The Gathering (talaffuzi: Gazering; Inglizchadan tarjimasi: „yigʻilish“), Golland alternativ rok guruhi boʻlib, 1989-yili aka-uka Hans va René Rutten'lar hamda vokalchi Bart Smits tomonidan Niderlandlarning Oss shaharchasida tuzilgan.

The Gathering

The Gathering konsertda, Aschaffenburg, 2010.
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Oss
Mamlakat Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
Faoliyat yillari 1989–bugun
Janr Avvaliga: Death/doom, gothic metal, progressive metal
Keyin: Progressive rock, alternativ rok, trip rock
Leybl Century Media, Psychonaut, Hammerheart, Sanctuary, The End, Foundation 2000
Tarkib René Rutten
Hans Rutten
Frank Boeijen
Hugo Prinsen Geerligs
Silje Wergeland
Sobiq aʼzolar Marjolein Kooijman
Jelmer Wiersma
Bart Smits
Marike Groot
Niels Duffhues
Martine van Loon
Anneke van Giersbergen
Vebsayt gathering.nl

Avvaliga The Gathering atmosferik death/doom metal janrida ijod etib, Celtic Frost va Hellhammer kabi guruhlardan ilhomlanishgan. 1994-yilda guruhga vokalchi Anneke van Giersbergen kelishi bilan The Gathering musiqa uslubi oʻzgarishi boshlandi, guruh shoegazing, post rock, experimental rock janrlariga oʻtib, Dead Can Dance, Cocteau Twins, Pink Floyd va Massive Attack guruhlaridan oʻrnak ola boshladi; keyinchalik ijod doirasi kengayib, progressive, alternative va trip rock janrlarida musiqa ijro etishga kirishdi.

2007-yil avgustida Anneke van Giersbergen guruhni tark etib, oʻzining Agua de Annique loyihasiga berildi.[1] 2009-yil 12-martida The Gathering tarkibiga yangi vokalchi Silje Wergeland (sobiq Octavia Sperati aʼzosi) kirdi.

Diskografiyasi

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Former The Gathering Singer Launches Agua De Annique“. Roadrunnerrecords.com. 2011-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.

Havolalar

tahrir