Tikal
Tikal — Gvatemaladagi indeys .myayyalarning qad. shahardavlati (mil.av. 6-asr — mil. 9-asr). T. xarobalarida arxeologik qazish ishlari 20-asr boshidan AQSH va Gvatemala olimlari tomonidan olib borilmoqda. T. oʻrnida yuzlab ibodatxonalar (bosh ibodatxonaning bal. 71 m ga yetgan), zodagonlar saroylari (ulardan biri — 5 qavatli boʻlgan) va boshqa meʼmoriy yodgorliklar, bezakli va bitikli ustunlar (stelalar), mehroblar, amaliy bezak sanʼati, yogʻoch oʻymakorligining ajoyib namunalari topilgan. Eng muhim obidalar qisman taʼmirlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |