Therese Schlesinger (talaffuzi: Tereza Shlezinger, qizlik familiyasi Eckstein; 1863[1] — 1940) — avstriyalik siyosatchi va ayollar huquqlari faoli, sotsialist yozuvchi[2]. Schlesinger Avstriyaning Birinchi respublikasi parlamentiga saylangan ilk sotsial-demokrat ayollardan biri boʻlgan.

Therese Schlesinger

Therese Schlesinger oʻtirganlar qatorida chapdan uchinchi. Frauenreichskomitee, 1917-yil
Tavalludi
Therese Eckstein

6-iyun 1863-yil
Vafoti 5-iyun 1940-yil(1940-06-05)
(76 yoshda)
Blois, Fransiya
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Kasbi siyosatchi, yozuvchi, feminist

Biografiyasi

tahrir

Schlesinger 1863-yil 6-iyunda Vena shahrida tugʻilgan. Liberal yahudiy sanoatchi oilasida dunyoga kelgan. Uning singlisi Emma Eckstein, ukalari Friedrich Eckstein va Gustav Eckstein boʻlgan.

Therese oliy maʼlumot ola olmagan, u xususiy darslarda ishtirok etib, mustaqil ravishda oʻqigan. 1894-yilda Tereza uni feminizm bilan tanishtirgan doʻsti Marie Lang orqali Allgemeine Österreichischen Frauenverein (AÖFV) ayollar uyushmasiga qoʻshildi. Koʻp oʻtmay, Auguste Fickertning doirasiga qoʻshiladi, Therese uning maslahati bilan gazeta va jurnallarga maqolalar yoza boshladi. Schlesinger Ferdinand Kronawetterrning haftalik Volksstimme gazetasining ayollar boʻlimi uchun maqolalar yozgan va keyinchalik AÖFV vitse-prezidenti boʻlgan. Schlesinger ayollarning oliy taʼlim olish va saylov huquqi uchun kurashgan.

1896-yilda Therese Schlesinger Rosa Mayreder bilan birgalikda AÖFV tomonidan Vena ishchilarining ahvoli boʻyicha Ethischen Gesellschaft Wien konferensiyasiga yuboriladi va u yerda sotsial-demokratlar bilan birinchi aloqalarni oʻrnatishadi[3]. Oʻsha yili Schlesinger Avstriya ayollar harakatiga bagʻishlangan Berlindagi birinchi xalqaro xotin-qizlar kongressida (Internationalen Frauenkongress) nutq soʻzlaydi. Schlesinger sotsial demokratiyaning nazariy asoslarini oʻrganishni boshladi va Vena universitetida Emil Reichning ijtimoiy axloq boʻyicha maʼruzalarida qatnashdi. 1897-yil kuzida Therese Avstriya sotsial-demokratk ishchilar partiyasiga aʼzo boʻladi[4]. 1901-yilda Therese Vereins sozialdemokratischer Frauen und Mädchen assotsiatsiyasiga asos soldi[5]. Therese jamiyatdagi ayollar muammolari haqida kitoblar yozgan, maʼruzalar qilgan, Der Kampf, Arbeiter-Zeitung va Die Unzufriedene kabi sotsial-demokratik nashrlarda va maqolalar chop etgan. Birinchi jahon urushi davrida Therese Viktor Adler va keyinchalik Otto Bauer boshchiligidagi partiyaning chap qanotida yetakchi shaxs boʻlgan.

 
Tereza Shlesinger oʻngdagi ikkinchi stolda. Milliy taʼsis majlisi, 1919-yil.

1918-yilda ayollar uchun umumiy saylov huquqi joriy etilganda, Therese Schlesinger va Adelheid Popp Milliy taʼsis majlisida (Konstituierende Nationalversammlung) ayollar birinchi marta ishtirok etishlari va ovoz berishlari mumkin boʻladigan boʻlajak saylovlar munosabati bilan haftalik chiqadigan "Die Vählerin" jurnaliga asos solishadi. Adelheid Popp, Anna Boschek, Gabriele Proft, Maria Tusch, Amalie Seidel bilan birgalikda Schlesinger Milliy taʼsis majlisining sotsial-demokratlardan birinchi ayol deputatlari boʻlishgan. 1919-yildan 1923-yilgacha Avstriya Milliy Kengashi aʼzosi, keyin 1930-yilgacha Avstriya Federal Kengashi aʼzosi boʻlgan[6]. 1933-yilda Schlesinger partiya rahbarligidan chiqadi, 1934-yilda partiya noqonuniy deb eʼlon qilinadi.

1938-yilda Avstriyaning anshlyussidan keyin Schlesinger kelib chiqishi yahudiy boʻlganligi tufayli bu yerda qolish u uchun xavfli boʻlib qoladi va Fransiyaga qochib ketadi. Schlesinger umrining qolgan qismini Blois shahridagi sanatoriyda oʻtkazadi, bu yerda 1940-yil 5-iyunda vafot etadi[7].

1949-yilda Venaning Josefstadt tumanidagi Wickenburggasse 8 / Schlösselgasse 14 turar-joy majmuasi „Therese-Schlesinger-Hof“ deb nomlandi. 2006-yilda Venadagi maydonlardan biri uning nomi bilan Schlesingerplatz deb atala boshlandi.

Oilasi

tahrir

1888-yilda Therese bank xodimi Victor Schlesinger bilan turmush qurgan. Ularning qizi Anna 1890-yilda tugʻilgan. Therese tugʻruq vaqtida tugʻruq isitmasi bilan kasallangan va ikki yarim yillik kasallikdan soʻng faqat nogironlar aravachasi va tayoqchada harakatlana olgan. Uning kasalligi paytida, 1891-yil 23-yanvarda eri sil kasalligidan vafot etdi[5]. Advokat Jozef Freyga turmusha chiqqan yakka qizi Anna 1920-yilda oʻz joniga qasd qilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Georg Gaugusch: * Wer einmal war. Das jüdische Großbürgertum Wiens 1800–1938. Band 1: A-K. Amalthea, Wien 2011, ISBN 978-3-85002-750-2, S. 443.
  2. „Schlesinger, Therese (geb. Eckstein)“. 2019-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
  3. Die Arbeits- und Lebensverhältnisse der Wiener Lohnarbeiterinnen. Ergebnisse und stenographisches Protokoll der Enquête über Frauenarbeit, abgehalten in Wien, vom 1. März bis 21. April 1896 (digitalisiert)
  4. Zitiert von Michaela Raggam-Blesch in: Margarete Grandner und Edith Saurer (Hrsg.): Geschlecht, Religion und Engagement. L’Homme. Schriften Band 9, Böhlau 2005, ISBN 978-3-205-77259-0, S. 49
  5. 5,0 5,1 Michaela Raggam-Blesch: Therese Schlesinger-Eckstein. Jewish Women: A Comprehensive Historical Encyclopedia. 1 March 2009. Jewish Women’s Archive. (Viewed on February 20, 2016) <http://jwa.org/encyclopedia/article/schlesinger-eckstein-therese>
  6. Hauch, 481-s
  7. Hauch, 479–482-s

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir