Tempera
Tempera (italyancha: „tempera“ — boʻyoqni aralashtirmoq) — 1) boʻyoq moddasi va bogʻlovchi moddasi suvli emulsiya va tuxum sarigʻidan tarkib topgan boʻyoq. Bogʻlovchi moddalar tarkibiga qarab sariq tempera (tuxum sarigʻi qoʻshilgan), oq tempera (tuxum oqi qoʻshilgan), kazeinli tempera va boshqa turlari bor. Sanoat usulida katta va kichik tyubiklarda ishlab chiqariladi;
2) Tempera boʻyoqlari yordamida yaratiladigan rangtasvir turi; monumental va dastgoh sanʼatida keng qoʻllanadi. Temperada yaratilayotgan asarlar sirti lok bilan qoplanmaydi, shuning uchun ular mayin jilosiz sirtga ega. Tempera asarlarida rang va rang tuslari tashqi taʼsirga chidamli, oʻzining dastlabki sifatini moyboʻyoq rassomligiga nisbatan uzoq vaqt saqlaydi. Temperani akvarel va guash bilan qoʻshib ishlatish mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |