Termopot
Termopot — bu elektron maishiy texnika boʻlin, choynak va termosning gibrididir. U 2-6 litr hajmli suyuqlik uchun idish, elektr isitish elementlari va suv bilan taʼminlash uchun nasos (qoʻlda yoki elektr)ga ega. U qaynatadi va suvning haroratini maʼlum darajada ushlab turadi, kerak boʻlganda isitib ham beradi. Baʼzi modellarda suv filtrlari mavjud.
Tuzilma
tahrirTermopot rezervuar, isitish elementi, termometr, nazorat elementi va issiqlik izolatsiyasidan iborat. Odatda, termopotda, termosdan farqli oʻlaroq, vakuumli idishdan foydalanilmaydi, shu sababli, undagi suv, termosga qaraganda tezroq soviydi. Termopotlar himoyaga ega boʻlib: suvsiz isitgich yoqilmaydi. Bugʻ chiqishi uchun esa maxsus klapanlar taqdim etiladi.
Ijobiy tomoni
tahrir- Termopotda foydalanish uchun deyarli doimo issiq suv yoki qaynoq suv mavjud.
- Issiq suvni olish uchun termopotni koʻtarish yoki egish talab etilmaydi, bu ayniqsa keksalar uchun qulay.
- Termopotlarning aksariyat modellari suvni uzoq vaqt davomida issiq ushlab turishi mumkin.
- Termopotning ajralmas atributi keng ochiluvchi qopqoq boʻlib, u ichini toʻldirishni osonlashtiradi.
Salbiy tomoni
tahrir- Suvni qayniq shaklda saqlash qoʻshimcha energiya harajatlarini talab qiladi, garchi odatda saqlash rejimida termopotni isteʼmol qilish choʻgʻlanma chiroqqa qaraganda kamroq quvvat talab etsa ham.
- Koʻpgina termopotlarning isitgichlarining quvvati choynaknikidan past boʻladi (700-900 Vt, 2000-2600 Vt)[1], shu sababli, suvni qaynatish uchun koʻproqroq vaqt talab etiladi.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |