Timur Vladimirovich Vedernikov (1974-yil 14-yanvar, Qoʻytosh qishlogʻi, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) – rus musiqachisi, qoʻshiqchi, bastakor, aranjirovkachi, prodyuser. Ingushetiyada xizmat koʻrsatgan artist (2016)[1]. Mamakabo xalqaro musiqa festivalining yaratuvchisi va prodyuseri (2004). Timmusic prodyuserlik markazi, Timmusic ovoz yozish studiyasi rahbari.

Timur Vadernikov
Timur Vedernikov Grushinskiy festivalida, 2011-yil
Timur Vedernikov Grushinskiy festivalida, 2011-yil
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Timur Vladimirovich Vadernikov
14-yanvar 1974-yil (1974-01-14) (50 yosh)
Janrlar qoʻshiq muallifi, country, bluegrass, country rok, soundtrack
Kasbi qoʻshiqchi, musiqachi, aktyor, prodyuser
Fuqaroligi Rossiya
Veb-sayt http://timmusic.ru

Hayoti

tahrir

Timur Vedernikov 1974-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston SSR Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani, Qoʻytosh qishlogʻida tugʻilgan.

Bolaligi Samarqandda oʻtgan Vadernikov fizika fanidan Butunittifoq olimpiadalari gʻolibi boʻlgan. Maktab oʻquvchisi sifatida turli cholgʻu asboblari: banjo, mandolin, dutor, rubob chalishni oʻrgana boshladi. 1985–1987-yillarda Samarqand spirt zavodi qoshidagi bolalar ansamblida nogʻorachi boʻlgan. Vedernikov 16 yoshida Shuhrat Husainov bilan duetda Grushinskiy festivali laureati boʻldi[2].

Timur Vedernikov filmlar, teleseriallar va multfilmlar uchun musiqa yozgan.

Ijodiy faoliyati

tahrir

Musiqiy filmlardagi ishtiroki

tahrir

1997-yilda Vedernikov RTR kanalidagi „Lestnitsa v nebo“ birinchi televizion vokal tanlovining gʻolibi boʻldi. Bu yerda u oʻzining boʻlajak musiqiy hamkasblari Vladimir Dybskiy, Teona Dolnikova va boshqalar bilan tanishdi.

1998–2000-yillar – „Metro“ musiqiy filmida ishtirok etib, giyohvand rolini oʻynagan. Ushbu rol musiqiy asarning ruscha versiyasi uchun maxsus yozilgan. 2002–2006 – „Notre Dame de Parij“ musiqiy filmida Kvazimodo rolini oʻynagan.

Grassmeister tarkibida Vedernikov quyidagi albomlarni yozishda ishtirok etdi:

Timur Vedernikovning prodyuserlik markazi – TIMMUSIC[3] – koʻplab rus ijrochilari uchun yozuvlar va aranjirovkalarni ishlab chiqaradi.

2017-yilda Vedernikov Birobidjandagi yahudiy madaniyati festivaliga rejissyor va prodyuser[4] sifatida taklif qilindi.

Ijodiy uyushmalar va ijodiy jamoalarda ishtirok etish

tahrir

Timur Vedernikov quyidagi musiqachilar, aktyorlar, qoʻshiqchilar bilan hamkorlik qilgan: Andrey Makarevich, Aleksey Ivashchenko, Irina Surina, Roman Lankin, Yevgeniy Margulis, Yuriy Shevchuk, Dmitriy Xaratyan, Sergey Migrakovya, Oleg Migrakovya, Yuriy Loza, Vladimir Kachan, Arkadiy Ukupnik, Larisa Broxman, Igor Kulik, Mixail Mishuris, Nikolay Sadikov, Mixail Sokolovskiy, Gia Jagnidze, Grigoriy Leps, Aleksandr Domogarov.

Musiqiy asboblarni oʻzlashtirish

tahrir

Vedernikov akustik gitara, elektr gitara, garmonika, dobro slayd gitara, shuningdek, zarbli cholgʻu asboblarini yaxshi biladi.

Televideniyeda

tahrir

Vadernikov 2011-yilda „Radost moya“ (Timur Majorich [5]) telekanalida „Shishkina shkola“[6] bolalar musiqiy dasturining boshlovchisi boʻlgan.

Diskografiyasi

tahrir
  • 2013 – Timur Vedernikov „POYoM“ (Igor Meshcherin va Mixail Dodonov bilan hamkorlikda)
  • 2010 – Valentin Kuba va Timur Vedernikov „Maxnem ne glyadya. Pesni Pobedi“
  • 2009 – Timur Vedernikov va Sergey Shitov „Dva chasa schastya. Izbrannoye“
  • 2009 – „Mashinopis“ („Mashina vremeni“ guruhining 40 yilligiga bagʻishlangan) – Irina Surina va Timur Vedernikov „Vsegda odinok“
  • 2008 – „Poy, paren, poy!“ (Boris Kiner qoʻshiqlari)
  • 2006 – „Instrumentalniy albom“
  • 2004 – „Luchshiye partii“
  • 2003 – „Poyexali, Dunkel“ Andreyem Kozlovskim bilan
  • 2002 – „Derevyanniy rok-n-roll“
  • 2001 – „Znakomaya romantika“ Galinoy Xomchik bilan
  • 2000 – „Vremya svetov“
  • 1996 – „Trava po poyas“

TIMMUSIC da yozilgan disklar:[7]

  • 2017 – Irina Surina „Ne grusti“
  • 2016 – Timur Vedernikov „Doroga na Berlin“
  • 2016 – Katya Kotenochkina „Gorod detstva“
  • 2016 – Valentin Kuba „Vremena goda“
  • 2015 – Timur Vedernikov „Nam nujna odna pobeda“[8]
  • 2015 – Timur Vedernikov „Moya muzika iz kinofilmov“

Filmografiyasi

tahrir
  • 2017 – „Xobotyonok“.
  • 2016 – „Protopol“.
  • 2015 – „Radost“.
  • 2015 – „Mama-saplya“.
  • 2014 – „Porosenok“.
  • 2014 – „Anna“ („Jena egerya“).
  • 2014 – „Kuritsa“.
  • 2014 – „10 druzey krolika“.
  • 2013 – „Jenskiy den“.
  • 2013 – „U Vas budet rebenok“.
  • 2013 – „Vsyo budet xorosho“.
  • 2012 – serial „Odnolyubi“.
  • 2006 – „Buxta Filippa“.

Manbalar

tahrir
  1. „Тимур Ведерников, гитарист, певец, ведущий, продюсер“. Тимур Ведерников, гитарист, певец, ведущий, продюсер. 2017-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
  2. „Биография Тимура на сайте Bard.ru“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-iyun.
  3. „Персональный сайт TIMMUSIC продюсерского центра и студии звукозаписи Тимура Ведерникова“. 2014-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-iyun.
  4. „Тимур Ведерников: «Хочу вывести фестиваль на улицы» - портал «Город на Бире» (г. Биробиджан)“ (ru). www.gorodnabire.ru. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
  5. Шишкина Школа. „Музыка 1. Звуки — Шишкина школа“ (2014-yil 6-iyun). 2019-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
  6. „Шишкина школа. Музыка — телеканал «Радость моя»“. www.radostmoya.ru. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
  7. „Тимур Ведерников, гитарист, певец, ведущий, продюсер“. Тимур Ведерников, гитарист, певец, ведущий, продюсер. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
  8. „Тимур Ведерников презентует новый альбом военных песен“ (ru). m24.ru. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.

Havolalar

tahrir