Tiit Pääsuke (talaffuzi: Tiyt Pyayasuke; 1941-yil 22-dekabr, Põltsamaa) – estoniyalik rassom[1] va oʻqituvchi. Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1982)[2] .

Tiit Pääsuke

Tavalludi 22-dekabr 1941-yil (1941-12-22) (82 yosh)
Põltsamaa, Estoniya
Millati eston
Sohasi rassom
Taʼlimi Estoniya SSR davlat sanʼat instituti

Biografiyasi

tahrir

Tiit Pääsuke 1941-yil 22-dekabrda Põltsamaa shahrida tugʻilgan. 1957—1962-yillarda Tartu rassomlik bilim yurtida tahsil olgan. 1962—1963-yillarda va 1966—1971-yillarda Estoniya SSR davlat sanʼat institutida tahsil oaldi, u yerda oʻqituvchisi Lepo Mikko boʻlgan. Oʻqish davrida „ANK-64“ yoki „SOUP-69“ kabi turli talabalar badiiy jamoalarga qoʻshilmaydi[3]. Oʻqishni tugatgach, sanʼat institutida oʻqituvchi boʻlib ishlaudi. 1980-yillarda ijodiga Pääsuke ijodiy uslubi taʼsir koʻrsatgan rassomlar Jaak Arro, Epp-Mariya Kokamägi, Tiina Tammetalu, Kreg A-Kristing va Inga Aru uning shogirdlari boʻlishgan[4]. 1992-yildan 2006-yilgacha Estoniya Badiiy akademiyasining professori, keyin faxriy professori. 2004-yilda Tartu universitetining tasviriy sanʼat professori boʻladi. 1973-yildan 20 dan ortiq shaxsiy koʻrgazmalarini oʻtkazadi. 1970—1980-yillarda Estoniya rassomlchiligining yetakchi namoyandalaridan biri sanaladi. Pääsuke oʻz ishidagi eng sevimli mavzular inson va zamonaviy sivilizatsiya, inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar ham ekologik muammolardir. Koʻpincha oʻz asarlarini ataylab „tugallanmagan“ holda qoldiradi[5]. Uning asarlari Estoniya sanʼat muzeyi, Tartu sanʼat muzeyi, Tallin sanʼat uyi, Viynistu sanʼat muzeyi, Estoniya davlat kanselyariyasi va boshqalar kolleksiyalarida saqlanadi[6]. 1975-yil 1981-yilda Kristjan Raud mukofoti bilan, 1991-yilda Tiit Pääsuke Konrad Mägi medali bilan taqdirlangan, 1999-yilda IV darajali Oq yulduz ordeni sobibi boʻlgan va 2000-yilda Eesti Kultuurkapital jamgʻarmasining mukofotiga sazovor boʻlgan[7]. 2018-yilda Estoniya Madaniyat jamg'armasining mukofoti bilan mukofotlangan. Estoniya milliy madaniyat mukofoti laureati (2012; 2021).

Manbalar

tahrir
  1. Jürna, T.. Maalija Par Excellence: kollaaz Tiit Pääsukese ainetel (Painter par excellence: collage on Tiit Pääsuke), Tallinn, 2000. ISBN 9985-60-949-2. 
  2. „Tiit Pääsuke“. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.
  3. Kto est kto v kulture Estonii : izobrazitelnie iskusstva, literatura, teatr, muzika, kino . Avenarius, 1996
  4. Kto est kto v kulture Estonii : izobrazitelnie iskusstva, literatura, teatr, muzika, kino . Avenarius, 1996
  5. Kto est kto v kulture Estonii : izobrazitelnie iskusstva, literatura, teatr, muzika, kino . Avenarius, 1996
  6. Tiit Pääsuke // noar.eu
  7. Tiit Pääsuke // noar.eu