Thomas Charles Lethbridge – (1901-yil 23-mart – 1971-yil 30-sentyabr) – TC Lethbridge nomi bilan mashhur, ingliz arxeologi, parapsixolog va tadqiqotchi. Anglo-sakson arxeologiyasi boʻyicha mutaxassis, 1923-yildan 1957-yilgacha Kembrij universiteti Arxeologiya va etnologiya muzeyida Anglo-Sakson antikvarlari faxriy qoʻriqchisi boʻlgan va turli mavzularda yigirma toʻrtta kitob yozgan.

Thomas Charles Lethbridge
Tavalludi 23-mart 1901-yil
Vafoti 30-sentyabr 1971-yil(1971-09-30)
(70 yoshda)
Exeter, Devon
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Taʼlimi Wellington College, Kembrij univeristeti
Kasbi Tadqiqotchi, arxeolog va parapsixolog
Otasi Ambrose Yarburgh Lethbridge
Onasi Violet Murdoch

Somersetda badavlat oilada tavallud topgan. Lethbridge Kembrijdagi Trinity kollejida tahsil olgan. Yan Mayen oroliga uyushtirilgan ekspeditsiyada faol qatnashib, Beerenberg togʻiga muvaffaqiyatli koʻtarilgan birinchi guruhning bir qismiga aylangan. Arktikaga uyushtirilgan ikkinchi muvaffaqiyatsiz ekspeditsiyadan soʻng, arxeologiya bilan shugʻullanishni boshlagan. Kembrij universiteti Arxeologiya va etnologiya muzeyida Anglo-Sakson antikvarlari qoʻriqchisi sifatida Britaniya atrofidagi joylarda qazishma ishlarini olib borgan. Uning Cambridgeshirening Wandlebury tepaligidagi Temir davri haykalchalari mavjudligi haqidagi daʼvolari arxeologik hamjamiyat ichida katta bahs-munozaralarga sabab boʻlgan.

1957-yilda muzeydan isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Lethbridge oʻzini paranormal hodisalarni oʻrganishga bagʻishlagan va bu mavzu boʻyicha bir qator kitoblarni faqat akademik emas, balki ommabop auditoriya uchun nashr etgan.