The Rasmus
The Rasmus — Finlandiyaning Helsinki shahrida 1994-yili, guruh ishtirokchilari oliy maktabda oʻqiyotgan paytida tashkil topgan fin rok guruhi. Dastlabki guruhning ishtirokchilari — Lauri Ylönen (solist/qoʻshiqlar muallifi), Eero Heinonen (bas), Pauli Rantasalmi (gitara) va Janne Heiskanen (barabanlar) edilar. Barabanchi Heiskanen guruhni 1998-yili tark etadi, uning oʻrniga Aki Hakala keladi.
The Rasmus | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Helsinki |
Mamlakat | Finlandiya |
Faoliyat yillari | 1994 – bugun |
Janr | gotik-pop-rok |
Leybl |
Playground Music DRT Entertainment |
Tarkib |
Lauri Ylönen Pauli Rantasalmi Aki Hakala Eero Heinonen |
Sobiq aʼzolar | Janne Heiskanen |
Vebsayt | www.therasmus.com |
Toʻrtinchi studiyaviy albomligi — Into (2001) relizidan avval ular faqat Rasmus nomi bilan mashhur edilar, ammo ularni xuddi shunday nomli shved DJyi bilan adashtirmasliklari uchun ular oʻz nomlarini The Rasmusga oʻzgartiradilar. 2003-yilda chiqqan ularning „In the Shadows“ nomli hiti ularni Skandinaviyadan tashqarida ham mashhur qiladi va dunyo pressasining diqqatini jalb qiladi.
Bugun guruh Finlandiyaning eng muvaffaqiyatli guruhlaridan biri. Ularning albomlari 1,5 milliondan ortiq nusha bilan dunyo boʻylab tarqalgan, ular sakkizta oltin va beshta platina mukofotlariga egadirlar. Ular oltita studiyaviy albom, bitta terma albom va 21ta singl chiqarishgan. Guruhning eng mashhur qoʻshiqlari bu — „Liquid“, „F-F-F-Falling“, „In the Shadows“, „First Day of My Life“, „Funeral Song“, „No Fear“ va „Guilty“.
Tarix
tahrirIlk paytlar (1994)
tahrirLauri Ylönen va Eero Heinonen bir-birini uchinchi sinfda, 9 yoshligida uchratishadi va ular maktab paytlaridan hozirgacha yaqin doʻstlardir. 1990-yili ular Suutarilaʼning yuqori sinflariga oʻtganlarida Pauli Rantasalmi'ni, keyinchalik esa Janne Heiskanen'ni uchratishadi. 1994-yili ular maktabda oʻzligining guruhini tuzishga qaror qilishadi. Ular juda koʻp mashq qilishadi va yil ohirida birinchi marta sahnaga chiqishadi. Oʻsha paytda ular Sputnik, keyin Antilla, Trashmosh va soʻngra Rasmus (Skandinaviyada erkaklarning ismi, yunonlarning Erasmus — ismidan olingan) deb nomlanishardi.
Peep (1995-1996)
tahrir1995-yili ular oʻzlarining birinchi menejeri Teja Kotilainen bilan tanishadilar va birinchi EP singllari 1stni chiqaradilar. Soʻng, ular Warner Music Finland bilan shartnoma imzolab, 1996-yilda birinchi studiyaviy albom — Peepni relizlaydilar. U oltinlik unvoniga erishadi va guruh Finlandiya, Rossiya va Estoniyada yuzdan ortiq konsert berishadi. Oz oʻtmay, 1996-yilning oʻzida ular EMMA (Grammy mukofotining fin ekvivalenti)da yutadilar. Shuningdek, ular albomdan ikkita yangi singl — 2nd va 3rdni chiqaradilar. 3rd chartlarga kira olgan eng birinchi qoʻshiqdir — Fin Singllar Chartida #8 oʻrinda turadi.
Playboys (1997)
tahrirRasmus oʻzlarining Playboys nomli ikkinchi studiyaviy albomini 1997-yil avgustida chiqaradilar. Bu yozuv ham „Blue“ qoʻshigʻi bilan Finlandiyada oltinlik unvoniga erishadi. Albom juda Peepga oʻxshar edi, ammo ular u paytda juda koʻp qoʻshimcha musiqachilarga ega edilar. Ularning koʻpchiligi saksofon va nayda chalar edilar. Bu albomga rok, fank va ska yoʻnalishlarini mujassamlashtirilgan janr ruhini beradi. Albom Teja Kotilainen tomonidan prodyuserlanmaydi. Ularning yangi prodyuserining ismi Illka Herkman edi. Rasmus juda charchoqli hayot kechirishadi, Rancid va Dog Eat Dog musiqiy guruhlarini qoʻllaydi hamda 40 000lik omma oldida va milliy televideniyeda chiqadilar. Ular Illka Herkman bilan birgalikda „Playboys“ singliga musiqiy video ishlaydilar.
Hell of a Tester (1998-1999)
tahrirGuruhning uchinchi studiyaviy albomi — Hell of a Tester „Liquid“ singliga video bilan 1998-yilda relizlanadi. Bu singl Shimoliy MTVning Top 40ga kiradi va fin musiqiy tanqidchilari va muhlislari tomonidan „Yil qoʻshigʻi“ deb tanlanadi. Guruh koʻproq mashhurlikni Garbage va Red Hot Chili Peppers Finlandiyada turda boʻlib, The Rasmusni qoʻllaganida erishadilar.
Into (2000-2002)
tahrirRasmus oʻz nomini barabanchisi Janne Heiskanenni Aki Hakala bilan almashtirishganida 2000-yilda „The Rasmus“ga oʻzgartiradi. Ular Playground Music Scandinavia bilan shartnoma tuzishadi va Seppo Vesterinenni oʻzligiga menejer etib tayinlashadi. Ular Finlandiyada Into albomini chiqarishadi va u #1 oʻrinda debyutlab, ikki karra platinaviy boʻladi. Bu ularning Shvetsiya, Stokgolmdagi Nord Studiosdan boʻlgan Mikael Nord Andersson va Martin Hansenlar tomonidan prodyuserlangan birinchi albomligi edi. Nord va Andresson yana ularning keyingi ikkita albomiga prodyuserlik qilishadi. Albomning birinchi singli „F-F-F-Falling“ Finlandiyada 2001-yil boshlarida uch oy davomida birinchi oʻrinda turadi. Ikkinchi singl „Chill“ Skandinaviyada relizlanadi va Finlandiyada ikkinchi oʻringa chiqadi. Into keyinchalik Yevropaning boshqa davlatlarida, shu jumladan, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Italiya, Fransiya va Ispaniyada relizlanadi. The Rasmus albomni qoʻllab butun Yevropa va Skandinaviya boʻylab turda boʻladilar va HIM hamda Roxette guruhlari tomonidan qoʻllanadilar.
Dead Letters (2003-2004)
tahrirGuruh Dead Letters albomini Shvetsiyadagi Nord Studios studiyasida yozishadi, Yevropada albom 2003-yil boshlarida relizlanadi, Germaniya, Avstriya va Shveytsariyada xuddi Finlandiyadek katta muvaffaqiyatga erishadi. Yevropadagi muvaffaqiyat ularni dunyoning boshqa qismlarida ham albom chiqarishga undaydi va yozuvlar 1,5 million nusha bilan sotiladi. Dead Letters Buyuk Britaniyaning Top 10’iga kiradi, birinchi singl In the Shadows esa Top 3’likka kiradi. Ikkalovi 2004-yildagi Avstraliyaning ARIA chartlarida Top 50’talikka kiradi. Singl shuningdek, American Billboard Heatseeker chartlarining Top 20’taligiga kiradi. In the Shadows oʻn bir mamlakatda Top 10’taliklar ichiga kiradi.
Hide from the Sun (2005-2006)
tahrirUlarning ohirgi albomi Hide from the Sunning relizi 2005-yilda boʻlib oʻtdi. Albomda uchta singl bor: „No Fear“, „Sail Away“ va „Shot“. Hide from the Sun 2006-yil 10 oktyabrda ularning leybli DRT Entertainment tomonidan chiqadi. 2005-yili, ular MTV Nordic Awards va NRJ Radio Awards’da „Eng yaxshi shimoliy sahna chiqishi“ hamda MTV Europe Music Awards’da „Eng yaxshi fin guruhi“ nominatsiyalarida gʻolib boʻlishgan. Ular Lostprophets va Negative guruhlari bilan birga turda boʻlishgan. 2006-yil 28 aprelda ular Polshada ESKA Music Awards’da "Dunyoning eng yaxshi rok guruhi nominatsiyasida eksklyuziv statusga ega boʻlishadi (bu ularning ikkinchi ESKA statusi boʻladi, birinchisini ular 2004-yilga qoʻlga kiritishgan).
Guruhning nomi
tahrir"Rasmus" nomi aniq bir mazmunga ega emas; guruh intervyularida bu nomni fincha jaranglashi va eslab qolish uchun oson boʻlgani uchun tanlaganlarini aytadi. Ammo, baschi Eero Heinonen Shvetsiyadagi intervyusida bu nom „ahlat“ soʻzidan olinganligini aytadi. Norvegiya, Shvetsiya va Daniyada „Rasmus“ oʻgʻil bolalarning ismi. Bu nomni sobiq barabanchi Janne Heiskanen taklif etgan.
Musiqiy videolar
tahrirThe Rasmus hammasi boʻlib toʻqqizta musiqiy videoni relizlaganlar (shu jumladan In the Shadowsning uchta har xil versiyasi). Baranga Filmdan boʻlgan Niklas Fronda va Fredrik Löfberg Dead Letters albomidan uch videoni suratga olishadi. Dead Letters eng koʻp musiqiy videolarga ega boʻlgan albom: bu albomdan yettita video relizlangan. Ularning eng birinchi yaratgan videosi bu Funky Jam (1996) boʻlgan.
Guruh ishtirokchilari
tahrirTarkiblar
tahrir(1994-1998) | |
---|---|
(1998-bugun) |
|
Lauri Ylönen
tahrirGuruhning solisti Lauri Johannes Ylönen 1979-yil 23 aprelda Helsinkida tavallud topgan. Uning ota-onasining ismlari Matti va Liisa Ylönen, uning Hannah ismli katta opasi bor. „P.S.“ qoʻshigʻi Lauri’ning opasi Hannah bilan yaxshi/yomon qarindoshlik munosabatlariga bagʻishlangan. Lauri asosiy qoʻshiqlarning muallifi va u Apocalyptica hamda HIM guruhining ishtirokchisi Ville Valo bilan hamkorlikda ijod qilgan. Shuningdek, Lauri guruhdoshi Pauli bilan birga Dinasty’ning ishtirokchilari Killer va Kwan bilan ijod qilgan. 2005-yilda Lauri va Dinasty’ning boshqa aʼzolari oʻzligining yozuv leybli — Dynasty Recordings’ni ochishadi. Laurining 7ta nikneymi bor: Lintu, Lare, Birdy, Jumsala, Pauri (Pauli bilan birga), Baby Face va Lauki (Aki bilan birga).
Pauli Rantasalmi
tahrirPauli gitarachi.
Aki Hakala
tahrirUning toʻliq ismi Aki Markus Hakala. U barabanchi va u 1979-yil 28 oktyabrda Finlandiyaning Espoo shahrida tugʻilgan. U guruhga 1999-yili, sobiq barabanchi Janne Heiskanen guruhni „oʻzini izlash“ uchun tark etganida qoʻshiladi. Boshida Aki guruhning tovarlarini ularning shoularida sotar edi va Pauli uni ushlab olganidan keyin u guruhga qoʻshiladi. U aytadiki, umrida eng yaxshi qilgan narsasi bu barabanlarni chalish va u „boshqa ishlarni eplolmaydi“. The Rasmusga qoʻshilishdan avval u Killer va Kwan guruhlarida barabanchi edi. 2006-yilda Aki koʻzini LASIK operatsiya qildirishga qaror qiladi va qora koʻzoynaklarni taqishni bas qiladi. 2007-yil boshlarida u sochlarini qora rangga boʻyashni toʻxtatib, platinaviy blondga boʻyay boshlaydi. 2007-yilning iyulida u va uning sevgan qizi birinchi farzandga ega boʻldilar.
Eero Heinonen
tahrirEero Aleksi Heinonen bas gitarachi va u 1979-yili, 27 noyabrda Helsinkida tavallud topgan. Eero Sahaja Yoga'ning katta muhlisi va u ogʻir, bosiq inson, ammo u guruhdoshlari va boshqalar ustidan hazillar qilishi bilan mashhur. U guruhning oila qurgan yagona ishtirokchisi hamda u ikki farzandning otasi. Korpi Ensembleda bir necha yil chalishidan soʻng, hozirda u Hay and Stone nomli yangi sayd proektga ega (2004dan beri). U yerda u bas gitarachi hamda vokalchi. Eero shuningdek, skripkada ham chaladi.
Diskografiya
tahrirStudiyaviy albomlar
tahrirTurlar
tahrirYillar | Tur | Mamlakatlar | Shaharlar | Konsertlar |
---|---|---|---|---|
2003-05 | Dead Letters Tour | 29 | 107 | 296 |
2005-06 | Hide from the Sun Tour | 36 | 110 | 249 |
Mukofotlar
tahrirYil | Mukofot | Nomi |
---|---|---|
1996 | Finnish Grammy Award | Eng yaxshi sahna chiqishi |
1999 | Finnish Music Video Festival | Eng yaxshi musiqiy video (Liquid) |
2002 | Emma Gaala | Eng yaxshi guruh |
2002 | Emma Gaala | Eng yaxshi pop/rok albom (Into) |
2002 | Emma Gaala | Eng yaxshi albom (Into) |
2002 | Emma Gaala | Eng yaxshi qoʻshiq (F-F-F-Falling) |
2003 | Hit Music Awards | Eng yaxshi qoʻshiq (In the Shadows) |
2004 | Emma Gaala | Eng yaxshi guruh |
2004 | Emma Gaala | Eng yaxshi albom (Dead Letters) |
2004 | Emma Gaala | Eng yaxshi musiqiy video (In My Life) |
2004 | Emma Gaala | Eng yaxshi sahna chiqishi |
2004 | TMF Awards | Eng yaxshi rok |
2004 | World Music Awards | Skandinaviyada eng yaxshi sotilgan albom (Dead Letters) |
2004 | MTV VMA Latin America | Eng yaxshi horijiy ijrochi |
2004 | MTV VMA Latin America | Eng yaxshi yangi horijiy ijrochi |
2004 | MTV Russia Awards | Eng yaxshi yangi horijiy ijrochi |
2005 | MTV Nordic Awards | Eng yaxshi shimoliy sahna chiqishi |
2005 | NRJ Radio Awards | Eng yaxshi shimoliy sahna chiqishi |
Havolalar
tahrirVikiomborda The Rasmus haqida turkum mavjud |