Teriodontlar (Theriodontia) -qirilib ketgan teropsidlar turkumiga mansub sudralib yuruvchilar kenja turkumi. Perm oxiridan yura davri oʻrtalarigacha Avstraliyadan tashqari hamma hududlarda yashagan. Uzunligi 10 sm dan 3-3,5 m gacha. Teriodontlar juda harakatchan, jagʻlari kuchli, qoziq tishlari yaxshi rivojlangan. tipik vakili inostransseviya. Yuksak teriodontlarning qoziq tishlaridan keyingi tishlari uch qirrali yoki koʻp doʻmboqchali boʻlgan. Perm davri oxirida teriodontlar issiq qonlilikka oʻtgan. Trias davrining teriodontlari sut emizuvchilar uchun xos xususiyatlar (ikkilamchi tanglay, diafragma, yung qoplami)ga ega boʻlgan. Teriodontlar orasida hammaxoʻr, oʻsimlikxoʻr guruhlari uchraydi. Teriodontlarning bir guruhi — senodontlar tuban Teriodontlar bilan qadimgi sut emizuvchilarni bogʻlab turuvchi oraliq zveno hisoblanadi. Senodontlar perm va trias davrlarida, umurtqalilarning kelib chiqishida asosiy rol oʻynagan.