Thomas Jok Deng (1997-yil 20-martda tug‘ilgan) - kelib chiqishi Keniyalik bo‘lgan professional futbolchi, hozirda u Yaponiyaning "Albirex Niigata" klubida markaziy himoyachi sifatida to‘p suradi. U Keniyada janubiy sudanlik qochqin sifatida tug‘ilgan, biroq u Avstraliya terma jamoasi safida markaziy himoyachi vazifasini bajaradi.

Thomas Deng
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Thomas Jok Deng[1]
Tavallud sanasi 20-mart 1997-yil (1997-03-20) (27 yosh)
Tavallud joyi Nairobi, Kenya
Boʻyi 1.78 m[2][3]
Ampluasi Markaziy-himoya, o'ng-qanot[4][5]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Albirex Niigata
Raqami 3
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Adelaide Blue Eagles
Playford City
2011–2013 Western Eagles
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013 Western Eagles 15 (2)
2014 Green Gully 13 (0)
2015–2016 Melbourne Victory NPL 10 (0)
2015–2020 Melbourne Victory 71 (2)
2016–2017Jong PSV (loan) 5 (0)
2020–2021 Urawa Red Diamonds 21 (1)
2022– Albirex Niigata 8 (0)
Milliy terma jamoa
2015–2016 AvstraliyaU20 10 (0)
2016–2021 Avstraliya U23 15 (1)
2018– Avstraliya 2 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-oktyabr uchun)

Thomas Jok Deng 1997-yil 20-martda Keniyaning Nayrobi shahrida janubiy sudanlik qochqinlar oilasida tug‘ilgan. U oilasi bilan birga Janubiy Sudandagi mojarodan qochgan va natijada[6] 2003-yilda Deng olti yoshga kirganida Adelaida, Janubiy Avstraliyaga ko‘chib kelishgan[7].

Dengning to‘rtta akasi, shuningdek, Ugandada yashovchi o‘gay akasi bor[8]. Uning katta akasi Piter Deng askar bo‘lgan va mojaro vaqtida Janubiy Sudanni yuqori darajada himoya qilgan[9].

Klubdagi karyerasi

tahrir

Dengning faoliyatidagi birinchi klubi Adelaida Blue Eagles hisoblanib, uning yaqin do‘sti hamda hamkasbi va Soccerooo Awer Mabil bilan birgalikda Adelaida Blue Eagles klubida faoliyatini boshlangan edi[7].

2011-yilda Melburnga ko‘chib o‘tgandan so‘ng[7], Deng 16 yoshida 2013-yilda Viktoriya shtati ligasining 3-divizionida o‘sha paytdagi menejer Budala Barešić-Nikich qo‘l ostida "Vest Eagles" futbol klubida o‘zining katta futbol debyutini o‘tkazadi[10][11]. Keyingi mavsumda yosh futbolchi Green Gully SC ga ko‘chib o‘tadi va u yerda menejer Bob Stoycevski Dengni klubning U20 jamoasida o‘ynash uchun yolladi. Oxir-oqibat u kattalar jamoasiga ko‘tarildi va 2014-yilda Viktoriya NPLda 13 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi[6].

Melburn Victory Milliy Yoshlar Ligasi murabbiyi Darren Devis Dengni yoshlar termasi bilan shartnoma tuzishga ko‘ndiradi. Deng 2015-FFA kubogida Balmeyn Tigersga qarshi bahsdagi Melburn g‘alabasi uchun katta hissa qo‘shish orqali o‘zining jamoa safidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi. U A-Ligadagi ilk uchrashuvini 2015-yilning 9-oktabr kuni “Adelaida Yunayted”ga qarshi o‘tkazdi va uning jamoadoshi Ley Brokxemga qizil kartochka ko‘rsatilgach, Fahid Ben Xalfallahning o‘rniga o‘rinbosar sifatida maydonga tushdi. Thomas 2015-yil 17-oktabrda Melburn Victory uchun A-Ligadagi ilk o‘yinini 2-turda raqibi Melburn Sitiga qarshi o‘tkazdi va u yerda tarafdorlar va ijtimoiy tarmoqlar tomonidan o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida tanlandi.

2016-yilning iyun oyida Deng bir yillik ijara shartnomasi asosida Jong PSVga o‘tdi[12][13]. Beshta o‘yinda maydonga tushgach, mavsum oxirida u “Melburn Victory”ga qaytdi[14].

2020-yilning yanvar oyida Deng 2020-yilgi U-23 Osiyo chempionatidagi ishtirokidan so‘ng Melburn Victoryni tark etib, Yaponiyaning Urawa Red Diamonds klubiga o‘tdi[15].

Xalqaro karyerasi

tahrir

U 2016-yilgi OFK U-23 chempionatida "Olyroos"ning asosiy tarkibidan o‘rin oldi shu bilan birgalikda u butun turnir davomida o‘zining ajoyib o‘yinini namoyish etib, avstraliyalik nufuzli ekspertlar: Jeoff Fullgrabe, Alan Vucenik va Kreyg Fosterning yuqori baholashlariga sazovor bo‘ldi.

Deng Keniyada dunyoga kelgan va Janubiy Sudanda biroz yashagan bo‘lganligi tufayli u Avstraliya, Keniya va Janubiy Sudan terma jamoalarida o‘ynash huquqiga ega.

2018-yilning oktyabr oyida Deng Birlashgan Arab Amirliklari yig‘in va Quvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun Socceroos jamoasiga kiritilgan. o‘rtoqlik uchrashuvida u Janubiy Sudanlik qochqin va bolalikdagi do‘sti bo‘lmish Aver Mabil bilan birga debyut qildi[16].

2021-yil 22-iyulda Deng 2020-yilgi Tokiodagi Yozgi Olimpiada o‘yinlarining birinchi guruh o‘yinida jamoasi Avstraliya bilan Argentina ustidan tarixiy 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va ushbu uchrashuvda Deng “Eng yaxshi o‘yinchi” sovrinini qo‘lga kiritdi[17][18].

Yutuqlar

tahrir

Melburn klubida

  • A-Liga chempionati: 2017–2018-yil
  • FFA kubogi: 2015-yil

Albirex Niigata klubida

  • J2 ligasi: 2022-yil[19]

Manbalar

tahrir
  1. „FIFA World Cup Qatar 2022 – Squad list: Australia (AUS)“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  2. „T. Deng“. Soccerway. Qaraldi: 2021-yil 6-mart.
  3. „Thomas Deng“. Melbourne Victory FC. 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  4. „Meet the youth team players named in MVFC's A-League squad“. Melbourne Victory FC. 2017-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
  5. Windon, Jacob „NAB Young Footballer of the Year nominee – Thomas Deng (Melbourne Victory)“. Melbourne Victory FC (2019-yil may). Qaraldi: 2019-yil 1-may.
  6. 6,0 6,1 Kulas. „The rise and rise of Thomas Deng“. The Corner Flag. Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Thomas Deng“. Perth African Nations Sports Association (2020-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  8. Davutovic. „Victory star Thomas Deng revisits fork in the road on visit to youth justice centre“. Herald Sun. News Corp. Qaraldi: 2019-yil 16-dekabr.
  9. „Peter Deng's journey to South Sudanese debut – The Corner Flag“ (en-US). cornerflag.com.au. Qaraldi: 2018-yil 27-aprel.
  10. „Deng on how he made it to Olyroos level“.
  11. John Punshon "http://www.ozfootball.net/ark/States/VIC/2013SD4WR.html"
  12. „PSV huurt Australische verdediger Deng (19)“ (Dutch). PSV Eindhoven (2016-yil 27-iyun). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  13. „Thomas Deng joins PSV Eindhoven on loan“. Melbourne Victory (2016-yil 28-iyun). 2016-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  14. Tito, Clement. „Deng could strengthen Victory's defence...“. FourFourTwo (2017-yil 15-may). 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  15. Lynch, Michael. „Deng quits Victory to join J-League giants Urawa“. The Sydney Morning Herald (2020-yil 28-yanvar).
  16. „'A dream come true': refugees Deng and Mabil make Socceroos debuts together“. The Guardian (2018-yil 16-oktyabr).
  17. „'Olympics 2021: All the Olyroos action from Tokyo; match report'“. The Australian (2021-yil 23-iyul).
  18. „'From South Sudan to starring in Sapporo: Skipper Thomas Deng's inspirational journey'“. Socceroos (2021-yil 24-iyul).
  19. „'At that point it was a difficult year for me': Deng's tough journey between Australia caps“. Socceroos (2022-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.