Temir daftar
Temir daftar— ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar hamda alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etish, muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi[1].
„Temir daftar“ aholini kambag‘allikdan chiqarish, buning uchun ular bilan manzilli va maqsadli ish olib borish yo‘lida quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi[2][3]:
- kam ta’minlangan oila, deb e’tirof etilgan oilalar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
- kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
- boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
- ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
- mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
- tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud etarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);
- noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.
„Temir daftar“ga kiritilgan olilalarning ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan oilalarning barcha masalalari to‘liq hal etilgandan so‘ng yoki qarorda belgilangan bandlarga asosan ushu bazadan chiqarish uchun asos bo‘ladi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.04.2021 yildagi 250-son
- ↑ “Temir daftar” nima?
- ↑ «Temir daftar» ma'lumotlari elektron bazaga kiritilyapti – vazirlik
- ↑ “Temir daftar” nima?
Havolalar
tahrir- “Temir daftar”ga qanday toifadagi oilalar kiritiladi? (Wayback Machine saytida 2022-08-31 sanasida arxivlangan)
- “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar (Wayback Machine saytida 2022-08-31 sanasida arxivlangan)