Thomas Mann
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
MANN (Mann) Tomas (1875.6.6, Lyubek — 1955.12.8, Syurix) — nemis yozuvchisi. Genrix Mann (1871— 1950)ning ukasi. M. dastlabki yirik asari — Lyubek aslzodalari naslining toʻrt avlodi taqdiri toʻgʻrisidagi romani "Buddenbroklar" ("Bir oila inqirozi") bilanoq keng jamoatchilikka tanilgan. M.ning novellalari ("Tristan", 1923, "Tonio Kreger", 1903 va boshqalar) adibning eng yaxshi asarlari sanaladi, ularda sanʼat odamlarining turmush urinishlari mahorat bilan tasvirlangan, ruhiy holatlar nozik berilgan, yengil yumor bilan lirizm uygʻunlashgan. "Sehrli togʻ" (1924) romanida ljahon urushi arafasida nemis jamiyati gʻoyaviy hayoti manzaralari aks etgan. 20-asrdagi eng yaxshi falsafiy romanlardan hisoblangan mazkur asarida muallif nemis tarbiyaviy romanlari anʼanalarini davom ettirgan. 1933 yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga natsistlar kelganidan keyin M. vatanidan chiqib ketib, Shveysariyada, keyin (1938 yildan) AQShda yashadi. Yozuvchining "Mario va sehrgar" (1930) novellasi, shuningdek, Injil syujeti asosidagi "Iosif va uning akalari" (1933—43) tarixiy tetralogiyasiga fashizmga qarshi gʻoyalar singdirilgan. "Lotta Vaymerda" (1939) romani Gyote ijodi haqidagi koʻp yillik uylar natijasi. "Doktor Faustus" (1947) romani German fashizmi kelib chiqishiga sabab boʻlgan maʼnaviy illatlarning tub ildizlari haqida. M. 20-asr jahon adabiyotining mumtoz vakili sanaladi. U roman janri doirasini kengaytirib, uni yangi ijtimoiy falsafiy maʼno bilan boyitdi. Nobel mukofoti laureati (1929)[5].
Thomas Mann | |
---|---|
Tavalludi | 6-iyun 1875[1][2] |
Vafoti | 12-avgust 1955[3][1][2] |
Ijod qilgan tillari | Nemis tili[4] |
Fuqaroligi | Germaniya imperiyasi, Veymar Respublikasi, Uchinchi reyx va Chexoslovakiya |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil