Tigran II
(Tigran Iidan yoʻnaltirildi)
Tigran II - Buyuk — Armaniston podshosi (mil. av. 95—56). Hukmronligining dastlabki davrida Sofena, Atropatena, Midiyaning gʻarbiy qismini saltanatiga qoʻshib olgan. Kavkaz Albaniyasi va Iberiya shoxlari unga tobe boʻlganlar. Tigran II Pont podshosi Mitridat VI bilan harbiy va siyosiy ittifoq tuzib, qarindoshchilik rishtalarini bogʻlagan, soʻngra salavkiylarning Suriyadagi yerlarini egallab olgan. Oront daryosi boʻyidagi Antioxiya sh. esa, Armaniston poytaxtlaridan biriga aylangan (boshqa poytaxt shaharlar — Tigran II asos solgan Tigranakert va Artashat). Mil. av. 69-yil Tigran II qoʻshinlari Tigranakert yaqinida Rim sarkardasi Lukull boshchiligidagi qoʻshin tomonidan tormor keltirilgan. 66-yil Tigran II Rim vassaliga aylangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |