Termoyadroviy reaksiya
Ushbu sahifani Termoyadro reaksiyalari bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Termoyadroviy reaksiya yoki yadroviy sintez deb ikki yoki undan ortiq atom yadrolarining qoʻshilib, ogʻirroq yadro hosil qilish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon davomida materiya butunligicha saqlanmay, massaning bir qismi energiyaga aylanib, ajralib chiqadi. Bu reaksiya faol yulduzlarni quvvatlaydi. Termoyadroviy reaksiya yadroviy reaksiyaning bir turidir.
Massasi temirdan kichik ikki yadro sintezi tashqariga energiya ajratadi, ogʻirroq yadrolar esa energiya yutadi (temir, nikel bilan birgalikda eng katta bogʻ energiyasining nuklonga nisbatiga ega). Yadro boʻlinishida esa aksincha boʻladi. Bundan kelib chiqadiki, sintez yengilroq, boʻlinish esa ogʻirroq unsurlar bilan sodir boʻladi. Qisqa muddatli ogʻir yadroli sintez roʻy beradigan ekstremal astrofizikaviy hodisalar ham mavjud. Bunday hodisalar, masalan, oʻta yangi yulduz paydo boʻlayotganida yuz berib, nukleosintezga sabab boʻladi.
Ernest Rutherford olib borgan transmutatsiyaga oid tajribalarga asoslanib, 1932-yili Mark Oliphant laboratoriya sharoitlarida birinchi boʻlib ogʻir vodorod izotoplari sintezini amalga oshirdi. Koʻp vaqt oʻtmay Hans Bethe yulduzlardagi termoyadroviy reaksiya asosiy siklini ayonlashtirdi. Harbiy maqsadlarda sintez tadqiqotlari 1940-yillar boshida, Manhattan loyihasi qismi oʻlaroq olib borildi, natijada 1951-yilga kelib ilk yadroviy bomba yaratildi.
Energiya olish maqsadida boshqariladigan yadroviy reaksiya ustida tadqiqotlar 1950-yillardan bugungacha davom etib kelmoqda. National Ignition Facility va ITER loyihalari doirasidagi bunday tadqiqotlar yadroviy energiya ishlab chiqarish istiqbolini yaqinlashtirmoqda.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ J.K. Shultis, R.E. Faw. Fundamentals of nuclear science and engineering. CRC Press, 2002 — 151-bet. ISBN 0-8247-0834-2.
Havolalar
tahrir- NuclearFiles.org (Wayback Machine saytida 2016-12-15 sanasida arxivlangan)
- Annotated bibliography for nuclear fusion from the Alsos Digital Library for Nuclear Issues (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- Tashkilotlar
- ITER (International Thermonuclear Experimental Reactor)
- CCFE (Culham Centre for Fusion Energy) (Wayback Machine saytida 2021-03-19 sanasida arxivlangan)
- JET (Joint European Torus) (Wayback Machine saytida 2011-11-19 sanasida arxivlangan)
Wikimedia Commonsda Termoyadroviy reaksiya mavzusiga oid fayllar bor. |