Timor dengizi — Hind okeanining chekka hududida joylashgan dengiz. Avstraliya bilan Timor oroli oraligʻida joy olgan. Maydoni 610,000 km2 (240,000 kv mi) ga teng. Akvatoriyasining 1/2 qismining chuqurligi oʻrtacha 200 m gacha boʻlib, eng chuqur joyi 3310 m (Timor botigʻi) ni tashkil etadi. Yuza qismi suvining temperaturasi 25° dan 29° C gacha boʻladi. Shoʻrligi 34— 35%o ga teng. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi, uning oʻrtacha balandligi 3-4 m ni tashkil etadi. Janubiy sohilida Darvin porti (Avstraliya) joylashgan[1].

Timor dengizining joylashuvi
Timor dengizining joylashuvi
Joylashuvi Sharqiy Hind okeani, Osiyo, Okeaniya
Okean tipi dengiz
Havzaga aloqador oʻlkalar
Yuzasi 610,000 km2 (240,000 kv mi)
Oʻrtacha chuqurligi 406 m (1,332 ft)
Eng katta chuqurligi 3,300 m (10,800 ft)
Orollari Ashmore va Kartiyer orollari, Brovse oroli, Tivi orollari
Aholi punktlari Darvin, Shimoliy hudud
Yoriqlari Timor boʻylab

Manbalar

tahrir
  1. "Timor dengizi" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil