Thazhathangadi juma masjidi – Hindistonning Kerala shtatidagitarixiy inshootlardan biri[4]. U Kottayam shahri yaqinidagi Tazhathangadi shahrida, Meenachil daryosi qirgʻogʻida joylashgan. Bino Hindistondagi eng qadimiy masjidlardan biri boʻlib, 1000 yildan ortiq vaqt ilgari qurilgan. Bu masjid oʻzining goʻzal arxitekturasi hamda hunarmandchiligi, jumladan, yogʻochdan yasalgan murakkab oʻymakorlik namunalari, yashirin oʻtish yoʻlagi va bir blok toshdan oʻyilgan suv idishi bilan mashhur[5]. Uning janubiy yarmi 2012-yilda buzib tashlangan va temir ustunlar, alyuminiy plitalar va minoralar bilan kengaytirilgan.

Masjid
Thazhathangadi juma masjidi[1]
Masjidning kirish qismi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Kerala
Asoschi Habib Dinor (Malik Dinorning oʻgʻli)[2]
Asosiy sana:
IX-X asrlar[3]
Qurilish materiali yogʻoch[3]
Sayt Rasmiy sayt

Thazhathangadi juma masjidi „Toj Juma masjidi“ deb ham ataladi. Ushbu masjidning quruvchilari Keralaning turli burchaklaridan Kottayamga kelib, joylashgan musulmonlardir. Ular Ozodlik kurashi va boshqa milliy harakatlarda faol ishtirok etgan.

2019-yildan beri Keralaning Kotayam shahridagi Thazhathangadi juma masjidi oʻz eshiklarini dindor ayollar uchun ham ochiq deb eʼlon qilgan. „Islomiy libos kiygan musulmon ayollar masjidga faqat qoʻmita qaroriga koʻra yilda ikki kun, 24-aprel va 8-may kunlari kirishlari mumkin“,- deydi bosh imom-xatib Moulavi Sirajjuddin Hasni[6].

Thazhathangadi musulmon madaniyat forumi (TMMF)

tahrir

  2017-yil 20-iyunda tashkil etilgan Thazhathangadi Musulmonlar Madaniy Forumi (TMMF) Hindistonning Kerala shtati, Kottayam tumanidagi Thazhathangadi mintaqasida joylashgan ijtimoiy tashkilot hisoblanadi. TMMF Thazhathangadida joylashgan musulmon jamiyatining har tomonlama rivojlanishiga koʻmaklashadi. TMMF oʻz shioriga ega, undashunday deyiladi: „Maʼnaviyatga singib ketgan moddiy taraqqiyot“. Qisqa vaqt ichida TMMF oʻz qoʻllab-quvvatlovchi tomonlari orasida hal qiluvchi oʻzgarishlarni amalga oshirishga qodir boʻlgan nufuzli tashkilot sifatida eʼlon qilingan. TMMF taʼlim, madaniyat, xayriya va shunga oʻxshash sohalarda faol harakatlarni amalga oshiradi.

Manbalar

tahrir
  1. Records, Official „thazhathangady Juma masjid“. Tourism Department, Government of Kerala, India. Kerala tourism.
  2. „Thazhathangadi Juma Masjid“. Kottayam district. Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.
  3. 3,0 3,1 Hiran, U.. „Thazhathangadi mosque gets a facelift“. The Hindu (2019-yil 19-aprel). Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.
  4. „THAZHATHANGADI JUMA MASJID | Kottayam District, Government of Kerala | India“ (en-US). Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
  5. „This 800-year-old mosque is an architectural delight“. OnManorama. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  6. „A 1000-Year-Old Kerala Mosque Opens Its Doors For Women For The First Time“ (en). indiatimes.com (2016-yil 25-aprel). Qaraldi: 2019-yil 9-mart.

Havolalar

tahrir