Testament of Youth (film)
Testament of Youth — 2014-yilda suratga olingan Britaniya dramasi boʻlib, Vera Brittainning 1-jahon urushi haqidagi shu nomli asariga asoslangan. Filmda bosh rolni Alicia Vikander ijro etib, Vera Brittain obrazini gavdalantirgan. Vera Oxforddagi Somerville kollejidagi oʻqishini tashlab, urush hamshirasi boʻlishga qaror qilgan ayol sifatida tasvirlangan[4]. Filmga James Kent rejissyorlik qilgan. Ssenariy Juliette Towhidi tomonidan yaratilgan.
Testament of Youth | |
---|---|
Buyuk Britaniyadagi kinoteatr uchun poster | |
Rejissyor(lar) | James Kent |
Prodyuser(lar) | |
Ssenariynavis(lar) | Juliette Towhidi |
Qaysi asarga asoslangan |
Testament of Youth –Vera Brittain |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Max Richter |
Kinematografiya | Rob Hardy |
Muharrir(lar) | Lucia Zucchetti |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Lionsgate |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 129 daqiqa[1] |
Mamlakatlar |
Birlashgan Qirollik Daniya |
Til | inglizcha |
Byudjeti | 10 million dollar[2] |
Daromadi | 5.3 million dollar[3] |
Rollarda
tahrir-
James Kent (rejissyor)
-
David Heyman (prodyuser)
- Alicia Vikander Vera Brittain rolida[5]
- Kit Harington Roland Leighton rolida[6]
- Colin Morgan Victor Richardson rolida[7]
- Taron Egerton Edward Brittain rolida[7]
- Dominic West Janob Brittain rolida[8]
- Emily Watson Brittain xonim rolida[8]
- Joanna Scanlan Belle xola rolida[8]
- Hayley Atwell Hope rolida[8]
- Jonathan Bailey Geoffrey Thurlow rolida[8]
- Alexandra Roach Winifred Holtby rolida[7]
- Anna Chancellor Leighton xonim rolida[8]
- Miranda Richardson Miss Lorimer rolida
- Charlotte Hope Betty rolida
- Daisy Waterstone Clare Leighton rolida
Ishlab chiqarish jarayoni
tahrir2009-yil fevral oyida BBC Films tomonidan Vera Brittainning „Testament of Youth“ nomli asari asosida badiiy film yaratish ishlari olib borilayotgani eʼlon qilingan. Asarda Birinchi jahon urushi davridagi ayollar boshidan kechirgan qiyinchiliklari yoritilgan[9]. 1979-yilda BBC asarni besh qisimli televizion serial sifatida BBC2 telekanalida namoyish qilgan. Ushbu serialda Cheryl Campbell Vera Brittain rolini gavdalantirgan.
Film yaratilishi Vera Brittaynning qizi Shirley Williams hamda Veraning tarjimai holi yozuvchisi hamda muharririlari boʻlgan Mark Bostridge tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Bostridge film uchun maslahatchi sifatida ishlagan. Heyday Films kompaniyasi prodyuserlari David Heyman va Rosie Alison BBC bilan hamkorlikda filmga prodyuserlik qilishi, Juliette Towhidi esa filmga ssenariy yozishi belgilangan[10]. 2014-yil 4-fevralda Protagonist Pictures kompaniyasi xalqaro savdolarni amalga oshirish uchun loyiha bilan shugʻullanishga qoʻshilgan hamda Berlinda boʻlib oʻtgan xalqaro kinofestivalda filmni namoyish qilgan[11].
Kasting
tahrirDastlab Vera Brittain rolini Saoirse Ronan ijro etishi rejalashtirilgan[12]. 2014-yil 4-fevralda Kit Harington Brittainning kuyovi Roland Leyton rolini ijro etish uchun aktyorlar safiga qoʻshilgan[6]. 2014-yil 13-fevralda esa Colin Morgan, Alexandra Roach va Taron Egerton filmda rol oʻynashlari eʼlon qilingan[7]. Suratga olish jarayoni boshlanganida Dominic West, Emily Watson, Joanna Scanlan, Hayley Atwell, Jonathan Bailey va Anna Chancellorlar filmda rol ijro etishlari tasdiqlangan[8].
Suratga olinishi
tahrirAsosiy suratga olish ishlari 2014-yil 16-martda London, Oxsford va Yorkshireda boshlangan[13][14][15][16]. Somervilleda film voqealari davridan soʻng koʻplab yangi binolar qurilgani sabab Brittainnning Somervil kollejida oʻqigan davrini aks ettiruvchi sahnalar uchun Oxforddagi Merton kolleji tanlangan[17].
Temir yoʻl stansiyasidagi sahnalar, poyezd ichidagi lavhalar hamda temir yoʻl kafesidagi sahnalar Keighley temir yoʻl stansiyasida suratga olingan. Bu uchun Keighley va Worth Valley temir yoʻllari maxsus poyezdlar taqdim etgan.
Colin Morgan urushda koʻzi koʻr boʻlib qolgan Victor Richardson rolini ijro etish uchun sobiq harbiy erkak va ayollar bilan suhbatlar oʻtkazgan. Colin Blind Veterans UK xayriya tashkiloti bilan bogʻlanib, bir kunni xayriyaning Brighton markazida oʻtkazgan. U yerda koʻzi ojiz faxriylarga beriladigan oʻquv mashgʻulotlarini koʻzlari bogʻlangan holda amalga oshirgan[18].
Musiqa
tahrirDastlab Mark Bradshow film uchun musiqa yaratishi rejalashtirilgan[19]. Biroq keyinchalik bu vazifa Max Richterga topshirilgan[20].
Tarqatilishi
tahrirMarketing
tahrir2014-yil 1-avgustda filmning ilk treyleri taqdim etilgan[21]. 2014-yil 10-noyabrga kelib film uchun ikkinchi treyler ham taqdim etilgan[22].
2014-yil 4-dekabrda Mark Bostridge muallifligidagi Vera Brittain and the First World War: The Story of Testament of Youth asari Bloomsbury Publishing tomonidan chop etilgan. Asarga film yaratilishi haqida maʼlumotlar alohida bir boʻlim sifatida kiritilgan[23].
Premyerasi
tahrir2015-yil 16-yanvarda film Buyuk Britaniyada keng miqyosda premyera qilingan. 2014-yil 14, 16 va 17-oktabr kunlari Britaniya Filmlar Instituti tomonidan Londonda tashkil etilgan The Centrepiece Galada film ilk bor premyera qilingan[24][25]. 2015-yil 16-yanvarda Sony Pictures kompaniyasi Classics Protagonist Picturesdan Shimoliy hamda lotin Amerikasi va Osiyoda filmni tarqatish huquqini sotib olgan[26]. Film AQShda 2015-yil 5-iyunda, Fransiyada esa 2015-yil 24-iyunda namoyish etilgan[27][28].
Qabul qilinishi
tahrirTanqidiy qabul
tahrirTestament of Youth filmi premyeradan soʻng yaxshi qabul qilingan[29]. Rotten Tomatoes saytida film 125 ta film tanqidchisidan 84% i filmni ijobiy baholaganini, oʻrtacha reyting esa 7/10 ekanligini xabar qilgan[30]. Metacritic esa, asosiy tanqidchilardan olingan 34 ta sharh asosida filmga 100 ballik tizimda 77 ball bergan[31]. CinemaScore tomonidan oʻtkazilgan auditoriya soʻrovlarida film „B“ bahosini olgan[32].
Mukofotlari
tahrirYili | Sovrin | Turkum | Qabul qiluvchilar | Natija | Ref |
---|---|---|---|---|---|
2014-yil | British Independent Film Awards | Best Actress | Alicia Vikander | Nominatsiya | |
London Film Festival | Best British Newcomer | Taron Egerton | Nominatsiya | ||
2015-yil | London Critics Circle Film Awards | Breakthrough British Filmmaker | James Kent | Nominatsiya | |
2016-yil | Alliance of Women Film Journalists | Best Breakthrough Performance | Alicia Vikander | Yutuq |
Manbalar
tahrir- ↑ „TESTAMENT OF YOUTH (12A)“. British Board of Film Classification (2014-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
- ↑ Lisa Rosman. „Wartime Women: Vera Brittain's Patchy Portrait in 'Testament of Youth'“. Signature (2015-yil 5-iyun). Qaraldi: 2015-yil 11-mart.
- ↑ „Testament of Youth (2015) - International Box Office Results“. Box Office Mojo. Internet Movie Database. Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
- ↑ Kermode, Mark. „Testament of Youth review – tame adaptation of Vera Brittain's book“. The Guardian (2015-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 18-aprel.
- ↑ „Testament of Youth“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
- ↑ 6,0 6,1 Kit, Borys. „'Game of Thrones' Star Kit Harington to Headline 'Testament of Youth'“ (2014-yil 4-fevral). Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Ge, Linda. „Taron Egerton, Colin Morgan and Alexandra Roach Join Alicia Vikander in 'Testament of Youth'“ (2014-yil 13-fevral). 2015-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 8,6 Bullock, Dan. „Filming Begins On 'Testament Of Youth' Starring Alicia Vikander & Kit Harington“ (2014-yil 16-mart). Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- ↑ Singh, Anita. „Vera Brittain to be subject of film“ (2009-yil 13-fevral). Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- ↑ Tartaglione, Nancy. „Saoirse Ronan Attached To 'Testament Of Youth'“ (2012-yil 20-may). Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- ↑ „Testament of Youth announces shoot“ (2014-yil 4-fevral). Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- ↑ Tartaglione, Nancy. „Saoirse Ronan Attached To 'Testament Of Youth'“ (2012-yil 20-may). Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- ↑ Bullock, Dan. „Filming Begins On 'Testament Of Youth' Starring Alicia Vikander & Kit Harington“ (2014-yil 16-mart). Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- ↑ „Testament of Youth announces shoot“ (2014-yil 4-fevral). Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- ↑ Rowley, Alison. „Filming begins on World War I memoir Testament of Youth“ (2014-yil 16-mart). Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
- ↑ „TV and Film Locations“. northyorkmoors.org.uk (2015-yil 15-yanvar). 2018-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-yanvar.
- ↑ „Testament of Youth“. Oxford Student (2015-yil 7-may). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
- ↑ „Blindness training with actor Colin Morgan for Testament of Youth film“. Blind Veterans UK. 2015-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-mart.
- ↑ „Max Richter to Score 'Testament of Youth'“. filmmusicreporter.com (2014-yil 29-avgust). Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
- ↑ „Mark Bradshaw to Score 'Testament of Youth'“. filmmusicreporter.com (2014-yil 5-iyun). Qaraldi: 2015-yil 11-mart.
- ↑ Ge, Linda. „'Game of Thrones' Star Kit Harington Goes Off to War in First 'Testament of Youth' Trailer (Video)“. thewrap.com (2014-yil 1-avgust). Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
- ↑ Lloyd, Kenji. „Alicia Vikander & Kit Harington Shine in New Trailer for Testament of Youth“ (2014-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 10-noyabr.
- ↑ Roberts, Michele. „Vera Brittain and the First World War by Mark Bostridge, book review: Haunting testament of longevity“. The Independent (2014-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-mart.
- ↑ Edward Davis. „Indiewire: Watch: First Trailer For 'Testament Of Youth'“ (2014-yil avgust). Qaraldi: 2014-yil 1-avgust.
- ↑ Clare Stewart. „British Film Institute: Testament of Youth“. Qaraldi: 2014-yil 3-sentyabr.
- ↑ Evry, Max. „Sony Pictures Classics Acquires US Rights to Testament of Youth“. comingsoon.net (2015-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
- ↑ Lesnick, Silas „Testament of Youth“. ComingSoon.net (2015-yil 5-iyun). Qaraldi: 2015-yil 13-iyun.
- ↑ „Mars Distribution — Testament of youth — 24 juin 2015“. Mars Distribution. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
- ↑ „Testament of Youth“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
- ↑ „Testament of Youth“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
- ↑ „Testament of Youth“. Metacritic. Red Ventures. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
- ↑ Tom, Brueggemann. „Arthouse Audit: 'Love & Mercy' Opens Well, 'Testament of Youth' Modest“. IndieWire (2015-yil 7-iyun). Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.