Temir oksidlari
Temir oksidlari - temirning kislorod bilan birikmalari: temir (II)oksid — FeO, temir (III)oksid — F2O3 va temir (II, Sh)oksid — Gʻe3O4. Temir oksidlari temirning oksidlanishidan hosil boʻladi (qarang Temir). Tabiiy Temir oksidlari (gematit Gʻe2O3, magnitit Gʻe3O4 minerallari) temir olish uchun xom ashyo hisoblanadi (qarang Temirrudalari]]). Temir oksidlari pigment (temirli surik) sifatida ishlatiladi; ferromagnit Temir oksidlari (Gʻe3O4, u— Gʻe2O3) magnit materiallar ishlab chiqarish.da qoʻllanadi. Temir oksidlaridan tashqari temir gidroksidlari ham maʼlum. Temir (P)gidr oksid Gʻe(ON)2 — 2 valentli temirning tuzlariga ishqorlar taʼsir ettirilganda hosil boʻladi; tezda oksidlanib, GʻeO(ON)ga aylanadi. Suvda erimaydi, kislotalar va ishqorlarda eriydi. Te mir (Ill)r i droke id Gʻe(ON)3 — qizgʻishjigarrang modda, kucheiz asos, amfoter. Ishqorlar bilan qoʻshib suyuklantirilsa, f ye r ritlar deb nomlanadigan tuzlar, mas., NaFeO2 hosil boʻladi. Gʻe(ON)3 gazlarni tozalashda yutuvchi massa komponenti, organik sintezda katalizator sifatida qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |