Texnika ekinlari
Texnika ekinlari - sanoat xom ashyosi sifatida yetishtiriladigan (xom ashyo beradigan) bir va koʻp yillik qishloq xoʻjaligi. ekinlari Texnika ekinlari bir qancha botanik oilaga mansub; ularga kraxmalli ekinlar (kartoshka, batat va boshqalar); shakarli ekinlar (qand lavlagi, shakarqamish va boshqalar); moyli ekinlar (kungabokar, kanakunjut, yer yongʻoq, soya, raps, maxsar, xantal, indov, zigʻir va boshqalar); tolali ekinlar (gʻoʻza, tolali zigʻir, kanop, jut va boshqalar); efir moyli oʻsimliklar (atirgul, koʻknor, yorongul, yalpiz va boshqalar); kauchukli oʻsimliklar (geveya, gvayula, koʻksagʻiz, tovsagʻiz); oshlovchi modda olinadigan oʻsimliklar (skumpiya, badan); poʻkakli (poʻkakli dub v b.); dorivor oʻsimliklar (valeriana, belladona, jenshen va boshqalar) kiradi. Texnika ekinlari ni bu tariqa boʻlish shartlidir, chunki koʻpgina boshqa ekinlar ham texnik xom ashyo beradi (mas., donli ekinlar). Baʼzi Texnika ekinlari, mas., gʻoʻza, zigʻir, kanopdan toladan tashqari moy ham olinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |