Termostat
Termostat (termo... va yunoncha, statos — qoʻzgʻalmas) — trani doimiy saqlash uchun moʻljallangan asbob; atrofmuhitdan metall, shisha yoki boshqa materialdan qilingan issiklik izolyatsiyasi bilan himoyalangan idish. Idishning ichida qizdirgich va termorostlagich boʻladi. Oʻzgarmas trani taʼminlash uchun toza moddalar yoki barqaror aralashmalarning suyuqlanish va qaynash tralari, yaʼni fazaviy oʻtishlar tralari barqarorligidan foydalaniladi yoki maxsus qurilmalar — termorostlagichlar qoʻllanadi. T.da issiklik eltgichlar sifatida spirt, suv va moy (oʻrtacha temperatura —200 — 800K uchun), suyultirilgan tuz va metallar (800K dan yuqori temperatura uchun) ishlatiladi. Juda past tralar (kriogen tralar, 120K dan past) uchun moʻljallangan T. kriostat deb ataladi. T.dan fizikkimyoviy, bakteriologik va boshqa tadqiqotlarda, elektronika, kinofototexnika va boshqa sohalarda foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |