The Silent patient
The Silent Patient – psixologik triller roman. 2019-yilda kiprlik ingliz yozuvchi Alex Michaelides tomonidan yozilgan. Uning birinchi muvaffaqiyatli debyut romani Celadon Books tomonidan 2019-yil 5-fevralda ilk bor nashr etilgan[1]. Ushbu romanning audio versiyasi ham aynan shu sanada chiqarilgan boʻlib, bu audiokitobni Louise Brealey va Jack Hawkinslar ijro etgan[1]. Bu asarda erini oʻldirgandan soʻng, soqov boʻlib qolgan bir bemor haqida hikoya qilingan. Roman ilk bor bosib chiqarilgandan soʻng, The New York Times bestseller roʻyxatida 1-oʻrinda qayd qilingan[2]. Keyinchalik esa Goodreads Choice 2019 mukofotining Mystery and Thriller nominatsiyasini qoʻlga kiritgan[3].
Birinchi nashr | |
Muallif(lar) | Alex Michaelides |
---|---|
Mamlakat | Buyuk Britaniya |
Nashriyot | Celadon Books |
Sahifalar soni | 323 |
ISBN | 9781250301697 |
Yozilish tarixi
tahrirSsenariy muallifi Mixaelides oʻzining ilk debyut romanini yozishda shunday deydi: „Men ssenariy muallifi sifatida juda xafa boʻlardim. Chunki hozirgi ssenariylarning sifatsizligi va ishlab chiqish davomida buzib tashlanishini oʻzim guvohi boʻlardim hamda bu umidsizlik tuygʻusi meni vanihoyat oʻtirib roman yozishga undadi“[4].
U mana shu romanni yakunlashdan oldin taxminan 50 marta qayta yozib, koʻrib chiqqan. Yevripidning Afina fojiasi Alcestis unga romanning syujeti uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qilgan. Hikoyaning tuzilishida esa Agatha Christiening ijodidan taʼsirlangan[4].
Fikrlar
tahrirRomanga tanqidchilar tomonidan koʻpincha ijobiy fikrlar bildirilgan. The Independent kitobning syujeti, personajlari va uslubi uchun alohida eʼtirof etgan: "Kitob uni bir kunda „yutib yuborishga“ imkon beradigan darajada jonli… yozilishi esa skalpeldek oʻtkir, uslub ehtiyotkor va ixcham, hamda qoʻshimcha tavsilotlarga boy"[5]. Deccan Herald asarni „qiziqarli, aql bilan yondashilgan syujet va barchani hayratda qoldiradigan taʼsirli zarba“ deb atagan. The Washington Post syujetni „yangicha“ deya eʼtirof etgan, lekin uning „oʻta qoʻrqinchli, ammo oddiy sahnalari va oʻzgaruvchan qahramonlari“ni tanqid qilgan[6]. Yana bir salbiy fikr Kirkus sharhlaridan kelib tushdi, u kitobni „qoʻpol, oʻylab topilgan va ahmoqona …“ deb taʼkidlagan[7].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „The Silent Patient – Alex Michaelides“. US Macmillan (2016-yil 14-iyun). Qaraldi: 2020-yil 7-iyul.
- ↑ D'Alessandro. „Annapurna & Plan B Developing New York Times Bestseller ‘The Silent Patient’ For Big Screen – Deadline“. Deadline – Hollywood Entertainment Breaking News. Qaraldi: 2020-yil 7-iyul.
- ↑ „Goodreads Choice Awards 2019“. Goodreads.
- ↑ 4,0 4,1 Hadjioannou. „Alex Michaelides: The Cypriot author behind the New York Times bestseller“. in-cyprus.com (2019-yil 23-iyul). 2022-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyul.
- ↑ Coughlan. „The Silent Patient: High-octane debut lives up to its hype“. independent (2019-yil 23-fevral). Qaraldi: 2020-yil 7-iyul.
- ↑ Rosenblit. „‘The Silent Patient’ ends with a major twist. Should a savvy reader have seen it coming?“. Washington Post (2020-yil 16-iyun). Qaraldi: 2020-yil 7-iyul.
- ↑ „THE SILENT PATIENT“. Kirkus Reviews. Qaraldi: 2020-yil 7-iyul.[sayt ishlamaydi]