Texnik hujjatlar
Texnik hujjatlar — sanoat mahsulotlarini loyihalash, tayyorlash, sinash va ulardan foydalanish, shuningdek, binolar (inshootlar)ni loyihalash, qurish va taʼmirlash uchun zarur boʻladigan grafik va matnli qujjatlar majmui. Asosiy xillari: loyigʻalash va ishchi hujjatlar (qurilishda), konstruktorlik va texnologik qujjatlar (sanoatda), meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, umumiy texnik talablar, yoʻriqnomalar, sinovlar uslubiyati va boshqalar). Texnik hujjatlar maxsus standartlar orqali belgilab qoʻyiladi. Bu standartlarda Texnik hujjatlarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish, butlash, ularga oʻzgartirishlar kiritish va sakdash tartibi va qoidalari koʻrsatiladi (qarang Standart, Standartlash).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |