Texnetsiy(Tc)
Atom raqami 43
Koʻrinishi Kulrang-jigarrang radiofaol
metall.
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
97.9072 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 136 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
702.2(7.28) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d6 5s1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 127 pm
Ion radiusi (+7e)56 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1.9
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi -1 dan +7 gacha; eng barqarori +7
Termodinamik xossalari
Zichlik 11.5 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0.243 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 50.6 Vt/(m·K)
Erish harorati 2445 K
Erish issiqligi 23.8 kJ/mol
Qaynash harorati 5150 K
Qaynash issiqligi 585 kJ/mol
Molyar hajm 8.5 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 2.740 Å
Panjara/atom nisbati 1.604
Debye harorati n/a K
43
Texnetsiy
Tc
(98)
4d65s1

Texnetsiy (yunoncha: technetos — sunʼiy, lotincha Technetium), Tc — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 43, atom massasi 97,9072. Texnetsiy ning 20 ta radioaktiv izotopi maʼlum. Texnetsiy ni 1937-yilda Texnetsiy Segre bilan italyan kimyogari Texnetsiy Perrye molibden yadrolarini deytronlar bilan bombardimon qilib olishga muvaffaq boʻlgan. Hozirgi Texnetsiy yadro reaktorlarda uranning yemirilish mahsulotlaridan ajratib olinadi. Texnetsiyning eng barqaror izotopi —"Ts (T1/2q2,12105 y).

Metall holdagi Texnetsiy jigarrang, uning sirti nam xavoda xiralashadi. Suyuqlanish temperaturasi 2140°. Zichligi 11,5 g/sm³. Texnetsiy — paramagnit, kimyoviy xossalari jihatidan koʻproq reniyga, bir oz marganetsga oʻxshaydi. Birikmalarda valentligi 0 dan 7 gacha (Q2, Q3, Q6, Q7). Texnetsiy suvda va suyultirilgan xlorid kislotada erimaydi, vodorod peroksid bilan ammoniy gidroksid aralashmasida erimasligi jiqatidan reniydan farq qiladi. Zar suvida va nitrat kislotada erib, eritmada pertexnat ionlar (TsO4~) hosil qiladi. Texnetsiy, asosan, atom sanoati chiqindilaridan olinadi. Metall Texnetsiy NH4Tc04, TcO2, Tc2S7 ni 600—1000° da vodorod bilan qaytarib olinadi. Pertexnatlar korroziya ingibitorlaridir. Texnetsiyning TsO2, TsO3 oksidi xam maʼlum. Texnetsiy 400° da ftor bilan geksaftorid TsGʻ6, xlor bilan geksaxlorid TsS16 hosil qiladi. Texnetsiyning TsO3X, TsOX3 (X — galogen) tarkibli rangli birikmalari, Tc2S7 tarkibli sulfidi, TsS tarkibli karbidi va boshqa birikmalari, mas., TsS14, TsS12, Ts(SO)4X2, Ts (SO)5X, (S5N5)2Ts2 ham maʼlum.

Texnetsiy korroziyaga bardoshli modda boʻlgani uchun reaktorsozlik va aniq asbobsozlik ishlarida konstruksion material sifatida, suyukdanish temperaturasi yuqori boʻlgani uchun yuqori temperaturali termoelementlarda ishlatiladi. "Ts yemirilganida unurlar hosil boʻlmaydi. Shunga asoslanib, undan radiometriya va dozimetriyada fS standart sifatida foydalaniladi.