Tigel
Tigel (nem. Tiegel) — 1) turli materiallar (metall, shisha va boshqalar) ni qizdirish va eritish uchun ishlatiladigan maxsus idish. T. silindr yoki kesik konus shaklida boʻladi. Kiyin eriydigan metallarni eritishda ishlatiladigan T. shamot, grafit va oʻtgan chidamli gildan; baʼzi rangli metallarni eritishda poʻlat va temirdan; lab. T.i esa chinni, platina va boshqalardan yasaladi; T. metall qotishmalar va oyna (shisha) quyishda, metall buyumlarni termik ishlashda, lab.larda moddalarni qizdirishda qoʻllanadi; 2) bosmaxonada bosma stanok yoki bosma mashinaning metall plitasi (yostigʻi). Qogʻozni boʻyokli bosma qolipga siqish uchun ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |