Ti kto takoy? Davay, do svidaniya!

Ti kto takoy? Davay, do svidaniya! (rus. Ты кто такой? Давай, до свидания! tarjimasi: Sen kimsan? Boʻpti, xayr!) - Ozarbayjonlik tolish aka-uka Intiqom va Ehtirom Rustamovlar tomonidan mayxona janrida kuylangan va qisqa vaqtda internet-mem darajasiga koʻtarilgan qoʻshiq.

Tarixi

tahrir

Ushbu qoʻshiq va video 2011-yilning 5-noyabr kuni Ozarbayjonning Astara tumanidagi Tengerud qishlogʻidagi toʻy paytida suratga olingan. 2012-yilning 25-yanvar kuni «Tolishi Sado» gazetasi aʼzosi tomonidan YouTube video-portaliga joylashtirilgan va oʻsha paytdan beri ushbu video va qoʻshiqni 20 million martadan ziyod tomosha qilingan. Rolik mazmunining asosi ikkita mayxonachining «Ti kto takoy? Davay, do svidaniya!» deb aytishidir. Avtorlik Intiqom Rustamovga tegishlidir. Kupletlar rus, ozarbayjon va tolish tilida kuylangan. Rustamovlar aytishicha ushbu mayxona soʻzlari matni oʻsha toʻydagi Moskvalik mehmonlar uchun rus tilida qoʻshiq soʻrashganidan keyin paydo boʻlgan.