Tenge Bank (Oʻzbekiston)
Tenge bank — Oʻzbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi bank. Zamonaviy texnologiyaga ega bank hisoblanadi, korporativ va chakana mijozlarga xizmatlar koʻrsatadi[1].
Tenge Bank | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | AJ |
Asos solingan | 2019-yil 18-may |
Boyligi | |
Aktivlari | 400 mln AQSh dollar |
Sof foydasi | 60.2 mlrd. so'm (2021) |
Bosh kompaniyasi | Qozog'iston Xalq banki |
Boshqaruvchi jamiyati | Ayupov Talgat, CFA |
Sayti | https://tengebank.uz/uz |
Tarixi
tahrir2019-yil 18-may kunida ATB „Tenge Bank“ faoliyati uchun Oʻzbekiston Markaziy bankidan litsenziya oldi. 10-iyulda mijozlarga xizmat koʻrsatishni boshladi. Avgust oyida esa Halyk xalqora guruhi Gruziya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgiziston va Rossiyadagi shoʻba korxonalarning rahbariyati, boʻlinmalari, fililar rahbarlari uchrashuv oʻtkazib Toshkentda oʻz imkoniyatlarini koʻrsatdi. 2020-yilning 28-aprelida bank ustav kapitalini qoʻshimcha oshirdi.
Reyting
tahrirMoody’s Investors Service[2]
- Kreditni toʻlashga qodirlikning toʻgʻirlangan asosiy bahosi, ba3
- Kreditni toʻlashga qodirlikning asosiy bahosi, b3
- Kontragent riskining muddatidan oldingi bahosi, Ba2 (cr)/NP (cr)
- Kontragent riskining muddatidan oldingi reytingi (milliy valyutada), Ba2/NP
- Kontragent riskining muddatidan oldingi reytingi (chet el valyutasida), Ba3/NP
- Muddatidan oldin bank omonatlari (milliy valyutada), Ba3, bashorat „barqaror“
- Muddatidan oldin bank omonatlari (chet el valyutada), B1, bashorat „ijobiy“
- Kontragent riskining qisqa muddatli bahosi, NP (cr)
- Kontragent riskining qisqa muddatli reytingi, NP
- Qisqa muddatli bank omonatlari, Ba3/NP
Aksiyadorlar
tahrirBank „Qozogʻiston Xalq banki“ OAJ (Halyk Bank) ning 100 foizli shoʻba korxonasi hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Bank tog'risida ma'lumot“ (17-fevral).
- ↑ „Агентство Moody’s повысило рейтинги АКБ «Tenge Bank»“ (10.6.2021 | 16:00).