Gipsotermometr
(Termobarometrdan yoʻnaltirildi)
Gipsotermometr (grekcha: „hypsos“ — balandlik va termometr) yoki termobarometr — atmosfera bosimini oʻlchaydigan simobli asbob. Ishlash tarzi bosim oʻzgarishi bilan suvning qaynash temperaturasi oʻzgarishiga asoslangan. Gipsotermometr yordamida suv bugʻining temperaturasi aniqlanib, quyidagi formula asosida atmosfera bosimi r topiladi:
p=760+t— 100/0,0375 mm. sim. ust.,
Bunda t — bosim r dagi suvning qaynash temperaturasi. Bu usul birinchi bor fransuz fizigi va kimyogari A. V. Reno tomonidan taklif etilgan. Gipsotermometr asosan togʻli joylarning atmosfera bosimini oʻlchashda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |