Tether (inglizcha: Tether — arqon, zanjir) kriptovalyutasi steyblkoin toifasiga kiradi, chunki u dastlab har bir chiqarilgan Tether uchun 1 dollar zaxirada saqlash uchun moʻljallangan edi. Shunga qaramay, Tether Limited kompaniyasining taʼkidlashicha, Tether tokenlari egalari Tether tangalarini sotib olish yoki fiatga almashtirishni kafolatlash boʻyicha shartnoma majburiyatlariga ega emaslar. Yaʼni foydalanuvchi tokenini maʼlum bir valyutaga almashtirib berish maʼsuliyatini olmagan.

Tether (USDT)
Belgi: ₮
Kod: USDT
Bozor qiymati: 72.46 mlrd.$[1]

2014-yilda kompaniya "Tether.to"ni ishga tushirdi. 2015-yil fevral oyida birjalarda savdoni boshladi.

Tether tokenlari yordamida mijozlar odatda raqamli valyuta bilan bogʻliq bo'lgan oʻzgaruvchanlik va murakkabliksiz, transport qatlamlari sifatida blokcheynlardan foydalangan holda anʼanaviy valyutalar bilan ishonchli tranzaksiya qilishlari mumkin. Tetherni moliyaviy xizmatlar, texnologiya va muvofiqlik sohasida katta tajribaga ega boshqaruv jamoasi boshqaradi. Butun dunyo boʻylab tarqalgan turli xil jamoalarning tajribasiga tayangan holda, Tether tokenlari bugungi kunda hajmi boʻyicha birinchi, eng katta steyblkoinga aylangan.[2] Tetherning narxi 2018-yil 15-oktabrda investorlarning tokenga ishonchini yoʻqotayotgani haqidagi taxminlar tufayli 0,90 dollargacha pasaygan. 2019-yilda Tether bozordagi kunlik va oylik savdo hajmi boʻyicha Bitkoindan oʻzib ketdi.[3] Tether maʼlumotlariga kora, 2020-yil sentabr oyiga kelib, muomalada 14,4 milliard USDT tokeni mavjud boʻlgan ekan.[4]

Maqsadi

tahrir

Bu blokcheyn bilan jihozlangan platforma maqsadi, pulga nisbatan zamonaviyroq yondashgan holda anʼanaviy moliyaviy tizimni buzishga qaratilgandi.[5] Tether - bu koʻproq oʻzgaruvchan raqamli aktivdan foydalanmasdan qiymatni bir birjadan ikkinchisiga oʻtkazishning tez va samarali usuli. Tetherning qulayligi, shuningdek, Tetherning AQSH dollari oʻrnini bosuvchi boʻlgani ham birja magnatlarini va kundalik treyderlarni qiziqtirdi.

 
Tether logo

Muallif Devid Jerardning Wall Street Journalda iqtibos keltirilishicha:"Tether kripto savdosining markaziy bankidir… ".

Yaratuvchilar

tahrir

Reve Kollinz, Kreyg Sellars va Brok Pirs 2014-yilda USDT(TetherUSD)ni oʻsha paytda Realcoin nomi bilan ishga tushirdilar.

Dastlabki ikki yil davomida Reve Kollinz Tether kompaniyasining bosh direktori edi. Bundan oldin u Traffic Marketplace (onlayn reklama tarmogʻi), RedLever koʻngilochar studiyasi va Pala Interactive(qimor sayti) kabi boshqa loyihalarga asos solgan. 2020-yilda Reve SmarMedia Technologies reklama va marketing texnologiya kompaniyasini boshqarishni boshladi.

Olti yildan ortiq vaqt davomida Kreyg Sellars Omni Foundationning hamkori boʻlib kelgan. Omni protokoli Bitkoin blokcheyniga asosidagi smart-kontraktga asoslangan valyutalar va mulklarni yaratish va sotish imkonini beradi. Shuningdek, u boshqa kriptovalyuta tashkilotlari va MaidSafe Foundation, Factom, Synereo va Bitfinex kabi kompaniyalarda ishlagan.

Pirs taniqli tadbirkor boʻlib, u ko'ngilochar industriyada hamda kripto olamida koʻplab nufuzli loyihalarga asos solgan. U 2017-yilga kelib 80 milliondan ortiq mablagʻ yigʻdi. Tez orada u Bitkoinni targʻib qilish va yaxshilashga yordam berish uchun “Bitcoin Foundation” notijorat tashkilotining direktori boʻldi.[6]

Manbalar

tahrir
  1. [1][sayt ishlamaydi]. CoinMarketCap
  2. [2]. Tether rasmiy sayti
  3. [3]. Paul Digman va Stiven Russolillo, 12-avgust, 2018-yil
  4. [4]. Mohamed Saber Farrag, 12-oktabr, 09:00
  5. [5]. 3-iyun 2020-yil
  6. [6]. Mohamed Saber Farrag, 12-oktabr, 09:00