Tiauanako (Tiahuanaco) – Shimoliy Boliviyadagi indeyslar shahar xarobasi va arxeologik madaniyati (miloddan avvalgi I ming yillik oxiri – miloddan avvalgi I ming yillik). Tiauanako madaniyatining markazi Titikaka koʻlidan jan.sharqsa joylashgan; bu yerdagi shahar xarobasi (maydoni 40 ga)dan turar joy kvartallari, bazalt va qumtoshdan yasalgan binolar, jumladan, bal. 15 m lik Akapapa exromi, Kalasasayya ibodatxona majmuasi, maʼbud va u tomon chopib kelayotgan afsonaviy maxluqlar tasviri tushirilgan friz (piramon)li „Quyosh Darvozasi“, „Sarkofaglar Saroyi“ va boshqa binolar xarobalari saqlangan. T.dan, shuningdek, tosh haykallar, rangli sopol idishlar va boshqa topilgan. T. madaniyatini yaratuvchilar Peruning markaziy qismi qabilalari bilan qardosh boʻlganlar. Ular dehqonchilik, lama boqish bilan shugʻullanganlar. T. madaniyati Andijon viloyatining qad. sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatgan. Mil. 1ming yillik oxirida T. barham topib uning hududini hozirgi aymara indeyslarining ajdodlari egallagan.