Teosofiya
Teosofiya (yun. theos — xudo va sophia — donishmandlik, bilim) — keng maʼnoda — eng zoʻr ilohiy sirlarni ochishga daʼvo qiluvchi har qanday diniy taʼlimot. Shaklsiz, yagona, hamma narsani qamrab oluvchi xudo haqidagi, barcha narsalarning ilohiy mohiyati haqidagi tasavvurlar T.ning nazariy asosini tashkil etadi. Gʻayritabiiy va narigi dunyodagi kuchlar bilan bevosita aloqa bogʻlash mumkinligini tan olish T.ni spiritizm va okkultizma olib boradi. Tor maʼnoda — rus yozuvchisi Ye.P. Blavatskaya (1831—91) va uning tarafdorlarining liniy taʼlimoti boʻlib, unda buddizm va boshqa sharq taʼlimotlaridagi mistika okkultizm va noortodoksal xristianlik elementlari bilan qoʻshilib ketgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |