Thomas Reiter (talaffuzi: Tomas Reyter 1958-yil 23-mayda Frankfurtda tugʻilgan) nafaqadagi yevropalik astronavt va Germaniya havo kuchlari brigada generali[1], hozirda Yevropa kosmik agentligida ESA idoralararo muvofiqlashtiruvchisi va Bosh direktor maslahatchisi (ESA) sifatida faoliyat olib boradi. U kosmosdagi umumiy vaqti boʻyicha eng yaxshi 25 astronavtdan biri hisoblanadi. Reiter Rafiqasi va ikki oʻgʻli bilan Oldenburg yaqinida yashaydi.

Thomas Reiter
Tavalludi 1958-yil 23-may (64 yosh) Frankfurt, G'arbiy Germaniya
Fuqaroligi Germaniya
Kasbi Sinov uchuvchisi
Millati nemis
Unvoni Brigada generali, Luftwaffe (Bundesver)
Mukofotlari

Taʼlim

tahrir

1977-yilda Neu-Isenburgdagi Gyote oʻrta maktabini tamomlagan. 1982-yilda Reiter Myunxen Bundesver universitetida aerokosmik muhandislik boʻyicha diplom oldi. 2010-yilda universitet unga faxriy doktorlik unvonini berdi. Reiter Germaniya va Texasda uchuvchi sifatida oʻqishni tamomlagan.

Astronavt faoliyati

tahrir

U " Mir " kosmik stantsiyasi Euromir 95 / Soyuz TM-22 missiyasida bort muhandisi boʻlib ishlagan. Reiter Mir bortida 179 kun davomida ikkita EVA parvozini amalga oshirdi va kosmosga chiqqan birinchi nemis astronavti boʻldi.

1996-yildan 1997-yilgacha u „Soyuz“ kosmik kemasida qoʻshimcha tayyorgarlikdan oʻtdi va „Soyuzning qaytish komandiri“ sertifikati bilan taqdirlandi. Bu sertifikat unga „Soyuz“ ekipajiga qoʻmondonlik qilish huquqini berdi.

U Xalqaro kosmik stantsiyaga (XKS) olti oylik missiya uchun tayyorgarlik koʻrdi. Reiter 13-ekspeditsiyaga qoʻshilish uchun Space Shuttle STS-121 missiyasi boʻyicha tanlangan. Uchirish dastlab 2006-yil 1-iyulga rejalashtirilgan edi, biroq ob-havoning kechikishi tufayli 2006-yil 4-iyulda amalga oshirildi[2].

Uning XKS missiyasi Yevropa kosmik agentligi tomonidan Astrolab deb belgilandi[3].

2007-yil 8-avgustda Thomas Reiter DLR ijroiya kengashi aʼzosi etib saylandi.

2011-yil 1-apreldan 2015-yil dekabrigacha u Yevropa kosmik agentligida (ESA) insonning kosmik parvozi va operatsiyalari boʻyicha direktor lavozimida ishlagan. Ushbu lavomizga: Yevropa xalqaro kosmik stansiyasi elementlarining ishlashi va ekspluatatsiyasi, ESAning avtomatlashtirilgan uzatish vositasi, Yevropa astronavt markazi, EAC va ESAning ekipajsiz missiyalari va infratuzilmasi uchun javobgarlik kiradi. Bugungi kunda u ESA idoralararo koordinatori va Bosh direktor maslahatchisi lavozimlarida ishlaydi.

Faxr va mukofotlar

tahrir
  • Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni (2007)
  • Bavariya medali Yevropa  (2008)
  • Myunxen Bundesver universitetining Aeronavtika va astronavtika fakultetining faxriy doktori (2010)
  • Doʻstlik ordeni (Rossiya, 1996)
  • "Koinotni o'rganishdagi xizmatlari uchun" medali (Rossiya, 2011)
  • Daniya Astronavtika Jamiyatining faxriy aʼzoligi[4]

Manbalar

tahrir
  1. http://www.bmvg.de: Thomas Reiter promoted to brigadier general by Federal Minister of Defence Franz Josef Jung (german)
  2. „NASA web site on Space Shuttle launch for STS-121. Retrieved 26 October 2021“. 2007-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-oktyabr.
  3. Astrolab. European Space Agency (ESA). Retrieved 26 October 2021
  4. „Æresmedlemmer“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2014-yil. Official website of Danish Astronautical Society