Temur Po‘latov (1939-yil 22-iyun; Buxoro, O'zbekiston SSR) — yozuvchi, jurnalist, munaqqid, publitsist. 1989-yildan O‘zbekiston SSR hamda Tojikiston xalq yozuvchisi. Sayot-Nova (Armaniston), Vaja Psheval (Gruziya) adabiyot muokofotlari laureati[1]. Temur Poʻlatov, shuningdek, Sholoxov nomidagi xalqaro mukofot sohibi. Rossiya Prezidenti Yelsin tomonidan adabiy faoliyati uchun 1996-yil „Xalqlar do‘stligi“ ordeni bilan taqdirlangan. 1998-yil Monarx uyi yetakchisi knyaz Bugayev Timur Po‘latovga maxsus graflik unvonini bergan[2].

Temur Poʻlatov
Tavalludi 22-iyun 1939-yil (1939-06-22) (85 yosh)
Kasbi 1964-yildan bugunga qadar
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Janr Roman
Povest
Shoh asari

"Taroziy toshbaqasi"
„Buxoro xonadonining kechmishlari“

„Dushan qaysarning ko‘rgan-kechirganlari“
Mukofotlari

Vaja Psheval (Gruziya)
Sayot-Nova (Armaniston)
Sholoxov nomidagi xalqaro mukofot

 — Xalqlar doʻstligi ordeni

Hayoti va ijodiy faoliyati

tahrir

Temur Poʻlatov 1939-yil Buxoroda tug‘ilgan. Buxoro Davlat pedagogika institutida tahsil olgan (1963). Moskvadagi kinostsenariyoliy kursida tahsil olgan (1967). „O‘zbekfilm“ kinostudiyasi muharriri sifatida faoliyat olib borgan[3]. Temur Poʻlatov bir qancha badiiy filmlarning ssenariysi muallifi boʻlgan. Temur Po‘latov tomonidan yozilgan „Qo‘mondonning qaytishi“ nomli qissa asosida 1968-yil rejissyor D. Salimov „Bu kelishgan yigit“ va 1972-yil rejissyor E. Xachaturov, „G‘oyibning so‘nggi sayohatlari“ nomli shunday nomdagi Poʻlatov qissasi asosida film suratga olgan.

Dastlab yozuvchining ilk qissasi „Ne xodi po obochine“ 1964-yil „Zvezda Vostoka“ jurnalida chop etilgan[3]. 1968-yil Temur Po‘latov SSSR Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi boʻlgan. Temur Po‘latov rus ilida yozadigan o‘zbek yozuvchilaridan bo‘lganligi sababli asar, qissa va romanlari Toshkent hamda Moskvada rus va o‘zbek tillarida nashr etib kelinadi. Temur Poʻlatov 1986-yilda yaratgan qissalari va romani uchun Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, unga 1989-yilda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi unvoni berilgan[3][4].

1991-yildan SSSR Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi etib saylangan. SSSR Yozuvchilar uyushmasi 1992-yildan boshlab Rossiya va MDH mamlakatlarining Xalqaro Yozuvchilar Uyushmalari Jamiyatiga o‘zgartirilgach, Temur Po‘latov sobiq SSSR hududlariga qarashli ushbu xalqaro tashkilotda Ijroiya qo‘mitaning birinchi kotibi sifatida faoliyat olib borgan. Poʻlatov 1994-yildan soʻng 6 yil davomida Xalqaro Yozuvchilar Uyushmasiga rahbarlik qilgan. Tashkilot sobiq sovet respublikalari orasida adabiy faoliyatni tashkil etish maqsadida faoliyat koʻrsatgan. Shu davr mobaynida milliy respublikalarda ijod qilgan yozuvchi va shoirlarning 200 yaqin sheʼriy va nasriy asarlar chop etila boshlangan. Rossiya va MDH mamlakatlari yozuvchilarining eng mashhur asarlari uchun A. Platonov, Boris Pasternak, Alisher Navoiy, Umar Xayyom, S. Vurgun va boshqa shu kabi milliy mukofotlar, MDH, Osiyo va Afrika davlatlari yozuvchilari uchun „Lotus“ xalqaro adabiy mukofoti joriy etilgan. 1998-yildan boshlab rus tilida Hamdo‘stlik mamlakatlari yozuvchilari asarlari asosida yuritiladigan „Adabiy Yevroosiyo“ gazetasi nashr etila boshlangan. 90-yillarning boshlarida to‘xtab qolgan xalqaro adabiy aloqalar Germaniya, Bolgariya, Slovakiya, Chexiya, Xitoy kabi mamlakatlar bilan qayta yoʻlga qoʻyilgan[2].

1996-yilda „Zamonaviy yozuvchi“ nashriyoti tomonidan Temur Poʻlatovning uch tomlik sara asari nashr etilgan. 1999-yilga kelib yana shu nashriyot Poʻlatovning maqolalarini, Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Gruziya, Checheniston Respublikasining yozuvchilari va adabiyotshunoslarining uning ijodi haqda bildirgan fikrlari, shuningdek, xorijiy OAVlarda yozuvchining ijodi borasida chiqqan xabarlarni jamlagan 4-tomni nashrga chiqargan[1].

2000-yilda Timur Po‘latov Xalqaro Yozuvchilar Uyushmalari Jamiyati raisi vazifasini bajarishdan bosh tortgan. Poʻlatov raislikdan ketgach, ijod qiishga qaytgan. Yozuvchining mashhur asari „Taroziy toshbaqasi“ sanaladi.

Sarguzasht qissalari

tahrir
  • „Bo‘lak manzilgohlar“
  • „Bolalar xori“
  • „Dushan qaysarning ko‘rgan-kechirganlari“

Epik polotnolari

tahrir
  • „Buxoro xonadonining kechmishlari“
  • „Mulk“
  • „Kunda-shunda“
  • „Gʻoyibning ikkinchi safari“
  • „Yetti huzur-halovat va qirq qaygʻu alam“
  • „Gʻoyibning qaytishi“
  • „Taroziy toshbaqasi“

Maqolalari nashr etiladigan oynomalari

tahrir
  • „Sharq yulduzi“
  • „Zvezda Vostoka“
  • „Literaturnoe obozrenie“
  • „Drujba narodov“

Temur Poʻlatovning koʻp maqolalari tabiat muhofazasiga, xususan Orolga oiddir. U ayni chogʻda o‘zbek adiblari asarlarini rus tiliga, rus tilidagi adabiyotlarni oʻzbek tiliga tarjima qilishda ham faoliyat koʻrsatmoqda.

Qissalari

tahrir
  • „Mulk“
  • „Gʻoyibning ikkinchi safari“
  • „Kunda-shunda“

Romani

tahrir

Oilasi

tahrir

Temur Poʻlatov 1991-yildan bugunga qadar Moskva shahrida yashab keladi. Oilali, farzand va nevaralari bor.

Manbala

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Po‘latov Temur Isxakovich“. 2023-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-aprel.
  2. 2,0 2,1 „Po‘latov Temur Isxakovich“. 2023-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-aprel.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Temur Po‘latov (1939)“. 2023-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-aprel.
  4. Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: "Fan", 1993

Havolalar

tahrir