Teofilo Cubillas
Teofilo Juan Cubillas Arizaga (ispancha: Teófilo Juan Cubillas Arizaga)—perulik futbolchi,yarim himoyachi.1975-yilgi Amerika kubogi[1] gʻolibi va 1970,1978 va 1982-yillardagi Jahon chempionati ishtirokchisi.Peruning XX-asrdagi eng yaxshi futbolchisi[2],1972-yil Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi[3],Peru terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar, uchta jahon chempionatida oʻynagan yagona perulik.
Tarjimai holi
tahrirCubillas-Jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri (7-oʻrin)-ikkita musobaqada (1970 va 1978), futbolchi har birida 5 tadan 10 ta gol urgan (xuddi shunday ikkita musobaqada bir xil natijani Miroslav Kloze va Tomas Myuller hisobida bor), shuningdek 1982-yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan.1975-yil Amerika Kubogi gʻolibi.1972-yil Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi.
Ikki marta (1966,1971) Cubillas Peru chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻldi.1977 va 1978-yillar Peru chempioni."Lima Alliances" klubi tarixida eng yaxshi toʻpurar (295 gol) va Peru terma jamoasi (117 oʻyinda 45 gol, rasman — 81 oʻyinda 26 gol) tarixidagi eng yaxshi toʻpurar. FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.IFFHS talqiniga koʻra Janubiy Amerikada XX-asrning eng yaxshi futbolchilari orasida 48-oʻrin va XX-asrning eng yaxshi futbolchilari orasida 17-oʻrinni egallagan.
1985-yilda Cubillas futbolchi sifatida nafaqaga chiqdi, ammo 1987-yil dekabr oyida butun „Lima Alliances“ jamoasi aviahalokatga uchragach, u oʻzining jonajon klubiga yordam berish uchun bir muncha vaqt oʻz futbolchilik faoliyatini davom ettirdi.
Terma jamoada
tahrirTeofilo Cubillas Peru terma jamoasidagi debyutini 1968-yilning 17-iyulida Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi va peruliklar 0:4 hisobida magʻlub boʻldi.1970-yilda Cubillas oʻzining birinchi Jahon chempionatida ishtirok etdi, u yerda toʻrtta oʻyinda ishtirok etdi va beshta gol urdi.Bu unga chempionatning uchinchi toʻpurari va musobaqaning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlishga imkon berdi.1975-yilda Cubillas oʻz jamoasi bilan Amerika kubogi gʻolibligiga erishdi.1978-yilda CubilLas ikkinchi jahon chempionatida ishtirok etdi, u yerda oltita oʻyinda ishtirok etdi va yana beshta gol urdi.1982-yilda Cubillas oʻzining uchinchi va oxirgi jahon chempionatiga yoʻl oldi, u yerda u oʻz milliy jamoasining uchta oʻyinida ham ishtirok etdi, ammo gol ura olmadi.1982-yil 22-iyunda Polshaga qarshi oʻyinda peruliklar 1:5 hisobida magʻlub boʻlishdi.Bu oʻyin Cubillas uchun terma jamoadagi oxirgi oʻyin edi.Hammasi boʻlib Teofilo Cubillas terma jamoa safida 81 ta rasmiy oʻyin oʻtkazib,26 ta gol urgan[4].Cubillas terma jamoa safida ham 36 norasmiy oʻyin oʻtkazib,19 ta gol urgan.
Yutuqlar
tahrirJamoaviy
tahrir- Peru terma jamoasida
- Amerika kubogi sohibi-1975
- Peru chempioni-1977,1978
- Peru chempionatining kumush medali sovrindori-1971
- Peru chempionatining bronza medali sovrindori-1966, 1967,1968
- "Portu"
- Portugaliya chempionati kumush medal sovrindori-1975
- Portugaliya chempionatining bronza medali sovrindori-1977
- Portugaliya kubogi sohibi-1977
Shaxsiy
tahrir- Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi-1972[5]
- Amerika kubogida yilning eng yaxshi futbolchisi-1975
- Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi nomzodi-1971,1975,1977,1978
- Jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi-1970
- IFFHS talqiniga koʻra Peruning XX-asrdagi eng yaxshi futbolchisi
- IFFHS talqiniga ko'ra XX-asrning eng yaxshi futbolchilari ro'yxatida 48-oʻrin[6]
- IFFHS talqiniga ko'ra XX-asrda Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchilari ro'yxatida 17-oʻrin[7]
- Libertadores kubogining eng yaxshi toʻpurari-1972 (6 gol)
- Peru chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1966 (19 gol),1970 (22 gol)
- Peru terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar-26 ta gol
- Peru chempionati tarixida eng yaxshi to'purarlar ichida 8-oʻrin-152 gol
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan[8]
- Uchta jahon chempionatida qatnashgan yagona perulik
- Jahon chempionatidagi gollar soni boʻyicha Peru terma jamoasining rekordchisi-10 ta gol
Manbalar
tahrir- ↑ „Copa América 1975“. 2009-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-mart.
- ↑ „IFFHS' Players and Keepers of the Century for many countries“. 2016-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-mart.
- ↑ „Copa América Best Players“. 2010-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-mart.
- ↑ „rsssf.com“. 2008-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-dekabr.
- ↑ „South American Player of the Year 1972“. 2011-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-mart.
- ↑ „World — Player of the Century“. 2018-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-mart.
- ↑ „South America — Player of the Century“. 2018-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-mart.
- ↑ „FIFA 100“. 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-mart.
Havolalar
tahrir- Profil na sayte FIFA.com (angl.)
- Profil igroka na worldfootball.net(olm.)
- Statistika matchey za sbornuyu Peru na sayte rsssf.com
- Ofitsialniy sayt Kubilyasa
- Biografiya
- Luchshiy futbolist Peru
- Statya na planetworldcup.com