Thomas Cech
Chek Tomas (1947.8.12, Chikago) - amerikalik kimyogar. Kaliforniya universitetini tugatgan (falsafa doktori, 1975). Kolorado universiteti professor (1980-yildan). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalar kimyosiga oid. Genlarning mozaik (uzukli) tuzilishini oʻrganish okibatida ulardagi kodlangan qismlar (ekzonlar) kodlanmagan qoʻyilmalar (intronlar) bilan galmagal joylashishini topgan (1970). Silaysing reaksiyasi uchun, yaʼni eng oddiy organizmlardan tetraximena genidagi 2 ekzonni ajratib turuvchi intronni olib tashlash va ekzonlarni oʻzaro bogʻlash (dimerizatsiya) uchun zarur fermentni topish maqsadida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida bu reaksiya hech qanday oqsilfermentlar ishtirokisiz, oʻzoʻzidan oʻtishini aniklagan. Nobel mukofoti laureati (1989, S. Oltmen bilan hamkorliqda)[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |