur" (lot. tellus — Yer) nomini berdi. Tellur tarqoq element. Yer poʻstining massa jihatidan ~110~7% ini tashkil etadi. Tellur tabiatda ogʻir metallarning sulfidli rudalari tarkibida va mustaqil minerallari — kalaverit AiTe2, krennerit (Ai, Ag)Te2, geye sit Ag2Te, tetradimit Bi2Te2S, tellur vismutit Bi2Te3 va boshqa holida uchraydi.

Tellur oqishkulrang, metallday yaltiroq, moʻrt kristall modda; zichligi 6,25 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 450°, qaynash temperaturasi 990°. Tellur yarim oʻtkazgich xossasiga ega. Odatdagi sharoitda Tellurga havo xam, kislorod ham taʼsir etmaydi; lekin Tellur kislorodsa qizdirilganda zangori tusda yonib, TeO2 ga aylanadi. Tellur —2, Q4 va Q6 valentli. Tellur bilan galogenlar orasida odatdagi sharoitda (yod bilan suv ishtirokida) birikish reaksiyasi boradi. Tellur qizdirilganida metallar bilan reaksiyaga kirishib, telluridlar hosil boʻladi. 100— 160° da suv bilan reaksiyaga kirishib, vodorod va TeO2 xreil qiladi. Vodorod bilan bevosita birikmaydi; uning gidridi N2Te rux telluridga kislota taʼsir etishidan hrsil boʻladi. Konsentrlangan sulfat kislota Tellur bilan TeSO3 tarkibli (90° da parchalanadigan) modda hosil qiladi. Tellur ishqorlarda sekin, zar suvida yaxshi eriydi. TeO2 — tellurit kislota angidridi, TeO3 esa tellurat kislota angidrididir. Tellurning organik birikmalari ham maʼlum. Tellur va uning birikmalari (ayniqsa, N2Te) nihoyatda zaharli. Tellur metall sulfidlarni qayta ishlashda va elektroliz yoʻli bilan oltin, kumush, mis olishda "anod balchiq" tarkibida yonaki mahsulot sifatida xreil boʻladi. Tarkibida Tellur va selen boʻlgan rudalarni qayta ishlash yoʻli bilan Tellur va selenning eruvchan birikmalari xreil qilinadi. Eritma orqali sulfit angidrid SO2 oʻtkazilsa, selen va Tellur choʻkmaga tushadi. Hosil qilingan erkin Tellurdan qayta suyuqlantirish vakuumda haydash yoki zonalar boʻylab suyukdantirish yoʻli bilan sof Tellur olinadi.

Tellur selenga nisbatan kam ishlatiladi. Sanoatda olinadigan Tellurning asosiy qismi telluridlar sintez qilish va yarim oʻtkazgichlar uchun sarflanadi. Tellurli materiallardan mikroelektronika uchun kerakli yarim oʻtkazgich pardalar tayyorlanadi. Vismut va surma telluridlar termoelektr generatorlar uchun zaruriy materiallardir. Kadmiy tellurid (CdTe) quyosh batareyalari, lazerlari, radioaktiv nurlanish hisoblagichlari tayyorlashda qoʻllanadi. Tellurning oʻzi rezina va shisha sanoatida ishlatiladi. Metallurgiyada mexanik xossalarni yaxshilovchi legirlovchi qoʻshimcha sifatida (asosan, qoʻrgʻoshinga) qoʻllanadi. Natriy va kaliy telluritlardan mikrobiologiyada va difteriya diagnostikasida boʻyoq modda sifatida foydalaniladi. Tellur oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida doim boʻladi, lekin uning biologik roli toʻliq oʻrganilmagan. Odam bir kechakunduzda ovkat va suv orqali 0,6 mg ga yaqin Tellur oladi. Oʻsimliklar uchun oʻrtacha, sut emizuvchilar uchun juda zaharli. Tellur ishlab chiqarish. da undan zaharlanish mumkin. Tellurdan zaharlanganda titroq bosadi, bosh ogʻriydi, darmonsizlanadi, tomir urishi susayadi, ishtaha yoʻqoladi, koʻngil ayniydi, til qorayadi, nafas siqiladi, soch toʻkiladi. Kasbiy zaharlanishga qarshi kurashish tadbirlari — mehnat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish, terini himoya qilish vositalaridan foydalanish.

Tellur - unsurlar davriy jadvalining 52 unsuri, metall.