Temperatsiya (lotincha temperatio-toʻgʻri nisbat, mutanosiblik) — musiqa tovushqatori pogʻonalari orasidagi intervallar nisbatlarini tekislash. Tovushlarning baland pastlik munosabatlarini qisman oʻzgartirish bilan temperatsiyaga erishiladi. XVI XVIII asrlardagi koʻp ovozli musiqa janrlari rivoji natijasida hozirgi 12 pogonali teng oʻlchovli temperatsiya yuzaga keldi (M. Mersenn, A. Verkmeyster, I. Neydxart va boshqalar). Mazkur temperatsiyadan ilk bor I.S. Bax oʻzining "Yaxshi temperatsiyalangan klavir" (1722-1744-yil) va "Fuga sanʼati" (1750-yil) turkumlarida, keyinchalik P. Xindemit "Tonalliklar oʻyini" (1940-yil) va boshqa, Oʻzbekistonda G. Mushel ham "24 ta prelyudiya va fuga" (1975-yil) kabi asarlarida yuksak badiiy darajada foydalanishgan.