The Revival: Women and the Word

The Revival: Women and the Word – 2016-yilda yaratilgan hujjatli film. Rejissyor Sekiya Dorset tomonidan suratga olingan. Ushbu hujjatli film qora tanli lezbiyen shoirlar va musiqachilardan iborat AQSh gastrol guruhi haqida hikoya qiladi. Ularning sayohati oʻz hamjamiyatini birlashtirish va yetakchi qora tanli feminist va faol shaxslar, jumladan, Alexis Paulin Gumbs, Nikki Finni va Aleksis De Veauxlarning intervyularini oʻz ichiga oladi. Ushbu hujjatli filmda jins va irq kabi mavzular yoritilgan.

The Revival: Women and the Word
Rejissyor(lar) Sekiya Dorsett
Prodyuser(lar) Jade Foster va Andrea Boston
Kinematografiya Charla Harlow va Alexis Casson
Muharrir(lar) Patrick Flynn
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 82 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh

Tarixi

tahrir

Bundan toʻrt yil oldin, 2012-yilda, asosan, gomoseksuallar va qora tanlilardan iborat 50 nafar doʻstlar Vashingtondagi kichik mehmonxonada „Uygʻonish“ nomli sheʼriy tadbirga yigʻilishadi. Aynan shu yili, yaʼni 2012-yilda tadbir sakkiz shahar boʻylab toʻqqiz kunlik sayohatga aylanadi. Loyiha juda kuchli yaratilgan boʻlib, minglab odamlarning hayotiga taʼsir qiladi va besh nafar ajoyib ayol sanʼatkorlarni birlashtiradi. Hujjatli film Jade Fosterning orzusi qay tarzda amalga oshgani haqida hikoya qiladi[1].

Kasting

tahrir
  • Jade Foster
  • Be Steadwell
  • Jonquille Rice
  • Tʼai Freedom Ford
  • Elizah Turner

Mukofotlari

tahrir

Ushbu film shekka hududlardagi ovozlarni va tajribalarni markazga olib kelishdek muhim vazifani oʻz zimmasiga olgan. Shu sabablarga koʻra bu film bir qancha kino festivallari, jumladan, Frameline Film Festival, Outfest Los Angeles LGBT Film Festival, NewFest New York LGBT Film Festival, Urbanworld Film Festival, and Twist: Seattle Queer Film Festival tomonidan tan olingan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „The Revival: Women and the Word Movie“. Facebook. Qaraldi: 2017-yil 27-aprel.
  2. „Screenings“. The Revival Movie. Square Space. 2017-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-aprel.