Ternopil viloyati — Ukrainaning gʻarbiy qismidagi viloyat. 1939-yil 4 dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 13,8 ming km². Aholisi 1172 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, belorus, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 27%. Ternopil viloyati 16 tumanga boʻlingan, 14 shahar, 15 shaharcha bor. Markazi Ternopil shahri. Mux.im shaharlari — Ternopil, Chortkiv, Zbaraj, Zalishchiki, Terebovlya, Kremenets, Zboriv va boshqalar.

Ternopil viloyati Podoliya qirlarining gʻarbiy qismini egallagan. Ukrainaning oʻrmonli dasht zonasida. Viloyat hududi koʻp qismining bal. 300-400 m (eng baland joyi 443 m). Shimoliy qismida Kremenets qirlari, undan jan.rokda Toltr qirlari joylashgan. Foydali qazilmalari: qoʻngʻir kumir, qurilish materiallari, fosforitlar. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi janubida −4,6° dan shimolida −5,7° gacha, iyulniki 19,4°, 18,3°; oʻrtacha yillik yogʻin 600-680 mm. Vegetatsiya davri 165 kun. Eng yirik daryosi — Dnestr. Qoratuproq, podzollashgan sur tusli tuproklar uchraydi. Oʻrmonli dasht oʻsimliklari oʻsadi. Dashtlar haydalib (70% hududi), ekinzorlarga aylantirilgan. Ternopil viloyati hududining 12% oʻrmon. Oʻrmonlarda tulki, malla tovushqon, boʻrsiq, qobon yashaydi. Ondatra, nutriya, yenotsimon it iqlimlashtirilgan.

Ternopil viloyatining asosiy sanoat tarmogʻi mahalliy qishloq xoʻjaligi. xom ashyosi asosida ishlaydigan oziq-ovqat sanoati (unyorma, shakarkand, moysir va sut, spirt, tamakifermentatsiya, konserva va sabzavot quritish zavodlari, goʻsht kombinati, Berejanida shisha zavodi, Ternopilda elektr armaturasi zavodi, qand lavlagi kavlash kombayni, avtotaʼmirlash, taʼmirlashmexanika, savdo asbobuskunalari, chinni, temirbeton zavodlari va qurilish industriyasi, mebel kombinatlari, Kremenetsda boʻr zavodi, Chortkovda avtomobil zavodlari bor. Ternopilda, farmatsevtika fabrikasi, ip gazlama kombinati (Ukrainadagi yirik ktlardan biri), Ternopil va Chortkovda tikuvchilik fabrikalari va sunʼiy koʻn zavodi, Terebovlyada poyabzal fabrikasi, Kremenetsda paxta fabrikasi joylashgan.

Qishloq xoʻjaligi gʻalla, lavlagi va sutgoʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Gʻalla, yemxashak, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot ekiladi.

Qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa boqiladi. Transport yoʻli transporta rivojlangan. Dnestr daryosida kema qatnaydi, aeroport bor. 3 oliy oʻquv yurti, 3 muzey, musiqali drama teatri va filarmoniya mavjud.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Ternopil viloyati" OʻzME. T-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil